Qanliko'l tumanida endi 4G
03DEK2019

Qanliko'l tumanida endi 4G


Oktyabr oyida Kompaniyaga Qoraqalpog'iston Respublikasi Qanliko'l tumani Bo'ston qishloq fuqarolar yig'inidan murojaat kelib tushdi. "Xazilkeshler" telegram kanalining asoschisi Islom Tlepov qishloqda 3G tarmog'ini o'rnatishni so'ragan edi. Ayni paytda esa , Bo'stonda 4G ulanishi ishlamoqda.

"COSCOM" MChJ (Ucell savdo belgisi) bosh direktori Vladimir Kravchenkoning Facebook-dagi sahifasida qoraqalpog'istonlik blogger Islom Tlepov quyidagi izohni qoldirdi:

— Vladimir Kravchenko aka, bundan ikki oy oldin biz matbuot xizmatiga Qoraqalpog'iston Respublikasining Qanliko'l tumanida 3G antennasini o'rnatish to'g'risida iltimos bilan murojaat etgan edik. Ammo bizga 3G-ni emas, balki 4G-ni o'rnatib berishdii. Avval 50 kb / s tezlikda ham Internetga ulana olmasak, endi Speedtest tahlilida tezlik 20 mb / s ga ham chiqyapti. Endi qishloqimiz Toshkent bilan ham bemalol raqobatlasha oladi. Buning uchun Ucell va sizga katta rahmat.

Islom Tlepov shaxsiy blog yuritadi va ijtimoiy faol yigit. Bunga qaramay, u nogironlar toifasiga kiradi. Bugun, 3-dekabr, dunyo hamjamiyati va O'zbekiston, shu jumladan nogironlar kunini nishonlayotgan paytda quyidagilarni ta'kidlash o'rinlidir. Binolar, ish joylari, axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi, tadbirlarda ishtirok etish — jamiyatning barcha qatlamlari uchun qulay va moslashgan bo'lishi kerak. Nogironligi bo'lgan odamlarning huquqlarini himoya qilib, biz dunyoni BMTda belgilangan tamoyillarga yaqinlashtiramiz:
— qadr-qimmat va shaxsiy mustaqillikka hurmat;
— kamsitmaslik;
— jamiyat hayotiga to'liq va samarali ishtirok etish;
— nogironlarning xususiyatlariga hurmat; imkoniyatlar tengligi.

“Ucell-Nukus” mintaqaviy ofisining rahbari Bayram Jumagulov va'da qilganidek, bo'lim vakillari yana bir bor abonentlar bilan aloqa sifati va barcha jihozlarni tekshirish uchun uchrashishga keldilari.

Kompaniya barcha mintaqalarda texnik qayta jihozlash ishlarini davom ettirmoqda. Bizning maqsadimiz aloqani hamma yerda mavjud qilish, mamlakatimizning uzoq burchaklarida ham.

Bugungi kunda Qoraqalpog'iston Respublikasida "Ucell" ning 450 mingdan ortiq faol abonentlari ro'yxatga olingan. Ularning qulayligi uchun 150 ta dilerlik punktlari mavjud, ulardan 20 tasi Ucell mono-ofislari. Mintaqaviy ofisda 31 xodim faoliyat ko`rsatmoqda.
 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.