Asosiy stansiyalarning yaratish jarayoini. Ucell hikoyasi
03DEK2019

Asosiy stansiyalarning yaratish jarayoini. Ucell hikoyasi



Har kuni yuzlab million odamlar uyali aloqadan foydalanadi, ammo ulardan kam miqdori aloqa qanday ta'minlanishi haqida o'ylab qoladi.  Kamdan kam mijoz bu jarayon qanchalik mushkul ekanligini biladi. Shuning uchun, biz sizga asosiy (baza) stantsiyasi o'rnatilishi va ishlashining barcha nozik jihatlari haqida aytib berishga qaror qildik.

Qisqa ma'lumot

Asosiy stansiya uyali tarmoqning  eng muhim qismidir. U radio signalni qabul qilib, bir abonentdan ikkinchisiga uzatuvchi radio uskunalari majmuasidir.
Ko'pchilik yangi stantsiyani ishga tushirish uch bosqichidan: “qurilmani oldik — o`rnatdik — ishga tushirdik” iborat deb o'ylaydi. Biroq, vaziyat bu kabi oddiy emas. Baza stantsiyasini, o`zgacha aytganda saytni, o'rnatishda antennalarning joylashishi va balandligini tanlashdan boshlab, to ko`plab inspeksiyalar tamonidan ruxsat olish kabi omillar hisobga olinadi. Shu sababli bitta loyihani amalga oshirish uchun yuzlab xodimlarning, o'rtacha hisobda o'n ikki oylik mehnatlari talab etiladi.



Keling, birgalikda asosiy stansiyasi qanday qurilishini o`rganib chiqamiz.

Muammolar sodir bo’lishi mumkin joylar
Hikoya saytlarni qidirish bosqichidan boshlanadi. Muammoli joylar tahlil qilinib, ma'lumot to'planadi. Texnik guruh bir yil davomida nechta baza stantsiyasi va ular qaerda ishga tushirilishi haqida belgilangan rejani ishlab chiqadi.

Emil Kurtnazarov, "Ucell-Samarqand" mintaqaviy bo'limining bosh muhandisi:
— Yaqin oradan beri obunachilar bilan bevosita ishlarni boshladik, xususan, murojaat sabablarini aniqlash uchun to'g'ridan-to'g'ri uchrashuvlarga boryapmiz. Asosan, shikoyatlar deyarli mobil aloqa mavjud bo'lmagan hududlarda yashaydigan abonentlardan kelib tushadi. Biz ushbu yo'nalishlarni qamrov tarmog'imizni kengaytirish rejalariga qo'shamiz. Joriy yilning oktyabr oyida 4G tarmog'ining qamrovi ancha kengaydi: 32 yangi asosiy stansiyalari o'rnatilib, foydalanishga topshirildi.



Loyihani ishlab chiqish

Taxminiy joylashuv aniqlangandan so'ng, texnik guruh u yerga yo`l oladi. Geografiya, iqlim sharoiti, aholi  turar joylaridan uzoqligi, seysmik va mintaqaning boshqa muhim jihatlari batafsil o'rganib chiqiladi. Muhokama uchun loyiha taqdimoti tayyorlanadi. Loyiha faqatgina kengashning barcha a'zolari tomonidan ma'qullanganidan so`ng Site Acquisition Group (saytni sotib olish guruhi) ga o'tadi.

Elbek Ahmedbekov, ob'ektlarni legallashtirish guruhi mutaxassisi:
— Zamonaviy baza stantsiyalari ancha ixchamdir. Katta shaharlarda, ular hatto antenna ustunlariga, binolarning tomlariga o'rnatilishi mumkin. Biroq, shaharlar tashqarisida individual baza stantsiyalar qatori birinchi o'ringa chiqadi. Ularning qamrov doirasini oshirish uchun baland ustunlar quriladi. Bunday rejalarni amalga oshirish jarayonida muhandislik qiyinchiliklari boshlanadi.

Site Acquisition Group kim?
Site Acquisition Group guruhi (qisqachasi SAG)saytlarni sotib olish va loyihalash bilan shug'ullanadi. Ularga bo`lajak baza stantsiyasini joylashuvi to’g’risida ma’lumot beriladi. Guruhning asosiy vazifasi saytga mos maydonni aniqlash. Odatda yer maydoni bir necha yilga ijaraga olinadi. SAG ijarachilar bilan muzokaralar olib boradi, mulk huquqini tasdiqlaydi va yerga egalik qilish bilan bog'liq barcha masalalarni nazorat qiladi. Keyingi poya uchun joyning panoram rasmlarini tayyorlaydi.

Network Plan
Network Plan kelajakdagi stantsiyaning asosi yoki qalinligi 10 sm bo'lgan hujjatlar papkasi. Plan antenna majmuasi tuzilishining ko'plab parametrlarini: uning ob'ektdagi joylashishi, umumiy o'lchamlari, aylanish nuqtalarining joylashishi, quvvati va hokazo, jihozlarning bo'yog`iga qadar batafsil ma`lumotni topishingiz mumkin.

Antennalar elektromagnit nurlanish manbai bo'lganligi sababli ular uchun bir qator qurilish va xavfsizlik qoidalari mavjud. Shu munosabatda, papkaga quyidagi hujjatlar ham biriktiriladi:
- Stansiyaning xavfsizligi to'g'risida sanitariya-epidemiologiya xulosasi;
- O'zgeokadastr xulosasi;
- “O'zbekiston havo yo'llari” aviakompaniyasi bilan balandliklarni muvofiqlashtirish;
- Stantsiya qurilishi uchun Elektromagnit moslashuv markazining ruxsatnomasi.



O'rnatish

Mana endi eng qiziqarli soniyalar boshlanadi. Ishchilar poydevorni to'ldiradilar. Xavfsizlik va ishonchlilik nafaqat o'rnatish paytida, balki keyingi xizmat ko’rsatish vaqtida ham eng asosiy ominlar qatorida. Ushbu bosqichda ko'p narsa dizaynerlar, montajchilar va quruvchilarning mahoratiga bog'liq.

Dmitriy Gabduraxmanov, tarmoqni rivojlantirish bo'yicha loyihalarni muvofiqlashtirish guruhi mutaxassisi:
– Qurilish tugallangach, stantsiyada uch oy davomida sinov ishlari olib boriladi. Shu vaqt ichida biz barcha jihozlarni to'liq sinovdan o'tkazishimiz kerak. Chastotalar, quvvat va boshqa shu kabi o’lchamlarni sinash va sozlash amalga oshiriladi. Sayt Kompaniya tarmog'iga birlashtiriladi. Qabul qilish jarayoni o`tadi.
Ba'zida mahalliy aholining tushunmovchiligiga duch kelamiz. Odamlar nurlanishdan qo'rqadi. Shuni aytish kerakki, nurlanish har qanday uskunadan tarqaydi, shu jumladan uyali telefonlardan ham. Bugungi kunda odamlar deyarli ular bilan bir zumga ham ajralmaydilar. Belgilangan sanitariya me'yorlariga ko`ra tayanch stantsiya davlat sanitariya xavfsizligi standartlariga javob berishi kerak. O'zbekistonda sanitariya-epidemiologiya xizmati standartlari dunyodagi eng qat'iy standartlardan biri hisoblanadi. Masalan, Rossiyada elektromagnit nurlanish darajasi bo'yicha sanitariya me'yorlari bizning mamlakatimizga qaraganda to’rt baravar yuqori. Shunday ekan qurilgan stansiya aholi uchun xavsiz ishlashiga ishonch hosil qilish mumkin


Ishga tushirish
Barcha qabul va sinovlardan so'ng, aktlar imzolanib, nihoyat uyali aloqa baza stantsiyasi foydalanishga  topshiriladi. Asosiy stansiya telefoningizda yaqinlaringizning ovozini eshitishingiz, telegrammaga "Salom" deya yozishingiz,Facebook-da do`stlaringiz bilan selfi ulashishingiz va ushbu foydali maqolani o`qib chishingiz uchun ishlab radio signallarni qabul qila boshlaydi.

 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.