Mustaqilligimizning 28 yilligi muborak bo’lsin!
30AVG2019

Mustaqilligimizning 28 yilligi muborak bo’lsin!



«COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) ilk bor Mustaqillik Kunini davlat tashkiloti sifatida qarshi olmoqda.

2018-yilning dekabrida mulkdorning almashinuvidan buyon o‘tgan davr mobaynida, jamoa bir qator ijobiy natijalarga erishdi. 2019-yilning birinchi yarmida, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan pozitiv trendlar kuzatildi.

SIM-kartalar savdosi 14,3% ga o‘sdi.
Abonentlar bazasi 8% ga oshdi va bugungi kunda 7,6 mln abonentni tashkil etmoqda.
Abonentlardan daromad 2% ga o‘sdi.

Abonentlar uchun maqbul sharoitlar yaratish maqsadida beshta yangi tarif rejasi ishga tushirildi. Barcha segmentlarga mansub: bola yoshidagi abonentlar uchun, internetdan faol foydalanuvchi abonentlar uchun, shuningdek, ko‘proq muloqotni xush ko‘ruvchi abonentlar uchun yigirmadan ortiq xizmat va aksiyalar joriy etildi.

Taqdim etilayotgan xizmatlar va tarif rejalarining iste’molga oid xususiyatlari yaxshilanishi iste’molning ortishiga olib keldi: ovozli trafik 2019-yilning birinchi yarmida 2018-yilgisiga nisbatan 20% ga o‘sdi, internetdan foydalanish esa ikki karradan ziyodroqqa oshdi.

Kompaniya jamoasi Mustaqillikning 28 yilligini yangi ishlanmalar va xizmatlar bilan kutib olmoqda. Ayni damda Ucell Kompaniyasi mutaxassislari abonentlarga O‘zbekiston uyali aloqa bozori uchun yangi bo‘lgan imkoniyatlarni taqdim etish ustida faol ish olib borishmoqda. Tez kunlarda, yillik ICTEXPO 2019 axborot texnologiyalari Milliy ko‘rgazmasi doirasida Kompaniya axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi navbatdagi yangiliklarini namoyish qiladi.
 
Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.