“Ucell-Nukus” yangi ofisi
20AVG2019

“Ucell-Nukus” yangi ofisi



20 avgust. Nukus. Qoraqalpog’iston Respublikasining poytaxtida “Ucell-Nukus” yangi ofisi ochildi. Tashqi ko’rinishi an’anaviy qoraqalpoq naqshlari bilan bezatilgan zamonaviy va shinam ikki qavatli bino “COSCOM” MChJ ( “Ucell” savdo belgisi) abonentlariga xizmat ko’rsatish uchun eng qulay sharoitlarni yaratadi. Nukus shahrida yangi ofisning ochilishi simsiz aloqa xizmatlarini asosiy ta’minlovchisi sifatida “Ucell”ni tanlagan Qoraqalpog’iston poytaxti aholisiga Kompaniya aloqa xizmatlarini taqdim etish va xizmat ko’rsatish yanada yaxshilanadi.
“Nukus-Ucell” ofisi shaharning markazida joylashgan bo’lib, tashrif buyuruvchilar uchun shinam va salqin xonalar kabi    barcha sharoitlar yaratilgan. Nukusdagi ofisning hudud jihatdan qulay joylashganligi hamda uning qulay ish tartibi mijozlarga yuqori sifatli xizmatlarga shinam sharoitlarda ulanish imkoniyatini beradi. 

Birinchi qavatda xizmat ko’rsatish zali joylashgan bo’lib, bu yerda abonentlarga bir vaqtni o’zida 4 ta operator xizmat ko’rsatishi mumkin. Abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida navbatni boshqaruvchi elektron tizim joriy etilgan. Kompaniya mijozlari to’liq xizmat turlaridan foydalanishlari mumkin, ya’ni ular o’zlari uchun qulay va manfaatli tariff planini tanlashi mumkin, raqamni yoqtirishi, sim kartani bepul almashtirishi, tarmoq va VAS xizmatlarini yoqtirishi\o’chirishi mumkin. Bu yerda Kompaniya xizmatlari uchun to’lovlarni amalga oshirish uchun kassa mavjud.
Mutaxassislar mobil operatorning taklif va aktsiyalari haqida ma’lumot berishi, mobil aloqa bo’yicha mavjud savollarga tegishli tavsiyalar taqdim etishi mumkin, tarif plan tanlashga, yangi xizmatlarga ulanishga hamda Kompaniyaning alohida takliflaridan foydalanishga yordam ko’rsata oladi.

“Ucell-Nukus” mintaqaviy ofis rahbari Bayram Jumagulov ta’kidlashicha:
“Bu mijozlarimizga xizmat ko’rsatishning yangi bir bosqichga ko’tarilishi demakdir. Qoraqalpog’istonda hozirgi kunda 150 ta dilerlik shahobchalari faoliyat ko’rsatib kelmoqda, ulardan 18 tasi “Ucell” mono-brendli shahobchalar. Ofisda 15 ta xodim hududdagi 450 mingta abonentlarga xizmat ko’rsatib kelmoqda. Xizmatlar bu yerda jismoniy shaxslarga shu bilan birga korporativ mijozlarga taqdim etiladi. Bizning vazifamiz – bir joyni o’zida mijozlarga barcha zarur bo’lgan xizmatlarni taqdim etish uchun eng yuqori darajadagi xizmatlar to’plamiga ega bo’lgan universal ofisga aylanish”. 
 

Shuni ta’kidlash joizki, abonentlarga xizmat ko’rsatishdan tashqari yangi ofisda mobil telefon, smartfon va planshetlarni, USB-modem va mobil qurilmalarga aksessuarlarni xarid qilish imkoniyati mavjud. Bularning barchasini chegirma bilan sotib olish mumkin yoki ortiqcha to’lovlarsiz bo’lib-bo’lib to’lash sharti bilan hujjatlashtirish mumkin bo’ladi.

Shuningdek, birinchi qavatda muntazam ravishda Kompaniya dilerlari bilan majlislar hamda korporativ mijozlar va abonentlar bilan uchrashuvlar o’tkazish uchun 30 kishiga mo’ljallangan majlislar zali joylashgan.

Korporativ mijozlar bilan ishlash uchun alohida xona ajratilgan. Ularga 3 ta savdo vakili va bir dona operator xodim xizmat ko’rsatib keladi.

Tadbirkor hamda “Ucell” korporativ mijozi Gulnora Djalimbetova aytishicha:
“Men ko’p yillar davomida Ucell xizmatlaridan Kompaniya korporativ mijozi sifatida foydalanib kelmoqdaman. Nukus shahrining markazida yangi va zamonaviy Ucell ofisining ochilishi men va hamkasblarim uchun quvonarli holat, bu yerda biz abonentlar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan. Menga ofisning dizayni, texnik asbob-uskunalar bilan ta’minlanganligi va uning ichki bezagi juda yoqdi. Barchasi zamonaviy tarzda ko’zni quvontiradigan qilib juda yaxshi amalga oshirilgan".


Yangi ofis ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasining Boshqarma boshlig'I Akmal Arifdjanov qatnashdi.

Abonentlarga tez va eng qulay xizmatlarini taqdim etib keluvchi “Ucell-Nukus” yangi ofisi mavjud abonentlar xolisligini qo’llab – quvvatlashiga va Qoraqalpog’iston poytaxtidagi yangi abonentlarni jalb qilishga yordam beradi.
Ucellning Nukus shahridagi yangi ofisiga xush kelibsiz!


Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.