ICTEXPO 2019 ko’rgazmasining ikkinchi kuni: g’oliblar va yangi imkoniyatlar vaqti
26SEN2019

ICTEXPO 2019 ko’rgazmasining ikkinchi kuni: g’oliblar va yangi imkoniyatlar vaqti



ICTEXPO ko’rgazmasining ikkinchi kunining eng muhim voqealaridan biri bu Ucelldan “Baxtli yil” savol-javob o’yini g’oliblarini taqdirlashning navbatdagi bosqichi edi. “Ucell” uyali aloqa operatori “Smile Mobile” Kompaniyasi bilan birgalikda o’tkazayotgan savol-javob o’yinining asl mohiyati SMS orqali jo’natilgan savollarga javoblar uchun ballar to’plashdan iborat edi. 

Aksiyaning dastlabki 90 kuni davomida ishtirokchilar kuniga 3 million so’mdan va har hafta 40 million so’mdan yutib olishdi.
Joriy yilning 12 avgustidan boshlab o’yinning ikkinchi bosqichi boshlanishi bilan sovrin jamg’armasi ortdi va ishtirokchilar haftasiga “Chevrolet Nexia 3” avtomashinalarini yutib olishni boshlashdi. O’yinning uchinchi bosqichi shu yilning 9 noyabridan boshlanadi va sovrinlar jamg’armasi yanada kattaroq bo’ladi. Aksiyaning umumiy davomiyligi 365 kun. 2019 yil 13 mayda joriy etilgan xizmat 2020 yil 11 maygacha davom etadi.
Bugungi kunda 133 ta sovrin egalari aniqlandi, ulardan o’n uchtasi 40 million so’mdan, 114 tasi uch million so’mdan va oltitasi “Chevrolet Nexia 3” avtomashinalarini yutib olishdi.

Oldinda yana 232 ta sovrinlarimiz bor.
Xizmatning umumiy sovrinlar jamg’armasi ikki milliard so’mdan ko’prog’ini tashkil etadi.
“O’zekspomarkaz” da bo’lib o’tgan mukofotlash marosimida 2019 yilning avgust oyi uchun “Baxtli yil” aksiya g’oliblariga sovrinlar topshirildi. Sovrin g’oliblari ikkita “Chevrolet Nexia 3” avtomashinasi, ikkita sovrin 40 million so’mdan olishdi va har biri uch million so’mlik 27 ta sovrin topshirildi.
Avtomashinalarning kalitini yangi qo’shiq premyerasi bilan ishtirok etgan taniqli o’zbek xonandasi Lola Yo’ldosheva topshirdi.

Shuningdek, ICTEXPO ko’rgazmasining ikkinchi kunida mobil ilovani ishlab chiqish bo’yicha “Ucell Mobile challenge 2019” tanlovining taqdimoti bo’lib o’tdi.  

Tanlov nomi “Xakaton” (inglizchada “Hackathon”) ikki so’z “hack” (xaker) va “marathon” (marafon) dan iborat.
“Hakaton” tashabbuskori Ucell bo’lib, tashkilotchisi “IT Park” bo’ldi.

“Yoshlar ittifoqi”ning Markaziy Kengashi va “Smile Mobile” Kompaniyasi tanlov hamkori edilar.
Tanlov iste’dodli yoshlarning startap loyihalarini joriy etishda qo’llab-quvvatlashga, AKT sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlashga, “COSCOM” MChJ faoliyatida eng yaxshi startap loyihalarni joriy etishga qaratilgan.
  
Tanlov ishtirokchilari noyob loyihani ishlab chiqish va mobil ilovani yaratish uchun  quyidagi yo’nalishlardan bittasini tanlashi lozim:
   
- “Eng yaxshi savdo ilovasi”: kafe va restoran, savdo vakillari uchun tizim, savdo maydonchalari.
- “Mamlakatimiz mehmonlari va unda yashovchi aholi uchun eng yaxshi foydali ilova”: turizm, taksi.
- “Fintex sohasining eng yaxshi ilovasi”: skoring tizimi, kredit platformasi, monitoring platformasi va pul mablag’larining hisob-kitobi va moliya boshqaruvi, neobank, smartfon orqali to’lov.

Ilova bir va bir nechta biznes muammolar yechimini topishi, osongina tashqi tizimlar bilan ishlashi va tezkorlik bilan joriy etilishi lozim.
G’oliblar birinchi o’rin uchun 300 million so’m, ikkinchi o’rin uchun 200 million so’m va uchinchi o’rin uchun 100 million so’m oladi.
Mamlakatimizning taniqli xonandalaridan biri bo’lgan yangi qo’shig’ini taqdim etish bilan Lolaning chiqishi ICTEXPO 2019 ko’rgazmasining mazmunga to’la dasturiga fayz kiritdi.

Shu jumladan, esdalik sovrinlarini o’ynagan holda, Ucell sahnasida va stendida savol-javoblar o’yinlari bo’lib o’tdi.
ICTEXPO 2019 doirasida tadbirlar Farg’ona shahrida joylashgan TATU filialida bo’lib o’tdi, bu yerda Ucell Kompaniyasi o’zining stendi va esdalik sovrinlari bilan tanlovlarini tashkillashtirishda faol qatnashdi.

Ko’rgazmada O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo’yicha Vazir, Shuxrat Sodiqov,
O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo’yicha Vazirning birinchi o’rinbosari, Olimjon Umarov va
“COSCOM” MChJ (“Ucell” savdo belgisi) Bosh direktor v.b. Vladimir Kravchenko ishtirok etishdi.

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.