Zamonaviy dunyoda, rivojlangan va o'z-o'zini rivojlantirayotgan barqaror biznesni sifat menejmenti tizimisiz tassavur qilib bo'lmaydi.
2004 yil O'zbekistonda telekommunikatsiya bozorida birinchi bo'lib COSCOM MCHJ (Ucell savdo belgisi), xalqaro talablarga mos keladigan ISO 9001:2000 sertifikatini qolga kiritgan.
Ko'pchilik o'zlarining tajribalaridan bilishadi: cho'qqiga chiqish juda qiyin, lekin uning ustida qolish yanada qiyinroq. Eng muhim jihati shundaki, o'tgan yillar davomida Ucell menejment tizimlarining xalqaro muvofiqlik sertifikatlarini qayta-qayta tasdiqladi va ularning amal qilish muddatini uzaytirdi.
Rossiyaning eng yirik va xalqaro e'tirof etilgan sertifikatlash va ekspert tashkiloti - "Russkiy Registr" Sertifikatlash birlashmasi Kompaniyaning sifat menejmenti tizimida yana bir sertifikatlash auditini o'tkazdi.
Tekshirish natijalariga ko'ra "COSCOM" MCHJ sifat menejmenti tizimi "mobil radio (uyali) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va xizmat ko'rsatish" bo'yicha ISO 9001: 2015 talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikat berildi.
Sertifikatni
Russkiy Registrning vakolatli vakili, "Russkiy registr - Srednaya Aziya" direktori, - Andrey Kim taqdim etdi, va u shunday dedi:
— ISO 9001: 2015 talablariga muvofiqlik sertifikatlashtirish auditi muvaffaqiyatli o'tkazilganligi Ucell Kompaniyasining barqarorligi va ishonchliligi, uning samaradorligi va boshqarilishini yaxshilash, vaqt va puldan unumli foydalanish, biznes jarayonlar va umuman sifat menejmenti tizimini takomillashtirish majburiyatining tasdig'i sifatida qabul qilinadi.
Russkiy Registr sertifikatlash assotsiatsiyasining bosh direktori Arkadiy Vladimirtsev tomonidan imzolangan sertifikat bilan bir qatorda IQNet prezidenti Aleks Stoititoyu tomonidan imzolangan xalqaro IQNet sertifikat (Xalqaro sertifikatlash tarmog'i) bilan taqdirlandi.
Kompaniya, shuningdek, O'zstandart agentligining davlat reyestrida ro'yxatga olingan Oz` DSt ISO 9001: 2015 standartiga muvofiq milliy standartga muvofiqlik sertifikatini oldi.
