Eng yaxshi hashar bu daraxtlarni birgalikda ekish
19AVG2019

Eng yaxshi hashar bu daraxtlarni birgalikda ekish


“COSCOM” MChJ (“Ucell” savdo belgisi) xodimlari umumxalq hashar kuni “O’zbekiston landshaft san’at uyushmasi” tashabbusi bilan tashkillashtirilgan “Yashil shahar” nomli  jamoa bo’lib daraxt ekish bo’yicha birinchi ko’ngillilar tadbirida ishtirok etishdi. Ko’ngilli fuqarolarning birgalikdagi faoliyati natijasida Toshkent shahri 105 ta daraxtga ko’paydi, ya’ni 65 dona lenkoran albitsiyasi hamda 40 dona zarang daraxti.

Tatyana Yugay,  “O’zbekistondagi landshaft dizayn” guruhining ma’muri.
- Ishning boshi xom bo’lmaydi. Hech qachon xom bo’lmagan! Toshkent shahrini obod qilish uchun quruq gaplarda emas amalda ro’yobga chiqarish uchun o’z vaqtini ajratib eng zo’r insonlar kelishgan. Haqiqatni o’zgartirishimiz mumkinligini anglash qanday ajoyib. Haqiqatdan juda ham ajoyib, faol, xursand, ishga layoqatli insonlar kelgan. Odamlar o’z oilasi bilan daraxt ekishga tashrif buyurishdi. Besh soat ichida jamoa bo’lib biz 1500 metrlik salqin xiyobonni o’zimiz hamda shaharliklar  uchun sovg’a qildik. Atigi besh soat ichida.


Shuni ta’kidlash joizki, O’zbekiston landshaft san’ati uyushmasi juda katta tayyorgarlik ishlarini amalga oshirdi. Butun jamoa poliz hamda bog’dorchilik vositalarini, ya’ni belkuraklar, yapaloq belkuraklar, ketmon hamda tesha, qo’shbosh teshalar va suv tashish uchun chelaklar tayyorlash bilan band bo’lishdi. Shuningdek tuproq qorishmasiga aralashtirish uchun guruch shulxasini yaqin atrofdagi mashinalar oqimining tebranishidan kelib chiqadigan tuproqni shibbalanishidan himoya qilish uchun olib kelishdi. Undan tashqari daraxtning po’stlog’i ham bor edi.
Shu kuni biz ko’p yangi narsalarni o’rgandik. Ilmga asoslanib daraxtlarni ekishda o’yilgan joyga bir qop guruch shulxasi ketadi. So’ngra yuqorisidan bir qavat paraxa hamda po’stloq sepiladi.



 
Ushbu tadbir ochiq holda o’tkazildi, barcha ishtirok etishni istagan insonlar kelib unda ishtirok etishi mumkin edi.
Tadbir bepul amalga oshirilgan bo’lsa ham, xohlovchilar joyida tashkilotchilarni moliyaviy tomondan qo’llab-quvvatlashlari mumkin edi. Bu yerda hisobchi, muhr hamda to’lov kvitansiyalari ham bor edi. Barchasi shaffof va qonuniydir. Yer juda qattiq shibbalangan edi va qo’lda uni chopish qiyin bo’ldi. Shuning uchun bizga yordamga “Volvo” rusumli ekskavator keldi. Bizga juda katta yordam bo’ldi, chuqur qazib, daraxtlarga boy tuproq aralashmasi bilan ta’minlab berdi. Garchi, biz texnika kelguniga qadar bir necha qator qazib ham ulgurdik.

Tuman agronomi doimiy ravishda “bizning daraxtlarni” sug’orishga va’da ham berdi.
Endi shahrimizda 105 dona daraxtga ko’proq daraxtlar mavjud.
Balkim, kimdur aytar, “atigi 105 ta daraxtmi?” deb.
Mening javobim shunday.
Kechagina ular mavjud emas edi.
Bugun esa bor.
Chamasi 7 sentyabr kuni Sergeli dahasida qurilayotgan metro bo’ylab biz 1000 dona chinor daraxtlarini ekishga yordam beramiz. Chinorlar birinchi kuzgi barg tushishi bilan ekiladi.
Siz ham keling.


Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.