"COSCOM" MChJ kompaniyasi (Ucell savdo belgisi) "Ipak yo'lida turizm" 25-chi Toshkent xalqaro turizm ko'rgazmasida ishtirok etdi. Yarmarka 13 - 15 noyabr kunlari "O'zekspomarkaz" MKKda bo'lib o'tadi.
Dunyoning eng katta vebsaytlaridan biri “Trip Advisor” tomonidan UNWTO uchun o'tkazilgan tadqiqotga ko'ra, dunyodagi sayohatchilarning 80 foizdan ortig'i Buyuk Ipak yo'li haqida bilishadi va "Forbes" xalqaro jurnali Buyuk Ipak yo'lini eng kuchli brendlardan biri deb tan oldi. Savdo yo'lining markazida joylashib, o'ziga xos madaniyat, ajoyib oshxonasi va boy tarixiy me'morchilikga ega bo'lgani uchun mintaqamiz sayyohlar orasida juda mashhur. O'tgan yilning o'zida O'zbekistonga tashrif buyurgan chet el fuqorolar soni 5,35 millionni tashkil etdi. Ulardan 4,6 million kishi Markaziy Osiyo davatlaridan kelgan, 406 ming kishi MDH davlatlaridan hamda 326,5 ming kishi uzoq xorijdan tashrif buyurishgan.
Yuqori sifatli va arzon narxdagi aloqa — yoqimli hordiq va muvaffaqiyatli ish safari garovidir. Ucell uyali aloqa operatori mehmonlarini safarning birinchi kunidanoq eng qulay aloqa bilan ta'minlashga intiladi. Shu maqsad bilan "Turist" tarif rejasi yaratildi. Hamyonbop narx, katta miqdordagi Internet-trafik va tarmoq ichida cheklovlarsiz qo'ng'iroqlar, shuningdek, rouming O’zbekiston va yaqin xorijdagi aloqa bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalarni hal qilishga mo’ljallangan.
Shaxnoza Xatamqulova, KO'B mijozlari bilan aloqalar bo'limi boshlig'i:
— Mamlakatimiz har doim mehmondo'stligi bilan mashhur bo'lgan. Mehmonni qabul qilish o'zbeklarda dasturxonning boyligi yoki oilaning boyligidan ustun turadi. Xalqning ajoyib an'analariga amal qilgan holda, Ucell potentsial mijozlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan "Turist" tarif rejasini taqdim etadi. Cheksiz aloqa va katta hajmdagi Internet to'plami har doim aloqada bo'lishga imkon beradi. Tarif rejasi hatto byudjetli sayyohlar ham foydalanishi mumkin. Xizmatlarga qarab uning narxi oyiga 25dan 80 ming so'mgacha o'zgaradi. “Turist” tarif rejalarining amal qilish muddati uni yoqtirish daqiqasidan boshlab 90 kunni tashkil etadi. Muddat tugaganidan so’ng, sarflanmagan mablag’lar mijozga qaytariladi. Stendda biz barcha ko'rgazmaga tashrif buyurganlar uchun Ucell tarmog'iga tezkor ulanish imkoniyatini taqdim etamiz.
Kompaniya doim mijozlarni qo'llab-quvvatlashga va qo'shimcha qulayliklar yaratishga tayyor. Ucellning katta oilasiga qo'shiling va geografik joylashuvingizdan qat'iy nazar har doim aloqada bo'ling.
