Ucell xodimlari stol tennisi bo'yicha shahar turnirida sovrinli o'rinlarni egalladilar
28NOY2019

Ucell xodimlari stol tennisi bo'yicha shahar turnirida sovrinli o'rinlarni egalladilar



Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi kompaniyalar va universitetlar xodimlari o'rtasida stol tennisi bo'yicha shahar turniri yakunlandi. Ucell ishtirokchilari tanlovda faxrli ikkinchi va uchinchi o'rinlarni egallaganliklarini e'lon qilish biz uchun g'ururlidir.

Turnirda "O'ztelekom", "Uzmobayl", "Unicon", "Alokaloyiha", "Xavfsiz shahar", "Inha universiteti", "O'zbekiston pochtasi" kabi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.


Kompaniya ichidagi yakuniy saralash bosqichi g'oliblari, Kamilla Shamsutdinova va Nodirxon Alautdinov shahar musobaqasida Ucell nomidan qatnashdilar. Biz g'alabaga chin dildan ishonardik. Kamilla ayollar o'rtasida 2-o'rinni, Nodirxon 35 yoshgacha bo'lgan erkaklar o'rtasida 3-o'rinni egalladi.



Kamilla Shamsutdinova, mahsulot va xizmatlar operatori bo'limi muhandisi:


— Musobaqa turli yoshdagi odamlarni birlashtirdi. Hamkasblar, do'stlar va tengdoshlar bilan suhbatlashish va sport muhitidan zavqlanish qiziqarli bo'ldi. Rostini aytsam, men birinchi o'rinni egallamaganimdan afsusdaman, lekin hozir qaysi yonalishda intilishim kerakligini aniq bilaman. Turnirda ishtirokim sport bilan mumtazam shug`ullanib turish haqida o'ylash uchun yaxshi sabab bo'ldi.



Nodirxon Alautdinov, maxsus loyihalar guruhi eksperti:


— Ofisda o'tirganingizda vaqt qanday o'tganini sezmaysiz. Ko'pincha ishimiz diqqatni bir joyda jamlab o`tirishni talab qiladi. Bunday vaziyatda sport bilan shug`ullanib turish  juda zarur. Men bolaligimdan stol tennisi bilan qiziqaman. Musobaqalar o'tgan vaqtlarni eslash, jismoniy faollik va hayotiylikni kuchaytirish uchun ajoyib imkoniyat bo'ldi.

O'yinlar qatori taqdirlash marosimi bilan yakunlandi. Ishtirokchilar diplom, medal va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.
 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.