Korporatsiyalarga
Internet
Tas-IXda 3GB

Tas-IXda 3GB

Siz Tas-IX tarmog'ining doimiy foydalanuvchisimisiz?
O‘z biznesingizni Tas-IX orqali rivojlantirishni yoki shunchaki undan o'z smartfoningizda erkin foydalanishni xohlaysizmi?
Faqatgina Smartfon, "Unlimited" va Smart Business tarif rejalari tizimlari abonentlarida shunday imkoniyat yuzaga keldi!

Oyiga atigi 8377.90 so'm evaziga siz Tas-IX tarmog‘i uchun 3 GB trafikka ega bo‘lasiz – endi Tas-IXga kirganingizda, megabaytlarni hisoblamasangiz ham bo‘ladi.

Ulash narxi – 8377.90 so'm

To'plamni faollashtirish - *455#

So’rov yuborish uchun forma:

Xabar uzunligi - 1024 simvol.
* To‘ldirishi kerak

Ma'lumot
  • "Tas-IXda 3GB" Internet-to‘plamiga faqat "Smartfon", "Unlimited" va "Smart Business" tarif tizimlari abonentlari ulanishlari mumkin.
  • Internet-to‘plam narxi –taqvimiy oyning oxirigacha 8377.90 so'm. To'plam oy davomida faqat 1 marta ulaniladi.
  • Kompaniya Korporativ mijozlari ushbu Internet-to'plamni faollashtirishlari uchun, Kompaniya nomiga ro'yxatdan o'tkazilgan raqam egasi nomidan rasmiy murojaat xati taqdim etishlari shart.
  • "Korporatsiya" xizmati shartlariga binoan Postpaid tarmog'iga ulangan abonentlar, shuningdek, "Smartfon" tarif rejalar tizimi abonentlari Internet-to‘plamni ulashlari uchun *455# raqamiga USSD-so‘rov yuborishlari yoki Kompaniya ofisiga murojaat etib, Internet-to‘plamni ulash uchun tegishli arizani to‘ldirishlari lozim.
  • "Tas-IXda 3GB" Internet-to‘plami avtomatik tarzda belgilanish funksiyasi bilan belgilanadi:
    • Korporativ mijozlar avtomatik tarzda belgilanishni o‘chirish uchun Kompaniyaga rasmiy murojaat xati taqdim etishlari lozim.
    • "Korporatsiya" xizmati shartlariga binoan Postpaid tarmog'iga ulangan abonentlar va "Smartfon" tarif rejalari tizimi abonentlari avtomatik tarzda belgilanish funksiyasini *455# USSD-so‘rovi yordamida o‘chirishlari, yoki yoki Kompaniya ofisiga murojaat etib, xizmatni o‘chirish uchun tegishli arizani to‘ldirishlari lozim.
  • Internet-to‘plamni yangi ulaganda, to‘plam narxi abonent hisobidan to‘liq yechib olinadi va internet-to'plam doirasida trafik to‘liq hajmda ulanish oyining oxirigacha taqdim etiladi.
  • Oylik abonent to‘lovi har oyda bir marta, taqvimiy oyning 1-sanasida, abonentning hisobida abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lishidan qat'i nazar, faol holatda bo‘lganida to‘liq hajmda hisobdan yechiladi va trafik to‘liq hajmda taqdim etiladi.
  • Internet-to‘plam bekor qilinganda internet-to'plamning  trafik qoldig‘i kuyib ketadi.
  • Internet-to‘plam doirasida taqdim etilgan trafikdan faqat faol holatda foydalanish mumkin.
  • Agar Internet-to'plamni faollashtirish paytida Internetdan foydalanayotgan bo‘lsangiz, Internet-to'plam doirasida MBlar to‘g‘ri taqdim etilishi uchun Internet-sessiyani to‘xtatib, xizmatni faollashtirishingiz zarur bo'ladi va shundan keyin internetdan foydalanishni davom ettirishingiz mumkin bo'ladi.
  • Internet-to‘plamni faollashtirishgandan keyin, *455# USSD-so‘rovi yordamida Internet hisobingiz qoldig‘ini tekshirishingiz va uning o‘zingiz xarid qilgan trafik miqdori o‘zgarganligiga ishonch hosil qilishingiz lozim. Bungacha Internet uchun sarflangan trafik narxi tarif rejasi doirasidagi narxlarga asosan amalga oshiriladi. Bunday hollarda Kompaniya e'tirozlarni qabul qilmaydi va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qayta hisob-kitobni amalga oshirmaydi.
Faollashtirish shartlari
Agar abonent quyidagi xizmatlardan biriga ulangan bo‘lsa, u "Tas-IXda 3GB" Internet-to‘plamini faollashtira olmaydi:
  • "Cheksiz Internet-paket"
  • "Cheksiz Odnoklassniki"
  • "Cheksiz Mail.Ru Agent"
  • "Ucell Portal"
  • "Cheksiz tun"
  • Internet Mega-Boom
  • Oylik 4G Internet-to‘plamlar
Yoki quyidagi ulanish to‘plamlaridan birini faollashtirgan bo‘lsa ham, u "Tas-IXda 3GB" Internet-to‘plamini faollashtira olmaydi:
  • "Huawei P7",
  • "Galaxy Ace"
  • "Modem", "Modem+"
  • "Modem Turbo+"  va aksincha tartibda.
  • Uy uchun Modem
  • "4G modem"
  • "4G Wi-Fi router"
Muhim!
To‘plamga kiritilgan MBlardan faqat faol holatda foydalanish mumkin.

Saytlardan (jumladan, TAS-IX hududidagi) yuklangan torrent fayllar (yuklangan fayllar, torrent protokollari, bittorrent) uchun, to‘plam doirasida belgilangan trafik sarf etiladi.

TAS-IX hududiga kiruvchi IP-manzillar ro‘yxatini bu yerdan ko‘chirib olish mumkin. To‘plamlar doirasidagi chegirma Web (HTTP va HTTPS) saytlardan foydalanishda amal qiladi.
Agar TAS-IX hududida, deb hisoblangan sayt yuqorida ko‘rsatilgan IP-manzillar doirasiga kirmasa, unga sarflangan trafik uchun mas’uliyatni Kompaniya o‘z zimmasiga olmaydi.

Shuni yodda tutingki, IP-manzillari Tas-IX hududida bo‘lgan saytnlarni shaxsiy kompyuter yoki boshqa qurilmaraldan yuklanganda saytlarda Tas-IXga kirmaydigan animatsion reklama yuklanishi va asosiy hisobingizdan qo‘shimcha pul maglag‘i sarflanishi mumkin.
Smartfon yoki planshet orqali Internetdan foydalanganingizda asosiy hisobingizdagi pul mablag‘I fondagi ma’lumotni yuklashga ham sarflanadi (ilovalarning yangilanishi, messenjerlardan xatlar va boshqalar).
Abonentning tarif rejasi bo‘yicha Internet trafik uchun qo‘shimcha pul mablag‘ning sarflanishini oldini olish uchun abonentga tashqi trafik uchun Internet-to‘plamni xarid qilish tavsiya etiladi.
Ushbu xizmat to‘lovlar limiti ijobiy bo‘lgan abonentlarga mo‘ljallangan. To‘lovlar limitiga nol o‘rnatilgan holda yoki limit nolga yetgan vaziyatda Kompaniya e'tirozlarni qabul qilmaydi va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qayta hisob-kitobni amalga oshirmaydi.

Agar Sizning o’z saytingiz mavjud bo’lsa va bizning ro‘yxatimizda o‘z IP-manzilingizni topmagan bo‘lsangiz, corporate@ucell.uz manzili orqali bizga yozib yuboring va biz albatta Siz bilan bog‘lanamiz.

Agar Sizda savollar tug‘ilgan bo‘lsa, quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling: 8111 (faqat Ucell abonentlari uchun), (+998 93) 382-09-09, 184-09-00. Bizning faks: (+998 71) 252-10-00. E-mail: corporate@ucell.uz.

Biz Sizni Ucell Korporativ mijozlari qatorida ko‘rishdan mamnunmiz!

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.