Roumingda cheksiz internet!
Korporatsiyalarga
Rouming
Roumingda cheksiz internet!

O‘zbekistonda ilk bor, Ucelldan “Roumingda cheksiz internet”!






Trafik cheklovisiz

Har kuni birinchi 100 MB internet maksimum tezlikda

Kerakli to‘plamni o‘zingiz tanlaysiz


 

To‘plamlar

Roumingda cheksiz internet-to‘plamlar

To‘plamlar Narxi
(so‘m)
Amal qilish muddati
1 kunlik 88 000 24 soat
7 kunlik 555 000 1 hafta*
14 kunlik 999 000 2 hafta*

*Xizmat faollashtirilgan paytdan boshlab.

So’rov yuborish uchun forma:

Xabar uzunligi - 1024 simvol.
* To‘ldirishi kerak

Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.

Tarmoqlar va mamlakatlar

Roumingdagi cheksiz internet-to‘plamlar quyidagi mamlakatlarda va tarmoqlarda amal qiladi:

Mamlakat Tarmoq
Indoneziya Indosat Ooredoo
Xitoy Xalq Respublikasi China Mobile
Qatar Ooredoo (Q-Tel)
Malaysiya Maxis
Makao CTM
Singapur StarHub
Turkiya Turkcell
Janubiy Koreya KT

Mamlakatlar va tarmoqlar ro‘yxati kengaytirib boriladi.
Qo‘shimcha shartlar
Bilish muhim!

Hurmatli abonent, xizmatni muvaffaqiyatli ulagandan so'ng ilk bor roumingda internetdan foydalanishni boshlaganingizda birinchi 100 MB maksimal tezlikda, keyin esa to'plam tugagunicha yoki yangi limit taqdim etilgunicha - 64 kb/s.gacha tezlikda taqdim etiladi.

  • To‘plamlar doirasidagi internet-trafikdan Ucellning barcha abonentlari faqatgina faol holatda va faol rouming xizmati bilan foydalanishlari mumkin;
  • To‘plamlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki xorijdagi rouming-harmkor operatorlarning tarmoqlarida faollashtirish mumkin (Xizmat amal qilish hududlariga qarang);
  • To‘plamlar belgilanishi uchun korporativ mijozlar Kompaniyaga yozma ravishda murojaat qilishlari lozim;
  • To‘plamlar “jismoniy shaxs” va “Korporativ VIP” kategoriyalariga belgilanishi uchun *969# ni yuborish yoki Kompaniya ofisiga murojaat qilib xizmatni faollashtirish uchun tegishli ariza to‘ldirishlari lozim;
  • To‘plamlarning to‘g‘ri taqdim etilishi uchun, agar faollashtirish paytida internetdan foydalanayotgan bo‘lsangiz, internet-sessiyani to‘xtatib, *969# USSD-so‘rovi yordamida to‘plamini faollashtirishingiz va shundan keyingina internetga qayta ulanishingiz lozim;
  • E’tibor bering, to‘plamlardan faqatgina quyidagi tarmoqlarda foydalanish mumkin, qolgan operatorlar tarmoqlarida to‘plamlar amal qilmaydi;
  • To‘plamni faollashtirish uchun so‘rov yuborgach, to‘plam muvaffaqiyatli belgilanganligini tasdiqlovchi SMS-xabar kelishini kutish lozim. Agar Sizga shunday SMS-xabar kelmasa, xizmatning faollashganligini tekshirish uchun *969# USSD-so‘rovidan foydalanishni tavsiya etamiz. Agar to‘plam belgilanmagan bo‘lsa, internet xizmatlari roumingda hududiy narxlashga muvofiq narxlanadi. Bunday holatlarda  Kompaniya ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qayta hisob-kitobni amalga oshirmaydi;
  • Agar abonent to‘lovi yechish vaqtida abonent hisobida yetarli mablag‘ bo‘lmasa, to‘plam belgilanmaydi va amal qilmaydi. To‘plamni *969# USSD-so‘rovi yordamida oyning istalgan kunida bekor qilish, shuningdek qayta faollashtirish mumkin;
  • Barcha nominallardagi to‘plamlar muddati avtomatik uzaytirilmaydigan holda taqdim etiladi, ya’ni amal qilish muddati tugashi bilan to‘plamlar avtomatik tarzda bekor qilinadi. Qaytadan ulash uchun Kompaniyaga yozma ravishda murojaat qilish lozim. “Jismoniy shaxs” va “Korporativ VIP” kategoriyali jismoniy shaxslar *969# chaqiruv USSD-so‘rovini jo‘natishlari lozim;
  • To‘plamni qayta ulashda, agar Sizda faol to‘plam mavjud bo‘lsa, amaldagi to‘plamni bekor qilishingiz kerak, keyin esa istalgan nominaldagi to‘plamni ulatishingiz mumkin. Shuningdek Kompaniya to‘plamning ishlatilmagan muddati uchun qayta hisob-kitobni amalga oshirmaydi;
  • Shuningdek, siz *969# terib va ko‘rsatmalarga amal qilib ham to‘plamlarni o‘chirishingiz mumkin;
  • Bir kunlik to‘plam uchun to‘lov – 88 000 so‘m, xizmatning bitta amal qilish muddati uchun bir marta yechiladi. Xizmatning amal qilish muddati faollashtirilgan paytidan boshlab 24 soatni tashkil etadi;
  • Yetti kunlik to‘plam uchun to‘lov – 555 000 so‘m, xizmatning bitta amal qilish muddati uchun bir marta yechiladi. Xizmatning amal qilish muddati faollashtirilgan paytidan boshlab 7 sutkani tashkil etadi;
  • O‘n to‘rt kunlik to‘plam uchun to‘lov – 999 000 so‘m, xizmatning bitta amal qilish muddati uchun bir marta yechiladi. Xizmatning amal qilish muddati faollashtirilgan paytidan boshlab 14 sutkani tashkil etadi;
  • To‘plamga kiritilgan maksimal tezlikdagi 100 MB hajmidagi trafik abonent to‘lovi yechilganidan keyingi 24 soatlik muddat bilan belgilanadi. 7 va 14 kunlik to‘plamlarda xizmat faollashtirilgan paytidan boshlab uning amal qilish muddati davomida har 24 soatda maksimal tezlikdagi 100 MB taqdim etiladi;
  • Ajratilgan limit tugaganidan so‘ng, to‘plamlarning amal qilish muddati tugaguniga yoki yangi limit taqdim etilguniga qadar internet tezligi 64 Kb/soniyagacha etib belgilanadi.
  • To‘plamga kiritilgan bonusdan faqat 2G va 3G  tarmoqlarida foydalanish mumkin.

Agar siz o‘zingizni qiziqtiradigan savolga bu ro‘yxatdan javob topmagan bo‘lsangiz, quyidagi telefonlar orqali bizga qo‘ng‘iroq qiling:
Ucell abonentlari uchun – 8111
Boshqa uyali aloqa operatorlari raqamlari, shuningdek shahar raqamlari uchun – +998(93)1840900.

Ucell bilan birgalikda sayohat qiling!

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.