Korporatsiyalarga
Xizmatlar
Maxsus takliflar
"Alohida hisob" xizmati

"Alohida hisob" xizmati

"Alohida hisob" xizmati bilan tashkilot va xodim o‘rtasidagi aloqa harajatlarini bo‘lish imkoniyatini beradi.

Xizmatning afzalliklari:

  • Xizmat uchun aloqa byudjetini samarali rejalashtirish;
  • Xodimlarning xizmat uchun aloqa harajatlarini boshqarish imkoniyati;
  • Xodimning xizmat va shaxsiy muloqot uchun 1 ta raqamdan foydalanishi;
  • Imtiyozli korporativ tariflar bo‘yicha xodimlarning shaxsiy suhbatlariga to‘lovlar kiritish.

So’rov yuborish uchun forma:

Xabar uzunligi - 1024 simvol.
* To‘ldirishi kerak

Xizmatni faollashtirish

Endi Siz har bir xodim uchun xususiy limitlar belgilab, xizmat uchun zarur aloqa byudjetini oson rejalashtirishingiz mumkin. Xizmat uchun aloqa belgilangan limitdan oshsa, xodim o‘zi uchun to‘lov amalga oshirishi mumkin.

Xizmatni qanday faollashtirish mumkin?

  • Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish ofislaridan biriga "Alohida hisob" xizmatiga ulanish haqida ariza yuborish kerak;
  • Aloqa xizmatlarini taqdim etish shartnomasiga qo‘shimcha kelishuv tuzish kerak;
  • Xizmatga ulanadigan tashkilot xodimlari aloqa xizmatlarini taqdim etish shartnomasiga tuzilgan qo‘shimcha kelishuvning №1 ilovasiga imzo chekishlari talab etiladi.

"Korporativ hisob" - "Alohida hisob" xizmatiga ulanayotgan har bir xodim uchun Siz to‘lovlar limitini o‘rnatishingiz mumkin.

"Shaxsiy hisob" - bu xodimingiz hisobi bo‘lib, bunda xodim jismoniy shaxslar uchun mavjud to‘lov turlaridan biri orqali o‘z hisobini to‘ldirish imkoniyati demakdir. Xizmat Mijoz shartnomasida keltirilgan har bir raqam uchun ariza asosida taqdim etiladi. Bunda Mijoz "Shaxsiy hisob" xizmatiga ulanmoqchi bo‘lgan har bir xodim uchun shaxsiy to‘lovlar limitini (12630 so'm kam bo‘lmagan miqdorda) belgilashi kerak. Belgilangan limit tugagandan so‘ng, abonent SMS-ma‘lumot qabul qiladi va shundan so‘ng mablag‘ "Shaxsiy hisob"dan yechila boshlaydi. "Shaxsiy hisob"ni jismoniy shaxslar (Elektron to‘lov tizimi, umumiy to‘lov kartalari, Kompaniyaning o‘z ofislarida joylashgan kassalar va boshqalar) uchun mavjud barcha to‘lov turlari orqali to‘ldirish imkoni mavjud.

Korporativ hisobini tekshirish: *110#
Xodimning shaxsiy hisobini tekshirish: *100#     

Limitga o‘zgarishlar kiritish:

  • Mijoz har bir xodim uchun belgilangan limit miqdorini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin.
  • Limitni kamaytirish holatini faqatgina oyning 1-chi sanasida amalga oshirish mumkin.
  • Limitga o‘zgartirish kiritish uchun Ucellning korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish ofisiga ariza yuborish talab etiladi.
Qo‘shimcha xizmatlarni ulash va o‘chirish uchun Siz ariza formasini to‘ldirib Ucellning Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga murojaat qilishingiz lozim.
Qo‘shimcha shartlar

Qo‘shimcha shartlar:

  • Xizmat faqatgina "FACT PLUS" tarifi abonentlari uchun amal qiladi;
  • Xodim o‘z shaxsiy hisobini *100# raqamiga so‘rov yuborib, tekshirishi mumkin;
  • Korporativ hisob evaziga qo‘shimcha xizmatlarga ulanish uchun faqatgina korporativ Mijozning yozma arizasi talab etiladi;
  • Limit uchun belgilangan minimal to‘lov chegarasi - 12630 so'm;
  • "Alohida hisob" xizmatiga ulanish chog‘ida "FACT PLUS" tarifining abonent to‘lovi taqvim bo‘yicha oyning 1 sanasida to‘liq miqdorda hisobdan yechiladi. Agarda xizmat ilk marotaba faollashgan bo‘lsa uning abonent to‘lovi faqatgina oy so‘nggiga qadar qolgan kunlar uchun yechiladi.

Kerakli hujjatlar:

Agarda sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilgan bo‘lsa, ushbu manzilga xat yuborishingiz corporate@ucell.uz yoki quyidagi raqamlar orqali biz bilan bo‘glanishingiz mumkin:

  • 8111 (Ucell raqamlaridan)
  • +998931840900 (boshqa mobil operatorlari hamda shahar raqamlari uchun)

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.