Korporatsiyalarga
Korporativ tariflar
Korporativ Tariflar Arxivi
"Special" tarif rejalari tizimi

“Special” tarif rejalari tizimi

Baribir Special!

«Daqiqalar» va «Internet» orasida bittasini tanlash qiyinmi? Sizga har ikkalasi kerakmi?
Maxsus Siz uchun, Special abonentlari iltimoslariga binoan, Ucell yangi Special tarif rejalari tizimini joriy etmoqda!

O‘tish kodi: *120*2#

Limitlar qoldig‘ini tekshirish: *102#

"2GB" internet-to'plam va "Restart" xizmatini ulash - *255#

Diqqat! Tarifga yangi ulanishda/o'tishda abonent to'lovining yechilishi shartlari hamda davri Restart xizmatining shartlariga muvofiq yangilanadi. 

2019-yil 30-sentyabrdan “Special Mini”, “Special Mix”, “Special Super” va “Special X” tariflari yangi ulanishlar va o‘tish uchun mavjud emas.

Tarif rejalari shartlari

Tarif rejasi Special Mini Special Mix Special Super Special X
Oylik abonent to‘lovi 30,000 so‘m 45,000 so‘m 65,000 so‘m 110,000 so‘m
O‘zbekiston bo'yicha daqiqalar oylik limiti  1,300 daqiqa 3,000 daqiqa 6,000 daqiqa Cheksiz*
Oylik internet-trafik limiti 2 GB 6 GB 10 GB 24 GB
O‘zbekiston bo‘yicha SMS 500 1000 1000 1000
10000 so'mga internet-trafik 2 GB 2 GB 2 GB 2 GB

*Texnik cheklanma – oyiga 45000 daqiqa.
Cheksiz qo‘ng‘iroqlar faqatgina 1 ta abonentga taqdim etilib, “konferens-aloqa” xizmati doirasidagi guruh qo‘ng‘iroqlari uchun amal qilmaydi.

Limitdan tashqari narxlanish

Limitdan tashqari narxlanish
Qo‘ng‘iroq turi 
Tarmoq ichida chiquvchi qo‘ng‘iroqlar 100 so‘m
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar 125 so‘m
Xabar turi 
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlar 120 so‘m
Chiquvchi xalqaro SMSlar 505.20 so‘m
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi MMSlar 210,50 so‘m
Chiquvchi xalqaro MMSlar 1263 so‘m
Internet, 1 MB narxi
630 so'm

 
Qo‘shimcha ma’lumot
Tarifni o'zgartirish narxi:
  • «Special Super» tarifidan «Special Mini» va «Special Mix» tariflariga muvaffaqiyatli o‘tish narxi – 2105 so‘m.
  • «Special X» tarifidan «Special Mini», «Special Mix» va «Special Super» tariflariga muvaffaqiyatli o‘tish narxi – 2105 so‘m.
  • «Special Mini», «Special Mix» tariflaridan «Special Super» tarifiga muvaffaqiyatli o‘tish narxi – bepul.
  • «Special Mini», «Special Mix» va «Special Super»  tariflaridan «Special X» tarifiga muvaffaqiyatli o‘tish narxi – bepul.
  • «Special Mix» va «Special Mini» tariflaridan muvaffaqiyatli o‘tish narxi – 2105 so‘m.
  • «Special Mini» va «Special Mix» tariflaridan muvaffaqiyatli o‘tish narxi – bepul.
  • «Special» tarif rejalari tizimidan haqi keyin to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimi (Postpaid) boshqa tarif rejalariga muvaffaqiyatli o‘tish narxi – 2105 so‘m.
Qo‘shimcha ma’lumot:
  • Special tarif rejalari faqat haqi oldindan to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimi (Prepaid) abonentlari uchun amal qiladi;
  • Tariflar doirasida taqdim etilgan Daqiqa, MB va SMSlar faollashtirilgan oyning birinchi kunidan boshlab 32 kun mobaynida amal qiladi, keyin Daqiqa, MB va SMSlar qoldig‘i jadvalga binoan bekor qilinadi.
  • Tizim kalendar oyining 1-dan to 15-kunigacha bo‘lgan muddat ichida oylik abonent to‘lovini asosiy hisobdan yechishga urinadi, Mazkur funksiya ulanish kunidan so’ng keluvchi yangi oy boshidan 16 kun o‘tganidan so‘ng amal qilmaydi. Bunda 16chi kuni  tizim oylik abonent to’lovini echish uchun xarakatni faqat soat 08:00gacha amalga oshiradi 16-kunidan to oyning oxirgi kunigacha abonent to‘lovini yechishga urinish to‘xtatiladi.
  • Agar oylik abonent to‘lovini yechishga urinish paytida abonentning hisobida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, tizim quyidagi narxlar bo‘yicha kunlik abonent to‘lovini yechishga urinishni amalga oshiradi:
Tarif bo‘yicha kunlik opsiya «Special Mini» «Special Mix» «Special Super» «Special X»
Kunlik abonent to‘lovi 1300 so‘m 2000 so‘m 3000 so‘m 4500 so‘m
O'zbekiston bo’yicha daqiqalar limiti 50 100 200 250
Internet limiti, MB 50 100 250 500
SMSlar limiti 10 15 25 25
  • Agarda abonentning asosiy hisobida kunlik abonent to‘lovini yechish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, u holda shu to‘lov miqdordagi mablag‘ bir marta yechib olinadi, bunda abonentning hisobi manfiy holatga o‘tadi va raqami bloklanadi.
  • Yangi ulanishda, birinchi kun, agar abonent xisobida oylik abonent to’lovini echish uchun mablag’ etarli bo’lmasa, kunlin abonent to’lovi ulanish kunida echilmaydi. Tizim tarif reja shartlari asosida kunlik abonent to’lovini ulanish kinidan keying kundan boshlab echishga harakat qiladi.
  • Agar mazkur tarif rejasiga oy davomida ulanilsa, abonent to‘lovi oyning oxirigacha qolgan kunlar uchun yechib olinadi, shuningdek, tarif rejasi bo‘yicha limitlar ham kalendar oyining oxirigacha qolgan kunlar miqdoriga mos holda taqdim etiladi. Ammo tarif bo'yicha berilgan limitlarning amal qilish muddati 32 kunni tashkil qiladi.
  • Abonent to‘lovining yechilishi hamda limitlarning belgilanishi hisob yetarli miqdorga to‘ldirilganidan keyin amalga oshiriladi.
  • Tarmoqqa ulangan, shuningdek, bloklangan holatga tushgan abonentlar dastlab raqamni faol holatga o‘tkazishlari, keyin esa hisobni abonent to‘lovining yechilishi uchun yetarli miqdorga to‘ldirishlari (hisobni ikki martalik to‘lovda to‘ldirishlari) kerak bo‘ladi. Anglashilmovchilik bo‘lmasligi uchun, hisobni to‘ldirgandan so‘ng – xizmatlardan foydalanishni boshlamay turib, avvalo daqiqalar va internet-trafik limitlarining belgilanganligini tekshirishni tavsiya etamiz. Limit belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar va internet-trafik narxlanishi limitdan tashqari ko‘rsatilgan tariflarga binoan amalga oshiriladi.
  • Shuni e'tiborga olishingizni so‘raymizki, oylik bepul daqiqa, SMS va Internet trafik texnik shartlarga asosan soat oyning 1-kuni 00:00dan 08:00gacha belgilanadi(pul echilish vaqti qat’iy belgilanmagan). Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun mazkur vaqt oralig‘idagi va mazkur yo‘nalishdagi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishdan avval hisobingizdagi bepul daqiqalar, SMS va MBlar belgilanganligini tekshirib ko‘rishingizni tavsiya etamiz. Qo’ng’iroqlar, SMS va Internet-trafigi limitlari belgilanguniga qadar qo’ng’irqolar, SMS va internet asosiy balansdan tarif reja bo'yicha limitdan tashqari tariflar bo’yicha narxlanadi.
  • Tariflarga faqat “Prepaid tizimidagi korporativ tarif rejalarga ulanish uchun abonent arizasi”ni to’ldirib Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish Ofislarida va Kompaniya rasmiy dilerlarida ulanish mumkin.
  • Yuridik shaxs tashkil etmasdan yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish guvohnomasining amal qilish muddati tugagan holda, mazkur tarif abonenti yangi muddatli guvohnomani 10 kun davomida taqdim etishi lozim. Aks holda Kompaniya aloqa xizmatlarini taqdim etishini to‘xtatish huquqiga ega.
  • «Special» tarif rejalari tizimidan haqi oldindan to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimi (Prepaid)  iste'molchilar segmenti tarif rejalariga va aksincha yo‘nalishda o‘tish faqat yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlar taqdim etilgan holda, Kompaniya ofislarida amalga oshiriladi. Prepaid tizimidagi korporativ tariflardan o'tish uchun *120# raqamiga USSD so'rov yuborish zarur.
  • "Daqiqalar" va "Megabaytlar" opsiyalaridan hamda Smartphone va Best tariflaridan "Special Mini", "Special Mix", "Special Super" va "Special X"  tariflariga o'tilganda bonuslar saqlab qolinadi. Quydagi holatlar bundan mustasno:
    • "Megabaytlar" opsiyasidan "Special Mini", "Special Mix", "Special Super" va "Special X" o'tilganda qolgan asosiy trafik va Telegram trafik saqlab qolinadi, tungi trafik esa kuyadi.
    • Smartphone tarifidan "Special Mini", "Special Mix", "Special Super" va "Special X" tariflariga o'tilganda qolgan asosiy trafik faqat Telegram uchun sarflanadi.
  • Bonuslardan faqat Faol holatda bo‘lgandagina foydalanish mumkin.
  • «Special» tarif rejalari tizimi ichida tarifni almashtirganda tarif rejasi bo‘yicha belgilangan bonuslar o‘zaro qo‘shiladi va bekor qilinmaydi.
  • Tarif shartlariga binoan limit doirasida taqdim etilgan daqiqalar, SMS va MBlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi;
  • «Tarmoq ichida 0» va «VIP» xizatlarini ushbu tarifda faollashtirib bo‘lmaydi.
  • Yangi ulanish va opsiyalarni almashtirish paytida tarif bo‘yicha abonent to‘lovining yechilishi hamda tarif doirasida daqiqa/MBlar limitining belgilanishi kalendar oyining oxirigacha qolgan kunlar soniga mos tarzda amalga oshiriladi. Limit belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar, SMS va Internet limitdan tashqari ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha narxlanadi;
  • Oylik abonent to‘lovi abonentning hisobida mablag‘ yetarli bo‘lishiga qarab, kalendar oyining birinchidan to o‘n beshinchi kunigacha bo‘lgan muddat ichida, to‘liq hajmda bir marta yechiladi. Kalendar oyining 15-kunidan keyin abonent to‘lovi yechilmaydi va tarif bo‘yicha limitlar belgilanmaydi;
  • Tarif doirasida daqiqa/MBlar limiti abonent to‘lovi yechilganidan keyin to‘liq hajmda belgilanadi va kalendar oyining oxiriga qadar amal qiladi. Taqdim etilgan limitlar keyingi kalendar oyiga o‘tmaydi;
  • Siz yana quydagi qo’shimcha afzallikdan foydalanish imkoniga egasiz – abonent to’lovi yechilishi va bonuslar limiti taqdim etilishi uchun tungi vaqtni kutish zarur emas.  Abonent to’lovi echilishi va bonuslar taqdim etislishi hisobni yetarli mablag’ga to’ldirish bilan amalga oshiriladi.
  • Tarmoqqa ulangan abonentlar, shuningdek bloklangan holatdagi abonentlar birinchi navbatda faol holatga o'tishlari va keyin hisobni abonent to'lovini to'lash uchun kerak bo'lgan summani to'ldirishlari kerak (hisobni ikki to'lov bilan to'ldirish).
    • Anglashilmovchiliklarning oldini olish uchun, bepul limitdan foydalanishdan avval daqiqa va Internet-trafik limitining belgilanganligini tekshirib ko‘rishni tavsiya etamiz.
    • Limit belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar va Internet limitdan tashqari ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha narxlanadi;
  • Ushbu tarifga Prepaid tizimidagi barcha tariflardan amaldagi o‘z "Yuridik shaxs tashkil etmasdan (yakka tartibdagi tadbirkor) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida guvohnoma"sini taqdim etgan holda, faqat Kompaniya ofislarida o‘tish mumkin;
  • Ushbu tarifdan mumkin bo‘lgan boshqa tariflarga o‘tish faqat Kompaniya ofislarida amalga oshiriladi;
  • Tarif shartlariga binoan limit doirasida taqdim etilgan daqiqalar CONTENT xizmatlariga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi;
  • Tarif shartlariga binoan limit doirasida taqdim etilgan daqiqalar, SMS va MBlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi;
  • Abonent raqami hisobda mablag’ 0ga etganida, yoki abonent 30 kun davomida pullik xizmatlardan foydalanmaganida bloklanadi. Abonent raqamining maksimal bloklanish muddati 90 kun.
  • Abonent hisob raqamining "Mobil avans" va "Mobil o'tkazma" hizmatlari, hamda hisobni korrektirovkalash orqali to‘ldirilishi abonent hisobini to‘ldirilishi sifatida qabul qilinmaydi.
  • Shuni ma’lum qilamizki, 2019-yil 30-sentyabrdan, “Special Mini”, “Special Mix”, “Special Super” va “Special X” tariflari yangi ulanishlar va o‘tish uchun mavjud bo‘lmaydi.

10 000 so’mga “2 GB”lik internet-to’plamni ulash shartlari:
  • Internet to'plamni ulash faqat oylik oylik abonent to'lovi to'langanidan so'ng amal qiladi;
  • Bir abonent uchun internet-to'plamni joriy oyda 1 marta ulash mumkin;
  • Internet-to‘plam avtomatik tarzda belgilanish funksiyasi bilan yoqiladi;
  • Internet to'plamni *255# USSD-so'rovi orqali ulash/o'chirish mumkin;
  • Trafik qoldig‘ini tekshirish *107# USSD-so'rovi orqali amalga oshiriladi;
  • Ortiqcha xarajatlarning oldini olish maqsadida, internetdan foydalanishdan avval yangi internet-to‘plam belgilanganligini tekshirish zarur;
  • Avtomatik tarzda belgilanish funksiyasi faol vaqtida xizmat yoqilganidan keyin 30 kun o‘tib (sotib olingan to‘plamga muvofiq), abonent hisobida yetarli mablag‘ bo‘lsa, tizim oldin xarid qilingan hajmdagi to‘plamni yangidan belgilaydi. Bu holda avval xarid qilingan to‘plamdan qolgan trafik nolga tenglashtiriladi. Yangi internet-to‘plam trafigi xizmat ulanganidan yoki avtomatik tarzda belgilangandan keyingi 31-kuni, yangi to‘plam uchun mablag‘ yechib olinganidan so‘ng soat 00:00 dan boshlab belgilanadi.
  • Avtomatik tarzda belgilanish funksiyasi ochirilgan bo‘lsa, internet-to‘plam faollashtirilgan kundan 30 kun o‘tgach, trafik qoldig‘i nolga tenglashtiriladi;
  • Internet-to‘plamdagi trafikdan faqat raqam Faol holatda bo‘lganidagina foydalanish mumkin.

Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.
«Restart» xizmati
Tarifni o'zgartirish narxi:
  • «Restart» xizmati «Special» tariflar tizimlaridagi abonentlar uchun amal qiladi.
  • «Restart» xizmati *255# USSD-so‘rovi yordamida faollashtiriladi.
  • «Restart» xizmatidan raqami Faol holatda bo‘lgan barcha abonentlar foydalana oladilar.
  • «Restart» xizmati tarif rejasi shartlari bo‘yicha oylik limitlarni faollashtirish imkonini taqdim etadi. Abonent ushbu xizmatni muvaffaqiyatli faollashtirganidan so‘ng, hatto joriy davr uchun oylik abonent to‘lovini to‘lamagan bo‘lsa ham, undan kunlik abonent to‘lovi yechilmaydi.
  • «Restart» xizmatini faollashtirganidan so‘ng abonent hisobidan to‘liq oylik abonent to‘lovi yechiladi va abonentning tarif rejasi oylik abonent to‘lovi doirasida to‘liq oylik limitlar belgilanadi.
  • «Restart» xizmati muvaffaqiyatli faollashtirilganida, limitlarning amal qilish muddati va oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi sifatida mazkur xizmat faollashtirilganidan 1 oy keyingi sana o‘rnatiladi.
  • «Restart» xizmati muvaffaqiyatli faollashtirilganida, «Special Mini», «Special Mix», «Special Super» va «Special X» tarif rejalari abonentlaridan endi kunlik abonent to‘lovi yechilmaydi, keyinchalik ushbu abonentlardan faqat oylik abonent to‘lovi yechiladi.
  • «Restart» xizmatini faollashtirgan abonentlarda oylik davr «Restart» xizmati oxirgi marta muvaffaqiyatli faollashtirilgan kundan bir oy keyinga belgilanadi.
  • Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va oylik abonent to‘lovida ko‘zda tutilgan limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan bu limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
  • Tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda daqiqalar va megabaytlarning belgilanishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) amalga oshadi. «Restart» xizmatining oxirgi marta muvaffaqiyatli faollashtirilish sanasi oylik davrda oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi hisoblanadi. Oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun abonent raqami Faol holatda bo‘lishi lozim.
  • Agar abonent raqami bloklangan holatda bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi. Abonent raqami faol holatga o‘tganida oylik abonent to‘lovi quyidagicha yechiladi:
    1. Darhol – agar hisob to‘ldirilganidan so‘ng abonent balansi tarif bo‘yicha oylik abonent to‘loviga teng yoki undan oshiq bo‘lib qolsa. Oylik abonent to‘lovi yechilganidan keyin abonentning tarif rejasiga muvofiq limitlar belgilanadi. Yechilgan oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining keyingi yechilishi sanasini o‘zgartirmaydi, limitlarning amal qilish muddati ham surilmaydi.
    2. Navbatdagi tun, soat 00:00 dan 08:00 gacha (echilish vaqti aniq belgilanmagan) – agarda hisob to‘ldirilganidan so‘ng abonent raqami faol holatga o‘tgan, ammo mablag‘ tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun yetarli bo‘lmasa. Oylik abonent to‘lovi yechilganidan keyin darhol abonentning tarif rejasiga muvofiq limitlar belgilanadi. Yechilgan oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha oylik to‘lovining keyingi yechilishi sanasini o‘zgartirmaydi, limitlarning amal qilish muddati ham surilmaydi. Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, agar bloklangan holatdan chiqqandan so‘ng hisobdagi mablag‘ tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovi hajmidan kam bo‘lsa, *255# USSD-so‘rovi yordamida «Restart» xizmatini faollashtirishni tavsiya etamiz. Mazkur xizmat samarali faollashtirilganidan so‘ng abonent hisobidan oylik abonent to‘lovi yechiladi va tarif rejasi doirasidagi limitlar belgilanadi; oylik davr va limitlarning amal qilish muddati esa «Restart» xizmati oxirgi marta samarali faollashtirilgan kunidan bir oy keyingi sanadan o‘rnatiladi.
    Eslatib o‘tamiz, tarif doirasidagi limitlardan faqat faol holatdagina foydalanish mumkin.
  • «Restart» xizmatini o‘z tarif rejasini haqi oldindan to‘lanuvchi boshqa bir tarif rejasiga almashtirgan holda o‘chirish mumkin.
  • Tarif rejasi doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval, daqiqalar, SMSlar va internet-trafik limitlari belgilanganligini *102#; *103# USSD-so‘rovlari yordamida oldindan tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar va internet limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda narxlanadi.
  • USSD-so'rovi orqali ulanganda, Restart xizmati abonent hisobida xizmat narxi to'liq yechilishi uchun yetarlicha mablag' bo'lganidagina yoqiladi;

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.