Korporatsiyalarga
Korporativ tariflar
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun
"Special" tarif rejalari tizimi

“Special” tarif rejalari tizimi

Baribir Special!

«Daqiqalar» va «Internet» orasida bittasini tanlash qiyinmi? Sizga har ikkalasi kerakmi?
Maxsus Siz uchun, Special abonentlari iltimoslariga binoan, Ucell yangi Special tarif rejalari tizimini joriy etmoqda!

O‘tish kodi: *120*2#

Limitlar qoldig‘ini tekshirish: *102#

Diqqat! Tarifga ulanishning birinchi kunida tarif bo‘yicha kunlik opsiya uchun kunlik abonent to'lovi yechilmaydi. 

So’rov yuborish uchun forma:

Xabar uzunligi - 1024 simvol.
* To‘ldirishi kerak

Tarif rejalari shartlari

Tarif rejasi Special Mini Special Mix Special Super Special X
Oylik abonent to‘lovi 25,000 so‘m 40,000 so‘m 60,000 so‘m 100,000 so‘m
Tarmoq ichidagi daqiqalar oylik limiti 1,250 daqiqa 3,000 daqiqa 3,000 daqiqa 6,000 daqiqa
Tarmoqdan tashqari daqiqalar oylik limiti 100  daqiqa 1,000  daqiqa 3,000  daqiqa 6,000  daqiqa
Oylik internet-trafik limiti 1 GB 4 GB 8 GB 18 GB
O‘zbekiston bo‘yicha SMS 500* 1000 1000 1000
*Yangi ulanganlar uchun beriladigan bir martalik bonus

Limitdan tashqari narxlanish

Limitdan tashqari narxlanish
Qo‘ng‘iroq turi 
Tarmoq ichida chiquvchi qo‘ng‘iroqlar 100 so‘m
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar 125 so‘m
Xabar turi 
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlar 120 so‘m
Chiquvchi xalqaro SMSlar 505.20 so‘m
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi MMSlar 210,50 so‘m
Chiquvchi xalqaro MMSlar 1263 so‘m
Internet, 1 MB narxi
630 so'm

 
Qo‘shimcha ma’lumot
Tarifni o'zgartirish narxi:
  • «Special Super» tarifidan «Special Mini» va «Special Mix» tariflariga muvaffaqiyatli o‘tish narxi – 2105 so‘m.
  • «Special X» tarifidan «Special Mini», «Special Mix» va «Special Super» tariflariga muvaffaqiyatli o‘tish narxi – 2105 so‘m.
  • «Special Mini», «Special Mix» tariflaridan «Special Super» tarifiga muvaffaqiyatli o‘tish narxi – bepul.
  • «Special Mini», «Special Mix» va «Special Super»  tariflaridan «Special X» tarifiga muvaffaqiyatli o‘tish narxi – bepul.
  • «Special Mix» va «Special Mini» tariflaridan muvaffaqiyatli o‘tish narxi – 2105 so‘m.
  • «Special Mini» va «Special Mix» tariflaridan muvaffaqiyatli o‘tish narxi – bepul.
  • «Special» tarif rejalari tizimidan haqi keyin to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimi (Postpaid) boshqa tarif rejalariga muvaffaqiyatli o‘tish narxi – 2105 so‘m.
Qo‘shimcha ma’lumot:
  • Special tarif rejalari faqat haqi oldindan to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimi (Prepaid) abonentlari uchun amal qiladi;
  • Tarif bo‘yicha taqdim etiluvchi daqiqa/MBlar taqvimiy jadvalga binoan bekor qilinadi;
  • Tizim kalendar oyining 1-dan to 15-kunigacha bo‘lgan muddat ichida oylik abonent to‘lovini asosiy hisobdan yechishga urinadi, 16-kunidan to oyning oxirgi kunigacha abonent to‘lovini yechishga urinish to‘xtatiladi.
  • Agar oylik abonent to‘lovini yechishga urinish paytida abonentning hisobida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, tizim quyidagi narxlar bo‘yicha kunlik abonent to‘lovini yechishga urinishni amalga oshiradi:
Tarif bo‘yicha kunlik opsiya «Special Mini» «Special Mix» «Special Super» «Special X»
Kunlik abonent to‘lovi 1100 so‘m 1800 so‘m 2800 so‘m 4500 so‘m
Tarmoq ichidagi daqiqalar limiti 35 50 - -
Tarmoqdan tashqari daqiqalar limiti - 15 - -
O'zbekiston bo’yicha daqiqalar limiti - - 100 200
Internet limiti, MB 50 100 250 500
SMSlar limiti - 15 25 25
  • Agarda abonentning asosiy hisobida kunlik abonent to‘lovini yechish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, u holda shu to‘lov miqdordagi mablag‘ bir marta yechib olinadi, bunda abonentning hisobi manfiy holatga o‘tadi va raqami bloklanadi.
  • Yangi ulanishda, birinchi kun, agar abonent xisobida oylik abonent to’lovini echish uchun mablag’ etarli bo’lmasa, kunlin abonent to’lovi ulanish kunida echilmaydi. Tizim tarif reja shartlari asosida kunlik abonent to’lovini ulanish kinidan keying kundan boshlab echishga harakat qiladi.
  • Agar mazkur tarif rejasiga oy davomida ulanilsa, abonent to‘lovi oyning oxirigacha qolgan kunlar uchun yechib olinadi, shuningdek, tarif rejasi bo‘yicha trafik ham kalendar oyining oxirigacha qolgan kunlar miqdoriga mos holda taqdim etiladi.
  • Abonent to‘lovining yechilishi hamda limitlarning belgilanishi hisob yetarli miqdorga to‘ldirilganidan keyin amalga oshiriladi.
  • Tarmoqqa ulangan, shuningdek, bloklangan holatga tushgan abonentlar dastlab raqamni faol holatga o‘tkazishlari, keyin esa hisobni abonent to‘lovining yechilishi uchun yetarli miqdorga to‘ldirishlari (hisobni ikki martalik to‘lovda to‘ldirishlari) kerak bo‘ladi. Anglashilmovchilik bo‘lmasligi uchun, hisobni to‘ldirgandan so‘ng – xizmatlardan foydalanishni boshlamay turib, avvalo daqiqalar va internet-trafik limitlarining belgilanganligini tekshirishni tavsiya etamiz. Limit belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar va internet-trafik narxlanishi limitdan tashqari ko‘rsatilgan tariflarga binoan amalga oshiriladi.
  • Shuni e‘tiborga olishingizni so‘raymizki, oylik bepul daqiqa, SMS va Internet trafik texnik shartlarga asosan soat oyning 1-kuni 00:00dan keyin belgilanadi. Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun mazkur vaqt oralig‘idagi va mazkur yo‘nalishdagi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishdan avval hisobingizdagi bepul daqiqalar, SMS va MBlar belgilanganligini tekshirib ko‘rishingizni tavsiya etamiz. Qo’ng’iroqlar, SMS va Internet-trafigi limitlari belgilanguniga qadar qo’ng’irqolar, SMS va internet asosiy balansdan tarif reja bo'yicha limitdan tashqari tariflar bo’yicha narxlanadi.
  • Tariflarga faqat amaldagi o‘z "Yuridik shaxs tashkil etmasdan (yakka tartibdagi tadbirkor) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida guvohnoma"si va Prepaid tizimidagi yuridik shaxs tashkil etmasdan (yakka tartibdagi tadbirkor) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarga tarif rejalarini ulash uchun bo‘lgan Sertifikat taqdim etilganda (Sertifikatni bu yerdan yuklab olishingiz mumkin) yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan (yakka tartibdagi tadbirkor) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarning tijorat bo’yicha hamkorlariga tarif rejalarini ulash uchun bo‘lgan Sertifikat (Sertifikatni bu yerdan yuklab olishingiz mumkin) taqdim etilganda Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish Ofislarida va Kompaniya rasmiy dilerlarida ulanish mumkin.
  • Yuridik shaxs tashkil etmasdan yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish guvohnomasining amal qilish muddati tugagan holda, mazkur tarif abonenti yangi muddatli guvohnomani 10 kun davomida taqdim etishi lozim. Aks holda Kompaniya aloqa xizmatlarini taqdim etishini to‘xtatish huquqiga ega.
  • «Special» tarif rejalari tizimidan haqi oldindan to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimi (Prepaid)  iste'molchilar segmenti tarif rejalariga va aksincha yo‘nalishda o‘tish faqat yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlar taqdim etilgan holda, Kompaniya ofislarida amalga oshiriladi. Prepaid tizimidagi korporativ tariflardan o'tish uchun *120# raqamiga USSD so'rov yuborish zarur.
  • "Daqiqalar" va "Megabaytlar" opsiyalaridan hamda Smartphone va Best tariflaridan "Special Mini", "Special Mix", "Special Super" va "Special X"  tariflariga o'tilganda bonuslar saqlab qolinadi. Quydagi holatlar bundan mustasno:
    • "Megabaytlar" opsiyasidan "Special Mini", "Special Mix", "Special Super" va "Special X" o'tilganda qolgan asosiy trafik va Telegram trafik saqlab qolinadi, tungi trafik esa kuyadi.
    • Smartphone tarifidan "Special Mini", "Special Mix", "Special Super" va "Special X" tariflariga o'tilganda qolgan asosiy trafik faqat Telegram uchun sarflanadi.
  • Bonuslardan faqat Faol holatda bo‘lgandagina foydalanish mumkin.
  • «Special» tarif rejalari tizimi ichida tarifni almashtirganda tarif rejasi bo‘yicha belgilangan bonuslar o‘zaro qo‘shiladi va bekor qilinmaydi.
  • Tarif shartlariga binoan limit doirasida taqdim etilgan daqiqalar, SMS va MBlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi;
  • «Tarmoq ichida 0» va «VIP» xizatlarini ushbu tarifda faollashtirib bo‘lmaydi.
  • Yangi ulanish va opsiyalarni almashtirish paytida tarif bo‘yicha abonent to‘lovining yechilishi hamda tarif doirasida daqiqa/MBlar limitining belgilanishi kalendar oyining oxirigacha qolgan kunlar soniga mos tarzda amalga oshiriladi. Limit belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar, SMS va Internet limitdan tashqari ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha narxlanadi;
  • Oylik abonent to‘lovi abonentning hisobida mablag‘ yetarli bo‘lishiga qarab, kalendar oyining birinchidan to o‘n beshinchi kunigacha bo‘lgan muddat ichida, to‘liq hajmda bir marta yechiladi. Kalendar oyining 15-kunidan keyin abonent to‘lovi yechilmaydi va tarif bo‘yicha limitlar belgilanmaydi;
  • Tarif doirasida daqiqa/MBlar limiti abonent to‘lovi yechilganidan keyin to‘liq hajmda belgilanadi va kalendar oyining oxiriga qadar amal qiladi. Taqdim etilgan limitlar keyingi kalendar oyiga o‘tmaydi;
  • Siz yana quydagi qo’shimcha afzallikdan foydalanish imkoniga egasiz – abonent to’lovi yechilishi va bonuslar limiti taqdim etilishi uchun tungi vaqtni kutish zarur emas.  Abonent to’lovi echilishi va bonuslar taqdim etislishi hisobni yetarli mablag’ga to’ldirish bilan amalga oshiriladi.
  • Tarmoqqa ulangan abonentlar, shuningdek bloklangan holatdagi abonentlar birinchi navbatda faol holatga o'tishlari va keyin hisobni abonent to'lovini to'lash uchun kerak bo'lgan summani to'ldirishlari kerak (hisobni ikki to'lov bilan to'ldirish).
    • Anglashilmovchiliklarning oldini olish uchun, bepul limitdan foydalanishdan avval daqiqa va Internet-trafik limitining belgilanganligini tekshirib ko‘rishni tavsiya etamiz.
    • Limit belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar va Internet limitdan tashqari ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha narxlanadi;
  • Ushbu tarifga Prepaid tizimidagi barcha tariflardan amaldagi o‘z "Yuridik shaxs tashkil etmasdan (yakka tartibdagi tadbirkor) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida guvohnoma"sini taqdim etgan holda, faqat Kompaniya ofislarida o‘tish mumkin;
  • Ushbu tarifdan mumkin bo‘lgan boshqa tariflarga o‘tish faqat Kompaniya ofislarida amalga oshiriladi;
  • Tarif shartlariga binoan limit doirasida taqdim etilgan daqiqalar CONTENT xizmatlariga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi;
  • Tarif shartlariga binoan limit doirasida taqdim etilgan daqiqalar, SMS va MBlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi;
  • Abonent raqami hisobda mablag’ 0ga etganida, yoki abonent 30 kun davomida pullik xizmatlardan foydalanmaganida bloklanadi. Abonent raqamining maksimal bloklanish muddati 90 kun.
  • Abonent hisob raqamining "Mobil avans" va "Mobil o'tkazma" hizmatlari, hamda hisobni korrektirovkalash orqali to‘ldirilishi abonent hisobini to‘ldirilishi sifatida qabul qilinmaydi.
  • Agar yangi abonent ulanish/ tarif o’zgartirish paytida joriy oyning oxirigacha qolgan kunlar uchun taqsimlangan oylik abonent to‘lovini to‘lamasa, u holda keyingi oyning boshida hisobini  oylik abonent to’lovini to’lashga etarli  mablag’ga xisobni to‘ldirganida dastlab o‘tgan oy uchun taqsimlangan oylik abonent to‘lovi echilib, mos ravishda tarif bo’yicha limitlar belgilanib, keyin esa yangi oy uchun to‘liq  oylik abonent to‘lovi yechib olinadi va tarif bo’yicha oylik limitlar taqdim etiladi(agarda oldingi oy uchun kunlik abonent to’lovi echilgan bo’sa ham). Bunda oylik limitlar o‘zaro qo‘shiladi va ularning amal qilish muddati tarif rejasi doirasida so‘nggi belgilangan limitning amal qilish muddatiga teng bo‘ladi. Mazkur funksiya ulanish kunidan so’ng keluvchi yangi oy boshidan 16 kun o‘tganidan so‘ng amal qilmaydi. Bunda 16chi kuni  tizim oylik abonent to’lovini echish uchun xarakatni faqat soat 08:00gacha amalga oshiradi.
Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.