Korporatsiyalarga
Korporativ tariflar
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun
"Smartfon" tarif rejalari tizimi!

"Smartfon" tarif rejalari tizimi!

O‘z smartfoningizni tanlang!

Endi o‘z biznesingizni Internet muhitida bemalol rivojlantirishingiz va trafik limitining tugab qolishidan xavotirlanmasligingiz ham mumkin. Chunki limitdan tashqari 1 MB narxi atigi $0.025, bu esa boshqa tariflardagidan 4 barobarga arzon degani!

"Smartfon" tarif rejalari bu:

  • Internet-trafik va daqiqalarning qulay jamlanmasi;
  • Qulay narxda 1,5 Gb dan 3 Gb gacha Internet trafikni tanlash imkoniyati;
  • Limitdan tashqari Internet, O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar, MMS va SMS uchun qulay narx – $0.025.

Qoldiqlarni USSD-so‘rov bo‘yicha tekshirish – *102#

Tarif rejalari tizimi ichida o‘zgartirish: *255#

So’rov yuborish uchun forma:

Xabar uzunligi - 1024 simvol.
* to’ldirilishi kerak

Tarif tejalari tizimi
"Smartfon" tarif rejalari
Smartfon
 S
Smartfon
M
Smartfon
L
Oylik abonent to‘lovi
$9.99
$13.99
$16.99
Mahalliy daqiqalar (jumladan, tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar) limiti, oyiga
200
400
600
Tarmoq ichidagi daqiqalar limiti, oyiga* 1000 2000 3000
Oylik Internet-trafik limiti, MB
1.5 GB
2 GB
3 GB
Limitdan tashqari Internet hamda O‘zbekiston bo‘yicha barcha yo‘nalishlarga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar, SMS va MMS narxi**
$0.025
$0.025
$0.025

Tarif shartlariga binoan, abonent to‘lovining yechilishi va bonuslar taqdim etilishi kalendar oyining 1-dan 15-kunigacha bo‘lgan davrda amalga oshiriladi.

*Tarmoq ichidagi daqiqalar “Yanada ko’p suxbat” aksiyasi boyicha taqdim etiladi.

To‘lanmagan holda

**Abonent to‘lovi joriy oy mobaynida to‘lanmagan holatda, tariflar doirasida limitlar belgilanmaydi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar, SMS, MMS va Internet sessiyalari quyidagi shartlar bilan narxlanadi:

Qo‘ng‘iroq turi
1 daqiqa efir vaqti narxi
Barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar
$0.00
Tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar
$0.04
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar
$0.04
Xabar turi
Bitta xabar narxi
Tarmoq ichidagi chiquvchi SMSlar
$0.05
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlar
$0.05
Xalqaro chiquvchi SMSlar
$0.12
Tarmoq ichidagi chiquvchi MMSlar
$0.05
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi MMSlar
$0.05
Xalqaro chiquvchi MMSlar
$0.30
Internet
1 MB narxi
Ucell Internet
$0.12

Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan

Ma'lumot
Tarif doirasida taqdim etilgan limitlar (daqiqa/MBlar) qoldig’ini tekshirish: *102#.

"Smartfon" tarif rejalari tizimi ichida tarifni almashtirish *255# USSD-so‘rovi yordamida amalga oshiriladi.
  • "Smartfon" tarif rejalari faqat haqi oldindan to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimi abonentlari uchun amal qiladi;
  • Kompaniya dilerlarida ulanishda, avtomatik tarzda "Smartfon S" tarifi taqdim etiladi, Smarfon M/L tariflariga o‘tish uchun abonent *255# USSD-buyrug‘ini terishi lozim, o‘tish narxi – $0, tarifni almashtirish uchun hisobda kamida  yangidan tanlangan tarifning abonent to‘loviga teng miqdorda mablag‘ bo‘lishi lozim;
  • "Smartfon" tarif rejalari tizimiga o‘tish uchun "Best" va "Special" tarif rejalari abonentlari *255# USSD-buyrug‘ini terishi lozim, o‘tish narxi – $0, tarifni almashtirish uchun hisobda kamida  yangidan tanlangan tarifning abonent to‘loviga teng miqdorda mablag‘ bo‘lishi lozim;
  • "Best" va "Special" tarif rejalariga o‘tish uchun "Smartfon" tarif rejalari tizimi abonentlari *120# USSD-buyrug‘ini terishi lozim, o‘tish narxi – $0.50, tarifni almashtirish uchun hisobda kamida  yangidan tanlangan tarifning abonent to‘loviga teng miqdorda mablag‘ bo‘lishi lozim;
  • Oylik abonent to‘lovi abonentning hisobida mablag‘ yetarli bo‘lgan holda, taqvimiy oyining birinchidan to o‘n beshinchi kunigacha bo‘lgan muddat ichida, to‘liq hajmda bir marta yechiladi. Taqvimiy oyining 15-kunidan keyin abonent to‘lovi yechilmaydi va tarif bo‘yicha limitlar belgilanmaydi;
  • Yangi ulanish paytida tarif bo‘yicha abonent to‘lovining yechilishi hamda tarif doirasida daqiqa va MBlar limitining belgilanishi kalendar oyining oxirigacha qolgan kunlar soniga mos tarzda amalga oshiriladi. Abonent to‘lovi yechilguniga qadar amalga oshirilgan qo‘ng‘iroqlar va foydalanilgan Internet limitdan tashqari ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha narxlanadi. Anglashilmovchiliklarning oldini olish uchun, belgilangan limitdan foydalanishdan avval daqiqa va Internet-trafik limitining belgilanganligini tekshirib ko‘rishni tavsiya etamiz.
  • Tarif shartlariga ko‘ra, kalendar oyining birinchi kunida abonent to‘lovining yechilishi, daqiqa va MBlar limitining belgilanishi tungi soat 00:00 dan to 06:00 gacha, hisobda mablag‘ yetarli bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. Anglashilmovchiliklarning oldini olish uchun, belgilangan limitdan foydalanishdan avval daqiqa va Internet-trafik limitining belgilanganligini tekshirib ko‘rishni tavsiya etamiz.
  • Taqvimiy oyining 2-dan 15-kunigacha oylik abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi faol holatda, hisobni yetarli miqdorga to‘ldirilgan holda amalga oshiriladi. Bloklangan (minus) holatdagi abonentlar avval faol holatga o‘tib, keyin hisobni abonent to‘lovi yechish uchun yetarli miqdorga to‘ldirishlari zarur.
  • Tariflar doirasida taqdim etilgan MBlar faollashtirilgan oyning birinchi kunidan boshlab 35 kun mobaynida amal qiladi, keyin MBlar qoldig‘i jadvalga binoan bekor qilinadi.
  • Taqdim etilgan daqiqalar oyning oxirigacha amal qiladi va taqvimiy jadvalga binoan bekor qilinadi.
  • Oylik abonent to‘lovi hisobdan yechilishining imkoni bo‘lmagan hollarda daqiqalar va MBlar oylik limiti taqdim etilmaydi va bu xizmatlar limitdan tashqari ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha narxlanadi;
  • Ushbu tarifga Prepaid tizimidagi barcha tariflardan amaldagi o‘z "Yuridik shaxs tashkil etmasdan (yakka tartibdagi tadbirkor) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida guvohnoma"sini taqdim etgan holda, faqat Kompaniya ofislarida o‘tish mumkin;
  • Tarif shartlariga binoan limit doirasida taqdim etilgan daqiqalar CONTENT xizmatlariga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi;
  • Tarif shartlariga binoan limit doirasida taqdim etilgan daqiqa va MBlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi;
  • Yuridik shaxs tashkil etmasdan yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish guvohnomasining amal qilish muddati tugagan holda, abonent yangi muddatli guvohnomani 7 kun davomida taqdim etishi lozim. Aks holda Kompaniya aloqa xizmatlarini taqdim etishini to‘xtatish yoki tarif rejasini iste’molchilar segmentining boshqa bir tarifiga o‘zgartirish huquqiga ega;
  • "Smartfon" tarif rejalarida "Tarmoq ichida 0", "Maksimal Internet", "Internet Mega BOOM" va "VIP" xizmatlari amal qilmaydi.
  • "Smartfon" tarif rejalari ichida tarifni almashtirilganda O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi daqiqalar / MBlar saqlanadi;
Tarifga faqat amaldagi o‘z "Yuridik shaxs tashkil etmasdan (yakka tartibdagi tadbirkor) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida guvohnoma"si va Prepaid tizimidagi yuridik shaxs tashkil etmasdan (yakka tartibdagi tadbirkor) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarga tarif rejalarini ulash uchun bo‘lgan Sertifikat taqdim etilganda Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish Ofislarida va Kompaniya rasmiy dilerlarida ulanish mumkin. Sertifikatni bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.
  •  Yangi ulanishda bonus daqiqalar ulanish paytidan joriy taqvimiy oyining oxirigacha qolgan kunlarga mos holda taqdim etiladi;
  • Mavjud abonentlarga tarmoq ichidagi bonus daqiqalar 2017-yilning 1-fevralidan boshlab har oy taqdim etiladi;
  • “Yanada ko‘p suxbat” aksiyasiga ko‘ra tarmoq ichidagi bonus daqiqalarning taqdim etilishi, xuddi «Smartfon» korporativ tarif rejalari tizimi bo‘yicha oylik bonuslarning taqdim etilishi kabi, faqat abonent to‘lovi yechilganidagina amalga oshiriladi;
  • Aksiyaga ko‘ra tarmoq ichidagi bonus daqiqalar taqdim etilganida, dastlab “Smartfon” korporativ tarif rejalari tizimi shartlariga ko‘ra taqdim etilgan mahalliy daqiqalar, keyin –aksiya bo‘yicha taqdim etilgan tarmoq ichidagi daqiqalar sarflanadi;
  • Aksiya bo’yicha taqdim etilgan tarmoq ichidagi bonus daqiqalar faqat abonentlar faol holatda bo‘lganidagina amal qiladi;
  • Tarif rejasi almashtirilganida, aksiya bo’yicha taqdim etilgan tarmoq ichidagi bonus daqiqalar boshqa tarifga o‘tish amalga oshirilgan taqvimiy oyining oxirigacha bo‘lgan muddatga qadar saqlanib qoladi;
  • Taqdim etilgan tarmoq ichidagi bonusli daqiqalarni *102# USSD-so’rovi orqali tekshirish mumkin;
  • Aksiya 03.01.2018 sanasigacha amal qiladi.
Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.

Murojaat qoldirish

Taklif, murojaat yoki shikoyatingizni qoldiring

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!