Korporatsiyalarga
Korporativ tariflar
Katta biznes uchun
"SMART Business" korporativ tarif rejalari

"SMART Business" korporativ tarif rejalari

Aniq biznes hisob-kitobi!

Afzalliklari:

 Kattadan kichikkacha – har xil narx va hajmli 6 ta tarif rejasi;

 Daqiqalar, SMS va MMS trafigining eng maqbul uyg‘unligi;

 3 GB hajmlgacha Internet-to‘plamlar uchun imtiyozli narxlar;

 Bepul xizmatlar.

Limitlar qoldig‘ini tekshirish uchun - *100#

So’rov yuborish uchun forma:

Xabar uzunligi - 1024 simvol.
* To‘ldirishi kerak

SMART Business XS S M L XL VIP
Abonent to‘lovi, bir oyga 27 000 36 000 57 000 75 000 96 000 117 000
Bir oyda O‘zbekiston bo‘yicha
efir vaqti limiti
1000 2000 3000 5 000 10 000 30 000
Bir oyda O‘zbekiston bo‘yicha
SMS limiti
100 500 1000 5 000 10 000 30 000
9000 so'mga Internet-trafik 1,5 GB 2 GB 2 GB 2 GB 4 GB 5 GB
15000 so'mga Internet-trafik 3 GB 4 GB 4 GB 4 GB 8 GB 10 GB

Tungi trafik tungi soat 00:00 dan tonggi soat 08:00 gacha amal qiladi.

"Ko‘proq internet" aksiyasi
*“Ko‘proq internet” aksiyasi 04.07.2018y.dan boshlab amal qilmaydi

Bilish muhim! Aksiya doirasida taqdim etilgan bonuslar jamlanmaydi va joriy oy mobaynida yangi to‘plam belgilanganida, to‘plamning o‘zi yoki muddatini avtomatik uzaytirish funksiyasi o‘chirilganida bonusli GBlar nolga teng bo‘ladi.
Agar bir vaqtning ozida ham “Smart Business” tarifi internet-to‘plamlari, ham “Gigamaniya” internet to’lamlari yoqilganda, aksiya doirasida bonus GBlar qo’shilmaydi va eng ohirgi ulangan to’plam bo’yicha “Koproq internet” aksiyasi doirasida internet trafik taqdim etiladi.

Gigamaniya va Smart Business internet to’plamlari bir vaqtning o’zida aktiv holatda bo’lsa, ulardan biri o’chirilganda, “Ko’proq internet” aksiyasi doirasida taqdim etilgan barcha bonusli GBlar nolga teng bo‘ladi.

Smart Business tariff rejalari amaldagi abonentlariga terif rejalarning yangilangan shartlari bo’yicha bonuslar yangi oyning boshida abonent to’lov yechilgandan so’ng taqdim etiladi.
 
Limitdan tashqari narxlanish
Qo‘ng‘iroq turi
1 daqiqa efir vaqti narxi
Korporativ guruh ichida chiquvchi qo‘ng‘iroqlar
0 so'm
Tarmoq ichida chiquvchi qo‘ng‘iroqlar
84.20 so'm
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar
126.30so'm
"Birlashgan shartnoma" xizmati doirasidagi raqamlarga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar
84.20 so'm
Xabar turi
1 xabar narxi
Korporativ guruh ichida chiquvchi SMS
0 so'm
Tarmoq ichida chiquvchi SMS
42.10 so'm
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS
84.20 so'm
Xalqaro chiquvchi SMS
421 so'm
Korporativ guruh ichida chiquvchi MMS
0 so'm
Tarmoq ichida chiquvchi MMS
84.20 so'm
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi MMS
210.50 so'm
Xalqaro chiqish MMS
1263 so'm
Internet
1 MB narxi
Ucell Internet (2G/3G/4G)
421 so'm
Qo‘shimcha ma’lumot
  • Faqat postpaid abonentlar "SMART Business" tarif rejalariga ulanishi mumkin;
  • Yuridik shaxslar "Smart Business" tariflar to’plamiga o‘tish uchun oyning 25-chi sanasidan oyning so‘nggi sanasiga qadar Ucellning  Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga yozma ariza bilan murojaat etish kerak.
  • Tarif rejasini o‘zgartirish uchun Siz ariza formasini to‘ldirib Ucellning Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga murojaat qilishingiz lozim.
  • "Special 100", "Special 300", "Unlimited", "Easy" va "Fact Plus" tarif rejalarining "Corporate VIP", "Businessman", "Individual" toifalaridagi abonentlar *505# USSD-buyrug‘ini terib, "Smart Business" korporativ tariflar tizimiga o‘tishlari mumkin
  • "SMART Business" tarif rejalariga ulanayotganda, Internet-to‘plamni faollashtirish yoki faollashtirmaslik mumkin;
  • Mavjud korporativ tarif rejalardan L, M, S va XS tarif rejalariga o‘tish imkoniyati mavjud emas. Bu tariflarga faqatgina yangi ulanishda o‘tish mumkin;
  • "SMART Business" tariflari orasida, bir-biriga o‘tish chegaralanmagan;
  • Mavjud bo‘lgan korporativ tarif rejalardan faqat "SMART Business VIP" va "SMART Business XL" tarif  rejalariga o‘tish mumkin;
  • "SMART Business" tarif rejalaridan boshqa mavjud bo‘lgan korporativ tarif rejalarga o‘tgan taqdirda yoki ulangandan so‘ng 12 oy o‘tmasdan, shartnoma bekor qilinsa, "SMART Business" tarif rejasiga ulanganda, mijoz imtiyozli xarid qilgan "Chiroyli raqam" qiymatinining to‘liq narxini to‘lashi kerak bo‘ladi;
  • "SMART Business" tarif rejalari orasida, qiymati yuqori bo‘lgan tarifdan, (ulangan sanadan boshlab 12 oy o‘tmasdan) narxi kichikroq tarifga o‘tgan taqdirda, mijoz imtiyozli xarid qilingan raqamning to‘liq qiymatini to‘lashi kerak bo‘ladi;
  • "SMART Business" tarif rejalaridan, faqat "Fact Plus", "Unlimited" va "SMART Plan" tarif rejalariga o‘tish mumkin;
  • Daqiqalar, SMS, MB va MMS har oyning oxirgi sanasida bekor qilinadi;
  • "SMART Business" tarif rejalarida "Birlashgan shartnoma" xizmati amal qiladi;
  • "SMART Business" tarif rejalariga, oy davomida ulangan taqdirda, abonent to‘lovi, shu oyda qolgan kunlar uchun olinadi va bonuslar ham qoldiq kunlarga ko‘ra taqdim etiladi;
  • Tarif miqyosida bonuslar, oyning 1-sanasida taqdim etiladi;
  • Abonent blok holatida bo‘lgan taqdirda, oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va bonuslar taqdim etilmaydi. Blok holatdan aktiv holatga o‘tganda, keyingi kuni oyda qolgan kunlar soniga qarab, oylik abonent to‘lovi yechiladi va bonuslar taqdim etiladi. Abonent holatini tekshirish, 30 kun davomida amalga oshiriladi (abonent to‘lovi yechilgunga qadar);
  • Agar balansdagi mablag‘ oylik abonent to‘lovini to‘lash uchun yetarli bo‘lmasa, oylik abonent to‘lovi to‘liqligicha yechiladi va bonuslar taqdim etiladi. Abonentning balansi qarzga kirishi mumkin;
  • MChJ QK "Coscom" tomonidan ishlab chiqilgan tarif rejalar mijozlar tomonidan oqilona foydalanish uchun yaratilgan. Kompaniyaning xizmatidan foydalanayotgan mijozlar, tarif rejalarni shlyuzlar, IP-telefoniya va Kompaniyaning qurilmalariga moddiy zarar keltirishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlar uchun ishlatmaslikni o‘z zimmasiga oladilar;
  • Internet to’plamlar narxi chegirmasiz 21050 so'm tashkil etadi, to’plamni yoqtirish uchun hisobda 21050 so'mdan kam bo’lmagan mablag’ bo’lishi lozim;
  • Ucell Internet xizmatidan foydalanishda narxlanadigan ma’lumotning dastlabki kvotasi – 128 Kb. Keyingi kvota xajmi esa – 64 Kb.
  • Shuni e‘tiborga olishingizni so‘raymizki, oylik bepul daqiqa, SMS va Internet trafik texnik shartlarga asosan soat oyning 1-kuni 00:00dan keyin belgilanadi. Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun mazkur vaqt oralig‘idagi va mazkur yo‘nalishdagi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishdan avval hisobingizdagi bepul daqiqalar, SMS va MBlar belgilanganligini tekshirib ko‘rishingizni tavsiya etamiz.
  • Qo’ng’iroqlar, SMS va Internet-trafigi limitlari belgilanguniga qadar qo’ng’irqolar, SMS va internet asosiy balansdan tarif reja bo'yicha limitdan tashqari tariflar bo’yicha narxlanadi.
  • Tarif bo‘yicha taqdim etiladigan bonuslar faqat aktiv holatda amal qiladi.
  • Agar 8420 so'mga tarmoq ichida daqiqalar to’plami faollashtirilsa, oldin tarif reja bo’yicha daqiqalar, keyin to’plam bo’yicha daqiqalar sarflanadi.

Kompaniyaning xizmatidan foydalanuvchi abonentlarning majburiyatlari:

        -       MChJ QK "Coscom" ga zarar keltiruvchi holatlarni yuzaga keltirmaslik;
        -       Berilgan imkoniyatlardan foydalangan holda, zarar keltirmaslik;
        -       Kompaniyaning xizmatlaridan boshqa maqsadlarda foydalanmaslik;

Agar yuqorida sanab o‘tilgan  vaziyatlar yuzaga kelsa, MChJ QK "Coscom" shartnomani bir tomonlama bekor qilishi yoki abonentning tarif rejasini o‘zgartirishi mumkin.

Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan. 
Tarifga o‘tish uchun oyning 25-sanasidan, oyning so‘nggi sanasiga qadar Ucellning  Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga yozma ariza bilan murojaat etish kerak.

Tarif rejasini o‘zgartirish uchun Siz ariza formasini to‘ldirib Ucellning Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga murojaat qilishingiz lozim.

Bank o‘tkazmalari summasi Mijozning asosiy hisobiga qabul qilingan holda o‘tkazilgan hisoblanadi. Pul miqdori Mijozning asosiy hisobiga dushanba kunidan juma kunigacha soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.

Abonent raqamining maksimal bloklanish muddati 90 kun.

Agar Sizda savollar paydo bo‘lgan bo‘lsa, Siz ularga javobni FAQ bo‘limida ko‘rishingiz mumkin. Agar Sizni qiziqatiryotgan savolni ro‘yxatdan topmagan bo‘lsangiz, bizga 8111 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling (faqat Ucell mijozlariga, (+998 93) 382-09-09, 184-09-00 yoki corporate@ucell.uz maniziliga yozing. Bizning faks: (+998 71) 252-10-00.

Korporativ Mijozlarimiz qatorida Sizni ko‘rishdan benihoyat xursand bo‘lamiz!


Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.