Sog’liqni saqlash boshqaruvining yuqori baholanishi
21AVG2019

Sog’liqni saqlash boshqaruvining yuqori baholanishi



Yozning boshida MChJ “COSCOM” (“Ucell” savdo belgisi) OHSAS 18001:2007 xalqaro standart (sog’liqni saqlash va mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi) talablariga muvofiq kelishi bo’yicha nazorat auditidan katta muvaffaqiyat bilan o’tdi.   
Shu kunlarda Kompaniya OHSAS xalqaro standartlariga muvofiqlik haqidagi xalqaro sertifikatini hamda O’z DSt OHSAS 18001:2011 da o’rnatilgan milliy standart talablariga muvofiqlik sertifikatini oldi.  
 
Nazorat auditi mustaqil ekspertiza, nazorat, sinovlar hamda sertifikatlash sohasida dunyo bo’yicha yetakchi hisoblangan Shveytsariyaning SGS S.A. (Société Générale de Surveillance) kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Auditorlarning xulosasi bo’yicha Kompaniyaning sog’liqni saqlash va mehnat xavfsizligini boshqarish tizimida jiddiy muvofiqsizliklar aniqlanmadi.
OHSAS 18001:2007 muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati 2021 yil 21 martgacha uzaytirildi.
“O’zstandart” Agentligining davlat reestrida ro’yxatdan o’tgan O’z DSt OHSAS 18001:2011 da belgilangan talablarga milliy standartning muvofiqlik sertifikati 2023 yil 22 iyulgacha uzaytirildi.

 Shavkat Rajabaliyev, mehnat va texnik xavfsizlik muhandisi:
– Shuni ta’kidlashni istardimki, “Ucell” Kompaniyasi sog’liqni saqlash va mehnat xavfsizligini boshqarish tizimini ishlab chiqgan, joriy etgan va sertifikatlashtirgan hamda OHSAS 18001: 2007 xalqaro sertifikatiga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya sektoridagi hozircha birinchi va yagona kompaniyadir. Tizim birinchi marta 2015 yil iyun oyida joriy etilgan. O’sha vaqtda biz tashqi sertifikatlash auditidan o’tdik va uch yillik muddatga OHSAS 18001:2007 xalqaro standartlariga muvofiqlik bo’yicha xalqaro sertifikatini qo’lga kiritdik. Ushbu OHSAS standartiga muvofiq OHSAS standart talablariga muvofiqlik bo’yicha nazorat auditi har yili o’tkaziladi.

Xavfsizlik standartlariga va mehnat xavfsizligi shartlariga muvofiq bo’lish istagiga bo’lgan diqqat Kompaniyaning rivojlanishiga yordam beradi, vaqtida xavfli ishlab chiqish bilan bog’liq hodisalarni aniqlash va ularni bekor qilish, xodimlar hayoti va mehnat xavfsizligi bilan bog’liq xavflarni yo’q qilishga yordam beradi. Joriy etilgan sog’liqni saqlash va mehnat xavfsizligini ta’minlash tizimini doimiy ravishda takomillashtirish, xalqaro va milliy standartlar talabini bajarish hamda biznes jarayonlarini takomillashtirish Kompaniya faoliyatida har doim ustuvor yo’nalishlari bo’lib qoladi.




             





             

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.