Kompaniya haqida

Tarixdan

"COSCOM" MChJ XK 1996 yil aprel oyida MCT Telecom Corp(99.2%) hamda mahalliy hamkor orasidagi (0.8%) Qo‘shma Korxona tarzida tashkil etilgan.

Zamonaviy uyali aloqa tizimini GSM 900 ⁄ 1800 standarti bo‘yicha rivojlantirish, korxonaning asosiy faoliyati yo‘nalashidir. Ilk tarmoq Samarqand shahrida ishga tushirilib, keyinchalik butun mamlakatni qamrab oldi.

1997 yildan boshlab "COSCOM" MChJ XK Xalqaro GSM Assotsiatsiyasi a‘zosi hamda 1998 ylidan esa Rossiya GSM Assotsiatsiyasi a‘zosi bo‘lib kelmoqda.

"COSCOM" kompaniyasi o‘z mijozlari uchun1998 yil O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Xalqaro Avtomatik Rouming xizmatini ishga tushirdi. 2002 yil Thuraya sputnik operatori bilan kelishuv imzolanib, unga ko‘ra kompaniya abonentlari dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida tarmoqli qatlamga ega rouming-tizimidan foydalanishlari mumkin. 2004 yil esa kompaniya yana birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonda Prepaid tizimini ishga tushirib, ISO 9001-2000 sertifikatiga ega bo‘ldi.

Bugun

2007 yil iyul oyida TeliaSonera shved-finn Kompaniyasi "COSCOM" MChJ XK ning asosiy aktsioneriga aylandi. O‘z navbatida bu kompaniya telekommunikatsiyalar bozorida yetakchi yevropa o‘yinchilaridan hisoblanadi.

TeliaSonera Kompaniyasi 1993 yil GSM texnologiyalarini ochish ishtirokchilaridan biri bo‘lib sanaladi. Bu ochiq turdagi, ya‘ni 700000 ta aktsionerni va 28000 ta ishchini o‘z ichiga olgan kompaniya hisoblanadi. TeliaSonera kompaniyasi dunyoning 18 ta mamlakatida o‘z faoliyatini yuritadi.

2008 yil "COSCOM" MChJ XK radio-kommutatsion uskunalarini zamonaviylashtirish rejalarini amalga oshirishga, 3G tizimini ishga tushirishga, o‘z abonentlari uchun yangi, zamonaviy xizmat turlarini taqdim etishga qo‘l urdi. Kompaniya abonentlari uchun yangi takliflarni taqdim etishga, O‘zbekistonning chekka hududlari aholisi ham kompaniya xizmatlaridan bemalol foydalanishlari uchun tarmoqni kengaytirish ishlariga alohida e‘tibor ko‘satilmoqda.

"Ucell" – "COSCOM" MChJ XKning savdo belgisi.

“COSCOM” MCHJ shaklidagi xorijiy kompaniyasi 2008 yilning iyun oyidan boshlab “Ucell” savdo belgisi ostida o‘z xizmat turlarini taqdim qilishni boshladi.
2007 yilning iyul oyida Ucell TeliaSonera  shved-fin guruh kompaniyasining bir bo‘lagi bo‘lib, O‘zbekiston telekommunikatsiya bozorida novator rolida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. O‘zbekistonda birinchi bo‘lib 3G xizmatini tadbiq qilib, hozirda bu xizmat turini egallash maydoni bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallashga intilmoqda. Ucell, shuningdek to‘rtinchi avlod tarmog‘ining litsenziyasini oldi va O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib 4G tarmog‘ini tadbiq qildi.

2011 yilning mart oyiga kelib kompaniya mijozlarining soni sakkiz milliondan ortdi  (O‘zbekiston Respublikasining mobil aloqa abonentlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonunga muvofiq).

Ucell TeliaSoneraning bir qismi hisoblanadi. TeliaSonera kompaniyasi Skandinav va Boltiq bo‘yi davlatlariga, shuningdek Yevroosiyoning rivojlanayotgan bozoridagi Rossiya, Turkiya va Ispaniyada o‘z xizmat turlarini taqdim etib kelmoqda. TeliaSonera hozirda 460 million aholisiga ega yigirma davlat bozorida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 2012 yilning birinchi choragi bo‘yicha mijozlarning soni deyarli 200 millionga yetdi.

Yevroosiyoning rivojlanayotgan bozorlarida TeliaSonera quyidagi davlatlarda o‘zining katta aktivlariga ega. Bular Qozog‘iston (Kcell), Ozarbayjon (Azercell), Gruziya (Geocell), Moldova (Moldcell), Tojikiston (Tcell), O‘zbekiston (Ucell) va Nepal (Ncell). Shuningdek TeliaSonera Rossiyada MegaFon va Turkiyada Turkcell kompaniyalarida kichik sondagi aktivlariga ega.
2011 yilning 16 iyunidan boshlab Shimoliy Yevropa va Yevroosiyoda faoliyat ko‘rsatayotgan TeliaSoneraning sho‘’ba korxonalari bilan bir qatorda yagona brend ostida o‘z abonentlariga keng miqyosda xizmat turlarini taqdim etib, Yevropadagi eng yirik operlatorlaridan birining tajribasi va texnik innovatsiyalarini tadbiq qilib kelmoqda.

Ali Agan, Ucell Bosh direktori, 2012 yil 3 sentabrdan bu lavozimga tayinlandi.

Ali Agan 1995 yil, Ankara Universitetining (Turkiya) Politexnika fakultetini tamomlab, Iqtisodchi darajasini oldi. Shuningdek u Kanadaning Toronto shahrida mutaxassislarni sertifikatlashtirish dasturini o’tab, AQShning Baltimor Universitetida Moliya yo’nalishida taxsil olib, Magistr darajasini olgan.

Ali Agan xalqaro tajribaga ega bo’lib, bir qator kompaniyalada moliyaviy yo’nalishda faoliyat ko’rsatgan. 1997-2000 yil oralig’ida НАС AEGON Group kompaniyasi sotuvlar bo’lib direktori bo’lib ishlagan. Shuningdek MEP İleşitim Company tashkilotida bosh direktori lavozimini egallagan, bir qatorda 16 turli kompaniyalarning direktorlar kengashi a’zosi bo’lgan.

2008 yil may oyidan Ali Agan Azercell vitse-prezidenti, 2009 yil yanvar oyidan boshlab ushbu korxonaning Prezidenti lavozimiga tayinlangan. Ma’lumki Azercell ham TeliaSonera guruhining Ozarbayjondagi sho’basi hisoblanadi. Ali Agan oilali, 2 qizi bor. Futbol shinavandasi va nafis san’at asarlariga qiziqadi.



0
Like