Kompaniya haqida
Karyera

Karyera

Ucell O‘zbekiston Respublikasida yetakchi uyali aloqa kompaniyalaridan biri hamda ijtimoiy va iqtisodiy tuzilmaning bir qismidir. Mamlakatning turli makonlaridagi millionlab insonlar va horijdan kelgan mehmonlar Ucell kompaniyasini muloqot qilish, xabarlar yuborish va axborot almashinish kabi xizmatlardan foydalanish uchun tanlaydilar. Biz insonlar va kompaniyalar oddiy va samarali tarzda doimo aloqada bo‘lishlari, hayotlari yanada boyroq bo‘lishi uchun turli xizmatlarni taklif etamiz.

Dunyodagi eng katta telekommunikatsion kompaniyalardan biri bo‘lmish Telia Company guruhi a’zosi sifatida, Ucell xalqaro ish muhitida, kasbiy mahoratni o‘stirish imkoniyati, yuqori ahloqiy me’yorlar asosidagi qiziqarli va innovatsion ishni taklif etadi.

Bo‘sh ish o‘rni
Bo‘sh ish o‘rni

Hurmatli nomzod!

"Ucellda bo‘sh ish o‘rinlar" web-sayt sahifasiga xush kelibsiz!

Kompaniyamizda ochilgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan qiziqganingiz uchun tashakkur izhor etamiz. Shaxsiy rezyumeingizni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibiga e‘tibor berishingizni so‘raymiz.

Ro‘yxatdan o‘tishdan oldin diqqat bilan qadam-baqadam arizani to‘ldirish yo‘l –yo‘riqlari bilan tanishib chiqishingizni so‘raymiz. Bu bilan siz vaqtingizdan unumli foydalanib, barcha biz ko‘rib chiqadigan zarur ma‘lumotlarni to‘g‘ri taqdim qilishingiz mumkin.

Arizani to’ldirish uchun qo’llanmasini yuklab olish

Ish o‘rinlari

Xodimlar Bo’limining mutaxassisiga savol

Muvaffaqiyat tarixi
Shahnoza Hotamkulova

Meni Kompaniyaning eng sodiq xodimlaridan biri, deyish mumkin, chunki mening mehnat faoliyatim aynan shu yerda, «COSCOM» MChJ XKda boshlangan hamda shu o‘tgan davr mobaynida men ulkan tajriba va bilimlarni egallashga erishdim.

Davomi...
Fayzullo Qo‘ng‘urov

Kompaniyadagi ish faoliyatimni men unga asos solinishi bilanoq – Samarqandda birinchi GSM-kommutator o‘rnatilishi haqida qaror qabul qilinganidanoq boshlaganman. Bungacha men Samarqand davlat universiteti qoshidagi yadro-fizika laboratoriyasida ishlaganman; u yerga esa Moskvadagi I.V. Kurchatov nomidagi “Atom energiyasi” institutida aspiranturani tugatib, Minskdagi Belorussiya davlat universitetida fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyamni himoya qilgach kelgan edim.

Davomi...
Ucellda amaliyot o‘tish

Hurmatli talabalar!

Agar Siz bakalavriatning 3- yoki 4-bosqichida tahsil olayotgan bo‘lsangiz, buning ustiga, g‘ayratli va intiluvchan, hayotda muvaffaqiyatlarga erishishni ko‘zlovchi bo‘lsangiz, Ucell uyali aloqa operatori Sizni amaliyot o‘tash uchun saralashda ishtirok etishga chaqiradi.
Sizda o‘z kasb yo‘lingizni O‘zbekiston mehnat bozorida eng mas’uliyatli va ishonchli ish beruvchilardan bo‘lgan hamda yosh mutaxassislarni qayg‘uradigan ilg‘or xalqaro Kompaniyada boshlashdek betakror imkoniyat mavjud.
Ucellda amaliyot o‘tash – karyerangizning muvaffaqiyatli boshlanishi garovidir!

  • Siz nimalarga ega bo‘lasiz:
    • Xalqaro Kompaniyada ish tashkil etilishi haqida amaliy bilimlar;
    • Haqiqiy biznes-loyihalar ustida ishlash bo‘yicha betakror tajriba;
    • Amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlash natijalariga ko‘ra tavsiyanoma;
    • O‘qishni tugatgach Ucell jamoasining bir qismiga aylanish imkoniyati.
  • Amaliyot uchun saralash quyidagi Departamentlarda o‘tkaziladi:
    1. Departament: Moliya departamenti. Umumiy hisobga olish seksiyasi.
    Amaliyotchining vazifalari: Hujjatlarni arxivga topshirishga tayyorlash jarayonida ishtirok etish.

    Talablar:
    Iqtisodiyot yo‘nalishidagi 3 va 4-bosqich bakalavriat talabalari;
    Til bilishi: rus tili – yaxshi bilish, o‘zbek tili – ixtiyoriy;
    Hisobchilik asoslarini bilish;
    MS Office (Word, Excel) dasturlarini bilish.

    Shaxsiy sifatlar:
    - Tafsilotlarga e’tiborlilik;
    - Maqsadga intiluvchanlik;
    - Moslasha olish va tajriba asosida o‘rganish qobiliyati;
    - Mas’ulyatlilik, ishga vijdonan yondashish.

    Amaliyotchining vazifalari:
    - Jismoniy va yuridik shaxslar bilan xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tuziladigan yuridik shartnomalarning shakllari va talablari bilan tanishib chiqish;
    - Elektr energiyasi, BS va SvXKM uchun maydon ijarasi bo‘yicha shartnomalar ro‘yxatlarini tuzish;
    - Moddiy mulkning joyini o‘zgartirishni hisobga olish jarayoni bilan tanishish;
    - Asosiy vositalarni hisobga olish bo‘yicha hujjatlarni arxivga topshirishga tayyorlash.

    ----
    2. Departament: Biznes-yechimlarni rivojlantirish departamenti, B2B mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish seksiyasi

    Amaliyotchining vazifalari: Korporativ segment uchun yangi biznes-yechimlarni, mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqish, joriy etish, takomillashtirish va samarali rivojlantirish jarayonida ishtirok etish

    Talablar:
    ∙         Menedjment, Marketing yo‘nalishlaridagi III va IV bosqich bakalavriat talabalari;
    ∙         Tilni bilishi: rus tili – yaxshi bilish, o‘zbek tili – yaxshi bilish, ingliz tili – yaxshi bilish;
    ∙         MS Office dasturlarini bilish – mukammal.

    Shaxsiy sifatlar:
    ∙         Kirishimlilik,
    ∙         Puxtalik.

    ----
    3. Texnologiya departamenti Tarmoqni rivojlantirish bo`limi ruxsatnomalar bilan ta`minlash seksiyasi
    Amaliyot o'tovchining majburiyatlari: Qonuniylashtirish jarayonlarini qo'llab-quvvatlash

    ----
    4. Texnologiyalar departamenti Tarmoqni rivojlantirish seksiyasi Radiotarmoqni rejalashtirish guruhi

    Talablar:
    • Radio aloqa, telekommunikasiyalar bo’yicha, RRT, radio aloqa, teleradio eshittiruv fakulteti  talabasi;
    • Uyali aloqa tarmoqlari tuzilmasi asosiy prinsiplarini bilish;
    • Mobil aloqa tarmoqlari ishlash prinsiplarini bilish;
    • GSM asoslari, radio to’lqinlar tarqalishi asoslari, mobil radio aloqa tarmoqlari tuzilmasi asoslarini bilish; 
    • Ingliz tilini bilish (texnik adabiyotlarni bilish);

    Amaliyot o’tovchining majburiyatlari:
    • Mobil tarmoq tuzilmasi bilan amaliy tanishish;
    • Radio tarmoq parametrlari bilan amaliy tanishish;
    • Radio tarmoq qurilmalari bilan amaliy tanishish;
    • Radio tarmoqning sifat ko’rsatkichlari bilan amaliy tanishish;
    • Drayv testlar bilan amaliy tanishish. 

    -----------------
     iDepartamentlar ro'yhati yangilanib turadi
  • Talabalarni amaliyotga saralash jarayoni:
    1.Saytda ro‘yxatdan o‘tish, bunda nomzodga quyidagilarni amalga oshirish kerak bo‘ladi:
    • Kompaniya talablari bilan tanishib chiqish;
    • Amaliyot o‘tash uchun Departament/Seksiyani aniqlashtirish;
    • Asosnoma yozish;
    • Arizani yuborish;
    2. Talabalardan tushgan arizalar va asosnomalar tahlili
    3. Telefon orqali intervyu
    4. Konkurs tarzidagi saralash (test, intervyu)
    5. Amaliyot uchun shartnoma tuzish
    6. Tanishtiruv treningini o‘tkazish va amaliyot o‘tash
    7. Amaliyotni tugallash, natijalarni chiqarish
    8. Qayta aloqani rasmiylashtirish
  • Talabalarga qo‘yiladigan talablar
    Talabalarga qo‘yiladigan talablar:
    • Bakalavriatning 3- va 4-bosqichlari talabasi bo‘lish (amaliyot o‘tash uchun tanlangan Departamentga mos soha yo‘nalishi)
    • O‘zbek, rus va ingliz tillarini yaxshi bilish
    • MS Office dasturlarining ishonchli foydalanuvchisi
    • Muloqot ko‘nikmalari
    • Yaxshi taqdimotchilik mahorati

    Shaxsiy fazilatlar:
    • Tahliliy tafakkur va vaziyatni prognozlash qobiliyati;
    • Olgan bilim va ko‘nikmalarini amalda qo‘llash qobiliyati;
    • Ishonchlilik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik;
    • Tezda moslashish va o‘rganish qobiliyati;
    • Qonunchilikka rioya etgan holda ishlash ishtiyoqi, axloq qoidalariga hamda Kompaniya ichki intizomiga amal qilish.

Talabnomani to’ldirish:

Amaliyotni o’tamoqchi bo’lgan bo’limni tanlang
Resyumeyingizni 1 megabaytdan yuqori bo’lmagan Word formatida yuklang
Bu yerda siz qo’shimcha ma’lumot kiritishingiz mumkin
Xabar uzunligi - 1500 simvol.
* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart


ПРИМЕЧАНИЕ: ТОЛЬКО граждане Республики Узбекистан с пропиской в городе Ташкент будут рассмотрены на прохождение практики.

Murojaat qoldirish

Taklif, murojaat yoki shikoyatingizni qoldiring

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.