Nega Ucell?
Ucell O‘zbekiston Respublikasida yetakchi uyali aloqa kompaniyalaridan biri hamda ijtimoiy va iqtisodiy tuzilmaning bir qismidir. Mamlakatning turli makonlaridagi millionlab insonlar va horijdan kelgan mehmonlar Ucell kompaniyasini muloqot qilish, xabarlar yuborish va axborot almashinish kabi xizmatlardan foydalanich uchun tanlaydilar. Biz insonlar va kompaniyalar oddiy va samarali tarzda doimo aloqada bo‘lishlari, hayotlari yanada boyroq bo‘lishi uchun turli xizmatlarni taklif etamiz.
Biz tushunamiz – jamoamizni tashkil etadigan yorqin odamlar bilangina muvaffaqiyatga erishishimiz mumkin. Biz ko‘pgina muammo va masalalar bilan to‘qnash kelsakda, zarur tajriba va bilim, mijozlar bilan muloqot qilish qobiliyati, g‘ayratli va kreativ, ayni paytda jasur va halol insonlarni jalb etish, mukofotlash va ushlab qolish uchun harakat qilamiz.
Dunyodagi eng katta telekommunikatsion kompaniyalardan biri bo‘lmish TeliaSonera guruhi a’zosi sifatida, Ucell xalqaro ish muhitida, kasbiy mahoratni o‘stirish imkoniyati, yuqori ahloqiy me’yorlar asosidagi qiziqarli va innovatsion ishni taklif etadi.
Biz o‘z xodimlarimizni doimo qo‘llab-quvvatlaymiz va rivojlanishlariga barcha imkoniyatlarni yaratib beramiz. Har bir xodim turli o‘qish, yangi tajriba olish, kasbiy va yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Biz faoliyatimizni o‘zimizning korporativ qadriyatlar va ijtimoiy ma’suliyat tamoyillari asosida olib boramiz. Mazkur tushunchalar ishimizning muhim va ajralmas bo‘lagidir.