Qanday qilib Ucell dileri bo‘lish mumkin

Ucell oilasining a‘zosi bo‘lmoqchimisiz? Unda o‘zingizning Dilerlik punktingizni oching!

Dilerlik punktini ochishning talab va shartlari.

Ucell abonentlariga xizmat ko’ratish uchun mo’ljallangan ofisning talablari
1 Ofisning joylashuvi odamlar o’tishiga qulay hamda avtomobillar uchun to’xtash joyi bilan ta’minlangan bo’lishi shart. 
2 Abonentlarga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan xona 10 kv.m.dan kichik bo’lmasligi va boshqa xonalardan ajratilgan bo’lishi kerak.
3 Ofis xonalari sifatli remont qilingan, yaxshi yoritilgan va toza bo’lishi darkor.
4 Ucell Dilerlik punktlarini bezatish boyicha Qo’llanmaga asosan, Kompaniyaning barcha talablariga (rangi, shrifti, o’lchami, dizayni va shu kabi) mos keladigan mavjud reklama maxsulotlari.
5 Ofis sifatli mebellar bilan – stollar, stullar, peshtaxtalar, shkaf va seyf bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.
6 Ofisda kerakli orgtexnika – Internetga ulangan kompyuter (e-mail), printer va kseroks bo’lishi shart. 
7 Ofisda konditcioner, dispenser va plastik kartochkalar uchun terminal bo’lishi maqsadga muvofiq.
8 Ofisda uyali telefonlar va aksessuarlarni sotish va ularga xizmat ko’rsatish uchun ruxsat beriladi. 
9 Ofisda aloqa uchun Ucell raqamli telefon bo’lishi kerak.

 

Ucell bilan dilerlik shartnomasini tuzish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar ro’yxati
  Yuridik shaxslar uchun (hujjat nusxalari) Jismoniy shaxslar uchun (hujjat nusxalari)
1 Ustav (O’zbekiston Respublikasida ushbu xizmat turini ko’rsatish uchun berilgan ruxsat) Patent (O’zbekiston Respublikasida ushbu xizmat turini ko’rsatish uchun berilgan ruxsat)
2 Ro’yxatdan o’tkazilganligi haqida guvohnoma Ro’yxatdan o’tkazilganligi haqida guvohnoma
3 Inkassatciya uchun shartnoma Inkassatciya uchun shartnoma
4 Ijara shartnomasi yoki mulkdorlik huquqi to’g’risida guvohnoma Ijara shartnomasi yoki mulkdorlik huquqi to’g’risida guvohnoma
5 Kassa apparatining ro’yxatga olinganligi haqida ma’lumotnoma Kassa apparatining ro’yxatga olinganligi haqida ma’lumotnoma
6 Boshqaruvchining pasporti  Xususiy tedbirkorning pasporti
7 Boshqaruvchini tayinlash to’g’risida buyruq -
8 Sotuvlar markazining ichki va tashqi qiyofasining fotosuratlari Sotuvlar markazining ichki va tashqi qiyofasining fotosuratlari
9 Standard ta’lim va  Kompaniya sayti orqali web-qo’llanmalarda ishlashni o’rgangandan keyin hamda dilerlik markazlarida malaka oshirib testlardan so’ng Ucell mijozlariga xizmat ko’rsatishga ruxsat beruvchi sertifikat Standard ta’lim va  Kompaniya sayti orqali web-qo’llanmalarda ishlashni o’rgangandan keyin hamda dilerlik markazlarida malaka oshirib testlardan so’ng Ucell mijozlariga xizmat ko’rsatishga ruxsat beruvchi sertifikat

Dilerlik shartnomasini tuzish uchun agent@ucell.uz e-mail adresiga xat ariza yozib yuborishingiz mumkin. 

Kompaniya ixtiyoriga ko’ra, xat ariza kelib tushgandan so’ng 30 ish kuni ichida dilerlik shartnomasini tuzish yo’ki rad etishi bo’yicha qaror chiqariladi. Dilerlik shartnomasini tuzish hamda dilerlik markazini ochish bo’yicha qarorni chiqarishda Kompaniya o’zining hohishiga qarab amalga oshirish huquqiga ega.

Dilerlik punktini reklama bilan bezatish va ichki jixozlantirish bo’yicha, diler tomonidan amalga oshirilgan barcha moliyaviy xarajatlar, Kompaniya tomonidan qoplab berilmaydi. 

Batafsil ma’lumot uchun Ucellning Sotuvlar Departamentiga murojaat qiling.

Dillerlik shartnomasini tuzish uchun xat arizaning o'zbekcha shakli >

Dilerlik sotuv markazlarini reklama materiallari bilan bezatish >



0
Like