Kompaniya yangiliklari
Ucell Kompaniyasi o'zining 130 nafar sodiq abonentlarini taqdirladi!
25DEK2015

Ucell Kompaniyasi o'zining 130 nafar sodiq abonentlarini taqdirladi!

Ucell zamonaviy texnologiyalarni mahalliy bozorda tadbiq etishga imkon beruvchi va O'zbekistonda ishonchli mobil operator hisoblanib, ishbilarmonlik uchun eng yaxshi shart va sharoitlarni yaratadi hamda insonlar hayotini yanada yengil hamda qulay qilishga yordam beradi. Uсell savdo belgisi 1996 yilda tashkil etilgan "COSCOM" MChJ XKga tegishli bo'lib, 2007 yildan buyon xalqaro biznesning bir qismiga aylangan. Ucell Kompaniyasini yurtimizning millionlab aholisi va xorijlik mehmonlar tomonidan - insonlar hayotini qulay, oson va yaxshilik sari o'zgartiruvchi xizmatlarni taqdim etgani hamda aloqada qolish imkonini bergani uchun tanlanib kelmoqda.

Bugungi kunda aloqa bilan nafaqat respublikamizning barcha shaharlari balki uzoq, tog'li hududlarda joylashgan aholisi ham ta'minlangan. Hozirda 2G tarmog'i o'lkamizning olis manzillarida istiqomat qilayotgan aholining 95% ni aloqa xizmati bilan qoplab kelmoqda. Internet paydo bo'lishi bilan kompaniya zamon bilan tengma teng bo'lish maqsadida, o'z faoliyatini 3G tarmog'ini qurish va kengaytirishga qaratdi. Ushbu tarmoqni kengaytirish so'nggi 2 yil davomida, ya'ni 2015 yilning avgust oyiga qadar aholining 46% qopladi.

Ucell Kompaniyasi 2015 yilning 21 dekabridan 2016 yilning 15 yanvariga qadar respublika bo'yicha joylashgan shaxsiy ofislarida 2003 yilda kompaniya tomonidan ishga tushirilgan haqi oldindan to'lanuvchi tizimga ulangan abonentlar uchun maxsus aksiyani taqdim etdi. Aksiya doirasida, joriy yilning 25 dekabr kuni Ucell Mobile City ofisida ushbu tizimga ulangan ilk, sodiq va faol abonentlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Toshkent shahri va viloyatida sotuv va xizmat ko'rsatish bo'limi rahbari Leonid Czyu o'z nutqida barcha mehmonlarga o'z minnatdorchiligini bildirib, uzoq yillar davomida olib borilgan faoliyat natijasi bu – insonlar ishonchi va aynan aloqa operatori sifatida Ucell Kompaniyasini tanlaganliklarini alohida ta'kidlab o'tdi: "Bugun abonentlarimiz soni 8.5 milliondan oshdi. Bu bildirilgan ishonchdan darak! Bugungi tadbir doirasida Toshkent shahri abonentlariga 10 yil davomida biz bilan birga bo'lganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman! Biz mijozlarimiz tilaklariga quloq tutibgina qolmay, uzoq yillar davomidagi bildirilgan ishonchni qadrlaymiz. Bugun ularning kayfiyatini ko'tarib, ularga sovg'alar ulashdik"

Toshkentlik sodiq abonentlardan biri Leonid Kim 2004 yilning 13 noyabr kuni Ucell aloqa tarmog'iga ulanib, raqamini biror marta ham alishtirmaganini ta'kidlab o'tdi: "Nimaga aynan Ucell? Har doim va har yerda mavjud barqaror aloqa. Bu men, ishim va oilam uchun juda muhim. Shuning uchun Ucell bilan 11 yil birga qadam tashlab kelyapman!".

Taqdirlash marosimi barcha viloyatlarni birlashtirgan holda tele-ko'prik tarzida bo'lib o'tdi. Aksiyada Ucell Kompaniyasi bilan 10 yildan ortiq  shahdam qadam tashlab kelayotgan 130 abonent ishtirok etib, esdalik sovg'alarni qo'lga kiritdi.

Dilrabo Narzullayeva, aksiya ishtirokchisi, Samarqand: "Men ushbu kompaniya mijozi ekanligimdan faxrlanaman. Men Ucellga ishonaman. U bilan men har doim aloqada qolib bolalarimga, ota-onamga qon'g'iroq qilib yaxshi xabarlar ulashaman. Ba'zida ularning ovozini eshitishimning o'zi kifoya".

Burxon Jo'rayev, aksiya ishtirokchisi, Navoiy: "Kompaniya bilan meni uzoq, 10 yillik aloqa bog'lab turibdi. Menga ham kompaniya tomonidan ko'rsatilgan munosabatni qadrlayman. Kompaniyaga doimiy barqarorligi uchun o'z minnatdorchiligimni izhor etaman!".

Abonent bilan bevosita aloqaning muhimligini anglagan holda kompaniya mijoz bilan yuzma-yuz tartibda faoliyatini olib borayotgan hodimlarining malakasini oshirishga ham katta ahamiyat qaratib kelmoqda. Bugun Ucell o'z abonentlarining kompaniyaga bo'lgan mustahkam ishonchi bilan faxrlana oladi. Sodiq abonentlarning esa safi juda keng, chunki kompaniya xizmatlaridan odatda barcha oila a'zolari foydalanadi.
O'tkazilayotgan ushbu aksiya nafaqat yutuq egasi, balki uning oilasi uchun ham haqiqiy Yangi Yil sovg'asi bo'ldi.

Kompaniya mijozlar tomonidan bildirilgan ishonchni qadrlaydi va o'z faoliyatini mukammallashtirishda davom etadi. Kompaniyaning faqatgina Ucell aloqa tarmog'i infratuzilmasiga kiritgan sarmoyalari deyarli 1.2 milliyard AQSH dollarini tashkil etadi (2007 yilning 1 iyulidan 2015 yilning mart oyigacha).
Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.