Kompaniya yangiliklari
Nukusda yangi bolalar o‘yingohining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi!
26NOY2015

Nukusda yangi bolalar o‘yingohining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi!

Joriy yilning 26 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida Ucell Kompaniyasining hisob bo‘yicha 5-chi yangi bolalar o‘yingohining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Loyiha Kompaniyaning ijtimoiy tashabbuslari doirasida qurib, bitkazildi. Yangi maydoncha shaharda joylashgan mahallalardan birida joy olib, o‘z dizayni bilan ajralib turdi. Tadbirga mahalliy hokimiyat vakillari, hurmatli oqsoqollar, oilalar va OAV vakillari tashrif buyurdilar. Bolalar va mehmonlarning ko‘zidagi quvonch maydoncha manzur bo‘lganidan darak berib turdi.

 

Ucell Kompaniyasining Korporativ Aloqalar bo‘yicha Departament Direktori Rodica Verbeniuc o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi: "Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan bugungi tadbirda bolalar, ularning ota-onalari, buva va buvilari ishtirok etganligiga guvoh bo‘ldik. Tantanali ochilish marosimi dilga yaqin bayramga aylandi! Bu esa albatta quvonarli hol. Chunki "Ucell Quvonch Makoni" loyihasining asosiy maqsadi ham aynan – butun respublika bo‘ylab mamnun bolalarni ko‘rish va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashdan iborat. Biz bundan keyin ham mamlakatning telekommunikatsion infratuzilmasiga sarmoyalar kiritishda davom etamiz. Ucell Kompaniyasi nafaqat aloqa tarmog‘ini kengaytirish va yaxshilashga harakat qilibgina qolmay, O‘zbekiston aholisi o‘rtasida baxt ko‘priklarini qurishga ham o‘z hissasini qo‘shadi".

Maydonchaning ochilish marosimi sahnalashtirilgan teatr marosimiga aylandi. Bolalar tadbir davomida suratga tushib, maxsus joylarda rasm chizdilar va tanlovlarda raqsga tushib, sovg‘alarni qo‘lga kiritdilar. Shundan so‘ng faxriy mehmonlar ishtirokida ramziy pufaklar osmonga ko‘tarildi. So‘ngra bolalar maydonchaga kirib, uzoq kutilgan arg‘imchoqlarda uchdilar.

 

"Bolalar rivojlanishlari kerak. Ota-onalar har doim ham bu kabi maydonchalarda bolalar o‘z mushaklarini mustahkamlashlari va harakatlarini rivojlantirishlari mumkinligini bilavermaydilar. Bundan tashqari bolalar o‘yingohda to‘gri harakatlanish, o‘zlarini to‘gri tutish va tana muvozanatini ushlash kabi hislatlarni rivojlantiradilar. Fikrimcha, har bir bola bu kabi o‘yingohlarda o‘z sog‘lig‘ini mustahkamlaydi. Shuning uchun barcha ota-onalar nomidan Ucell Kompaniyasiga ushbu sovg‘a uchun minnatdorchilik bildiraman" - deydi ota-onalardan biri Malika Karimova.

"Menga maydoncha juda yoqdi! Bu yerda tirmashib chiqish, sakrash va arg‘imchoqlarda uchish mumkin. Maydonchadagi yashil o‘t esa kuz faslida huddi ertakka o‘xshab turibdi! Rahmat!" - deydi bolakay Dilshod.


Kompaniya loyihani amalga oshirishda o‘z yordamini ayamagan Informatsion Texnologiyalar va Aloqalarni rivojlantirish Vazirligi, viloyat va shahar hokimliklari, hamkorlar sanalgan "Infranet-Asia" va "Unique Present" tashkilotlarga hamda ushbu loyihada ishtirok etgan joylardagi istiqomat qiluvchi aholiga oz minnatdorchiligini bildiradi. Ushbu loyiha Kompaniyada ishlab chiqilgan yillik ijtimoiy-iqtisodiy dastur tarkibiga kirib, rejaga ko‘ra O‘zbekiston bo‘ylab 12 ta maydoncha qurilishi ko'zda tutilgan.

Bolalar maydonchasi sizni quyidagi manzil bo‘yicha kutib qoladi: Nukus shahri, MPJ "Do‘slik", 52 A uy. 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.