Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Saytlarga bepul kirish, qulay tariflar va xizmatlar
25MAR2020

Saytlarga bepul kirish, qulay tariflar va xizmatlar



Ucelldan bahoriy takliflar: www.ucell.uz/u2p

Karantin sharoitida mamlakat aholisi masofadan turib ishlash va o‘qishni davom ettirmoqda, shu bilan birga, internet resurslariga ehtiyoj bir necha bor oshdi. Ucell ko‘plab ta'lim va tibbiy saytlarga bepul kirish imkoniyatini ochdi. Bundan tashqari, raqobatdosh narxlarda bir qator yangi tariflar va xizmat paketlari joriy etildi.
Kun.uz veb-saytining yosh o‘quvchilari mamlakatning uyali aloqa operatorlariga ularga megabaytni qo‘shib berish iltimosi bilan murojaat qilishdi. Bu juda yaxshi fikr.
Abonentlarning istaklariga binoan, aloqa uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, barcha abonentlar shu hafta oxirida bepul megabayt va daqiqalarni ulash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ucell kompaniyasi yanada olg‘a bordi. Maktab o‘quvchilari, qanday sharoitda bo‘lishidan qat'i nazar, Xalq ta'limi vazirligi va Maktabgacha ta'lim vazirligi ko‘magida ta'lim muassasalari tomonidan tayyorlangan video darslardan foydalanishlari uchun 9 mart kuni quyidagi ta'lim Internet manbalariga tarifsiz kirish imkoniyati ochildi:

uzedu.uz
kundalik.com
uz.khanacademy.org
eduportal.uz
emis.uzedu.uz
stat.uzedu.uz
kitob.uz
itsm.uz
edumarket.uz

Bundan tashqari, 19 martdan boshlab quyidagi ta'lim va tibbiy saytlarga cheksiz kirish imkoniyati yaratildi:

Onlayn-maktab.uz
• maktab.uzedu.uz
Talim.uzedu.uz
• utube.uz
• Itschool.uz

Shuningdek, coronavirus.uz veb-saytiga trafikni hisobga olmagan holda kirish ochib qo‘yilgan bo‘lib, unda siz O‘zbekistonda koronavirus va uning tarqalishining oldini olish bo‘yicha ob'ektiv va haqqoniy ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Hozirda so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish va doimo aloqada qolish juda muhim. Shu boisdan, Ucell mobil operatori maksimal qulay aloqa uchun bir qator xizmatlarni tayyorladi.

2020 yil 3 martdan 31 martgacha - Special va Active tarif liniyalari abonentlari uchun «Internet-sovg‘a» xizmati 50% chegirma bilan taqdim etiladi. Bu hali hammasi emas. 2020 yil aprel' oyidan boshlab Special va Active tariflarda ko‘proq daqiqa, megabayt va gigabaytlar bo‘ladi, narxlar esa o‘zgarmaydi.



Ucell kompaniyasi o‘z abonentlariga yana bir taklifni taqdim etdi. 13.03.2020 dan 31.03 2020 gacha «Navro‘z 2020» xizmatiga ulanib, abonentlar 2020 SMS-xabarlar, O‘zbekiston bo‘yicha 2020 daqiqaga ega bo‘lishadi va uch kun davomida 2020 MB internetni 2020 so‘m evaziga sotib olishlari mumkin bo‘ladi. Mazkur aksiyaning ommabopligi sabab uni 2020 yil may oyining oxirigacha uzaytirish rejalashtirilgan.

Internetda nafaqat ish va o‘qish, balki muzeylar, konsertlar, operalar va hatto hayvonot bog‘lariga ham onlayn tashrif buyurish imkoniyati paydo bo‘ldi. Karantin paytida bo‘sh vaqtni samarali va foydali o‘tkazish uchun yangi COSMO tarif rejalari ishga tushirildi. Oylik to‘lovi 16 mingdan 28 ming so‘mgacha bo‘lgan tarifda qo‘ng‘iroqlar va Internet, YouTubedagi trafik, ijtimoiy tarmoqlar va tezkor xabarlar, shuningdek qo‘shimcha xizmatlardan foydalanish mumkin. Shuningdek, atigi 22 ming so‘mga cheksiz «Uchar Internet» tarifi ham ishga tushirildi.



Biz Ucell tomonidan joriy etilgan zamonaviy texnologiyalar yordamida hayotning eng yaxshi sifati hamma joyda va hamma uchun foydali bo‘lishini ta'minlashga intilamiz va har qanday vaziyatda ham yordam berishga tayyormiz. Dunyo oila bilan vaqt o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldi. Va nihoyat, har doim yetarli vaqt bo‘lmagan narsalarga ulgurish, o‘z-o‘zini rivojlantirish va sog‘liq qayg‘urish imkoniyati tug‘ildi. Siz nima deb o‘ylaysiz?


Shuni e’tiborga olishingizni so‘raymizki, ayrim resurslarda multimedia kontentlar (forosuratlar, videolar va boshqa saytlarga havolalar) bor, ular narxlanmaydigan IP-manzillar ro‘yxatiga kirmaydi. Boshqa resurslarga o‘tganingizda siz xizmat amal qiluvchi hududini tark etasiz, hamda trafik uchun to‘lov joriy tarif rejangizga muvofiq yoki mavjud bo‘lgan internet-balansingizdan yechiladi.
 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.