Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Karantin xronikasi. 25 mart
25MAR2020

Karantin xronikasi. 25 mart



Kompaniya va uning bo'linmalari bo′ylab karantin munosabati bilan quyidagi choralar ko'rildi:

Ishchilarning mumkin bo'lgan maksimal soni masofaviy ish tarziga o'tkazildi.
Ofisda dezinfektsiyalash bo'yicha sanitariya-profilaktika ishlari har ikki soatda olib borilmoqda.
Shu bilan birga, mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatishga e'tibor qaratilmoqda. Call-markazning 90% va undan yuqori darajada ishlashini ta'minlash uchun qo'shimcha xodimlar jalb qilindi.

Karantin munosabati bilan Savdo va ommaviy segmentga xizmat ko’rsatish departamenti tomonidan amalga oshirilgan harakatlar:
• Obuna xizmati operatorlari, savdo vakillari va xizmat ko'rsatuvchi dilerlar xodimlari virus infektsiyasini oldini olish uchun niqob va qo'lqoplar bilan ta'minlangan
• SIM-kartani etkazib berish xizmati ishga tushirildi. Ulanishni istagan potentsial abonent so'rovni call-markazda qoldiradi. Keyinchalik, sotuvchi yoki operator SIM-kartani etkazib beradi.
• Agar abonent sog'lig'i sababli ofisga kela olmasa, biz uyga tashrif buyurib, xizmat ko'rsatishni davom etamiz.
• Respublikadagi barcha markaziy xizmat ko'rsatish ofislari yetti kunlik ish jadvaliga o'tkazildi.
• Abonentlar va dilerlarga to'g'ridan-to'g'ri xizmat ko'rsatuvchi xodimlar masofaviy ish tarziga o'tkazildi.
• Front ofis kassalarida balansni keyinchalik to'ldirish uchun cheklashsiz skretch-kartalarni xarid qilish mumkin.
Ofislar odatiy mehnat faoliyatini davom etmoqda.

Ma'muriy bo'lim tomonidan ko'rilgan harakatlar:
• Avtotransport departamenti, shaxsiy avtoulov xodimlari va boshqa bo'limlardagi hamkasblarning yordami bilan xodimlarning xavsiz yetib kelishi ta′minlanmoqda.
• Barcha hududlar shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlandi. Shaxsiy himoya vositalarining mavjudligi to'g'risida barcha hududlar habar qildi.

Hisobot va tahlil guruhi tomonidan ko'rilgan harakatlar:
• Hisobotlarni topshirish ikki hafatalik jadvalga o'tkazildi.
• Hisobot bo'yicha mutaxassislar vaqtincha masofadan turib ishlashga o'tkazildi, hisobotlarni tekshirish uchun ofisga vaqti-vaqti bilan tashrif buyurishadi.

Masofaviy xizmat bo'limining harakatlari:
• Call-markazning barcha xodimlari kuchaytirilgan tazrda foaliyat olib bormoqda;
• Qo'ng'iroqlarni qabul qilish uchun call-markazda doimiy ravishda aloqa darajasini ta'minlash uchun amaldagi standartlarga muvofiq qo'shimcha xodimlar jalb qilindi;
• SIM-kartalarni yetkazib berish bilan ulash uchun arizalar qabul qilinadi.

Aziz abonentlar!
Birgalikda biz ushbu sinovlardan munosib ravishda o'tamiz.
Ehtiyot bo'ling, yaqinlaringizga g'amxo'rlik qiling.

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.