Kompaniya haqida
Matbuot ofisi
O’zbekiston – Rossiya: Yaqinlaringiz bilan chegarasiz aloqa!
17FEV2016

O’zbekiston – Rossiya: Yaqinlaringiz bilan chegarasiz aloqa!

2016 yilning 17 fevral kuni Ucell Kompaniyasi “AIVA Mobile” savdo belgisi ostida faoliyat yurituvchi “МТТ” OAJ bilan hamkorlikda O’zbekiston uchun yangi va nodir hisoblangan “Chegarasiz muloqotlar” xizmatini tadqim etdi.
 
O’zbekiston hududida Ucell abonentlari mobil aloqa uchun joriy etilgan qulay tarif va xizmatlardan foydalanib kelmoqda. Biroq safarga chiqqaningizda, muloqot uchun sarflangan harajatlar sezilarli darajada ortadi. Shuningdek bir qancha SIM-kartalardan foydalanish ham noqulayliklar tug’diradi. Ucell mobil aloqa operatori, ana shunday vaziyatlarni yengillashtiruvchi yechimlarni ishlab chiqishi natijasida, 17 fevral kunidan boshlab O’zbekiston aholisi uchun “Chegarasiz muloqotlar” xizmatini joriy etdi. Ushbu xizmatga kompaniyaning shaxsiy ofislarida ulanish mumkin. Yangi xizmatning ustunligi shundaki, Rossiyaga safarga otlangan Ucell abonentlari endi ortiqcha harajatlarning oldini olish uchun rossiyalik mobil aloqa operatorlari bilan ko’plab shartnomalarni imzolamaydilar. 
 
Endi Rossiyaga yo’l olmoqchi bo’lgan Ucell abonentlari safarga ketishdan avval, uzluksiz aloqa bilan ta’minlovchi tarifga ulanishlari mumkin bo’ldi. Buning uchun Ucell Kompaniyasining shaxsiy ofislaridan biriga murojaat qilib, “Chegarasiz muloqotlar” xizmatini $1.50 evaziga ulatishlarining o’zi kifoya. Xizmat 2 ta faol raqamni o’zida birlashtirgan SIM-kartani o'z ichiga olgan.”, - deydi Iste’molchilar segmenti Direktori Agshin Gadjiyev.
 
Ushbu xizmatga ulangan abonent Rossiyaga tashrif buyurishi bilan o’z telefonida – AIVA Mobile deb nom olgan mobil aloqa operatorini tanlashi kerak bo’ladi. Shundan so’ng mijoz “Mehmondo’st” tarifiga ulanib, hamyonbop narxlarda muloqot qilishi mumkin bo’ladi.
 
Ucell abonenti Rossiyaga kelishi bilan o‘z telefonida AIVA Mobile ni tanlashi haqidagi SMS oladi va AIVA Mobile ning “Mehmondo‘st” tarif rejasi asosida suhbatlashish imkoniga ega bo‘ladi. Telefonida qisqa USSD-so’rovni terish orqali, abonent qayerda ekanligiga qarab, AIVA Mobile ning Moskva yoki Sankt-Peterburg uchun mo‘ljallangan telefon raqamiga ulanadi. Abonentning Ucell raqami saqlanib qoladi va mijoz O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng, eski raqamidan bemalol foydalanishi mumkin bo‘ladi.
 
Abonentlarimizga qulay va foydali mobil yechimlarni taklif qilish imkonini beradigan har qanday hamkorlikni qo’llab-quvvatlaymiz. MTT bilan hamkorlikda taqdim etilayotgan ‘Chegarasiz muloqotlar’ xizmati yordamida, mijozlarimiz osonlik bilan, SIM-kartani alishtirmasdan O‘zbekiston va Rossiyadagi qarindoshlari va yaqinlari bilan aloqada qolishlari mumkin”, — deydi Ucell Kompaniyasining Bosh Direktori Tonu Grunberg.
 
AIVA Mobile tomonidan taqdim etilgan “Mehmondo‘st” tarifi O‘zbekistonga amalga oshirilgan qo‘ng‘iroqlar, Rossiya hududidagi qo‘ng‘iroqlar, mobil Internet va SMS uchun qulay narxlarni taklif etadi. “Mehmondo‘st” tarif rejasida AIVA Mobile raqamiga chiqish qo‘ng‘irog‘ining birinchi daqiqasi qiymati 1 rubl, ikkinchi daqiqadan boshlab 0 rublga teng. O‘zbekistonga chiqish qo‘ng‘iroqlari 2,90 rubl, Rossiyaning boshqa har qanday raqamlariga chiqish qo‘ng‘iroqlarining birinchi daqiqasi 2,5 rubl. AIVA Mobile tarmog‘i ichida kirish qo‘ng‘iroqlari — bepul. Kunlik abonent to‘lovi — 0 rubl.
 
O‘zbekiston biz uchun muhim bozor va bugungi xizmatning ishga tushirilishi AIVA Mobile MVNO tarmog‘ini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo’ldi. ‘Chegarasiz muloqotlar’ xizmati Rossiya hududida o‘z qamroviga (Moskva shahri va Moskva viloyati, Sankt-Peterburg shahri va Leningrad viloyatida) ega, bu esa abonentga kunu-tun o‘z yaqinlari bilan aloqada bo‘lish imkonini beradi. Tojikiston va Finlyandiyadan so‘ng, O‘zbekiston AIVA Mobile xizmatlaridan foydalanish mumkin bo‘lgan uchinchi mamlakatga aylandi. Mijozlar foydasi yo‘lidagi professional va ishonchli hamkorlik munosabatlari uchun mahalliy hamkor — Ucell Kompaniyasiga minnatdorchilik bildiramiz”, — deydi ‘AIVA Mobile’ SB ostida xizmat ko‘rsatuvchi MTT OAJ ning Mobil biznes Departamenti Direktori Pavel Velikanov.
 
Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.