Kompaniya haqida
Matbuot ofisi
Ucell Kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini davom ettiradi
29SEN2015

Ucell Kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini davom ettiradi

TeliaSonera shved-fin telekommunikatsiya guruhining bugungi bayonoti munosabati bilan, Ucell kompaniyasi jamoatchilikka shuni ma’lum qiladiki, u doimgiday ishlashda hamda rivojlanish bo‘yicha o‘z rejalarini va lokal strategiyasini joriy qilishda davom etadi.

TeliaSonera oilasi tarkibida olib borilgan 7 yillik faoliyat mobaynida Ucell kompaniyasi qimmatbaho xalqaro tajribani o‘zlashtirib oldi va mamlakatning telekommunikatsion infratuzilmasiga salmoqli mablag‘ kiritdi. Ucell kuchli, zamonaviy, yanada professional kompaniyaga aylandi va u bundan keyin ham o‘z abonentlariga, O‘zbekiston aholisiga sifatli uyali aloqa, zamonaviy xizmatlarning keng ko‘lamli to‘plamlari, hamyonbop tariflarni taklif etish uchun mutlaqo tayyordir. Bundan tashqari, Ucell kompaniyasi korporativ boshqaruv va barqaror biznes nuqtayi nazaridan kuchli darajada takomillashdi. Ucell jamoasi o‘zining vazifalarini mahorat bilan bajarishda hamda, birinchi navbatda, yuksak sifat va xizmat ko‘rsatish standartlari bo‘yicha uyali aloqa xizmatlarini taqdim qilishda davom etish uchun har qachongidan ham tayyor.

Ucell kompaniyasi o‘z mijozlari va hamkorlarini ishontirib aytadiki, bugungi kunda Kompaniyaning faoliyati hech qanday o‘zgarishsiz davom etadi. Ucell mijozlariga, xuddi hozirgidek tartibda, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha uzluksiz servis va xizmatlar ko‘rsatiladi.

TeliaSonera kompaniyalar guruhi “COSCOM” MChJ XKning aksioneri hisoblanadi va o‘zining O‘zbekistondagi faoliyatini Ucell savdo belgisi ostida amalga oshiradi. TeliaSonera guruhining Yevroosiyo hududiga 7 mamlakat kiradi: Ozarboyjon, Gruziya, Qozog'iston, Moldova, O‘zbekiston, Tojikiston va Nepal.

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.