Kompaniya yangiliklari
Ucell mobil operatori O’zbekiston ahlini ajoyib va umutilmas tarzda go’zallik va yangilanish ayyomi - Navro’zi olam bilan tabrikladi!
21MAR2015

Ucell mobil operatori O’zbekiston ahlini ajoyib va umutilmas tarzda go’zallik va yangilanish ayyomi - Navro’zi olam bilan tabrikladi!

Navro’z – o’zbek halqining qadimiy bayramlaridan biri sanalib, yaxshilik va mehr-muruvvat ramzi hisonlanadi. Ucell o’zbek halqi an’analariga hurmat va e’tibor ko’rsatgan holda, bayramga o’zgacha tus berish uchun yurtimizning 8 ta viloyatida “Sumalak Sayli” nomi ostida bayram kechasini tashkil etdi.  
 21 mart kuni Farg’ona, Samarqand, Qarshi, Namangan, Termiz, Buxoro, Guliston va Andijon  shaharlarining bog’ va ko’ngilochar maskanlarida maxsus Ucell stendlari o’rnatildi. Viloyat ahli va mehmonlari o’z oilalari bilan bahoriy ne’mat hisonlangan – sumalakni ta’tib ko’rish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Tadbir mahallalar tomonidan tayyorlangan milliy raqs chiqishlari bilan boy bo’ldi. Ucell stendiga tashrif buyurgan shahar ahli ichidan faqatgina sumalakdan tosh topgan omadlilargagina maxsus sovg’alarni qo’lga kiritish imkoniyati nasib etdi.  

Navro’z tadbiri nafaqat “Navro’z Sayli”, balki abonentlat uchun Ucell Kompaniyasi tomonidan ishga tushgan bahoriy takliflar va aksiyalar bilan boy bo’ldi:

• Abonentlar o’z bahoriy kayfiyatlari, fotosuratlar va tabriklari bilan MMS orqali bo’lishishlari uchun Ucell bir oy davomida MMS uchun kutilmagan chegirmalar e’lon qildi. Abonent foydalanayotgan amaldagi tarif rejasiga ko’ra endi O’zbekiston bo’yicha 1 MMS ni 1 SMS narxi bo’yicha yo’llashi mumkin bo’ldi;
• Mamlakat ahli uchun Internetni yanada qulay narxlarda taqdim etish maqsadida, Ucelldan “Sovg’a sifatida Modem” aksiyasi o’z ishini boshladi. Endi kompaniya ofislarida yangi raqam yoqtirish holatida abonent “Cheksiz Internet” oylik xizmatiga ulansa, 3G modem sovg’a sifatida taqdim etiladi;

*Chegirma va aksiyalar haqidagi batafsil ma’lumotni Ucell saytidan www.ucell.uz topishingiz mumkin.

Ucellning Korporativ Aloqalar bo’yicha Departament Direktori Rodika Verbenyuk ta’kidlaydi: “Navro’z - oila, do’stlar, mahallani birlashtiradigan bayram hisoblanadi. Navro’z – xalq bayrami, Ucell esa ushbu shodlikning bir qismi ekanligidan, hissiyotlar uchun ko’prik vafifasini o’tayotganidan juda xursandman. Vazifamiz aholini nafaqat cheksiz muloqot uchun aloqa va Internet bilan ta’minlash va xizmat ko’rsatish, balki insonlar hayotini yaxshilik sari o’zgartirib, ular uchun qulaylik yaratish va xursandchilik ulashish hamdir. Shu sabab biz Navro’z bayramini xalq bilan nishonlayapmiz. Abonentlar uchun qimmatli bo’lgan an’analarga hurmat ko’rsatish va qo’llab-quvvatlash ham bizning burchimizdir”.

O’zbekistonda nishonlaniladigan Navro’z bayramining asosiy ramzi bu – sumalak ne’matidir. U katta qozonda undirilgan bug’doy va undan tayyorlanadi. Undirilgan bug’doy hayot, to’kinlik va sog’liqni ifodalaydi. An’analarga rioya etgan holda 20 mart kuni 8 ta viloyatda katta qozon osildi va mahalla ahli bir joyga jamlanib, qo’shiq va kuy, raqs va laparlar ijro etishdi. Har bir ishtirokchi sumalak pishayotgan qozonni kavlash navbatini intiqlik bilan kutdi. Axir sumalak ustida aytilgan tilak va orzular albatta ro’yobga chiqadi-da. Bayram kechasining faol ishtirokchilariga Ucell Kompaniyasi tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.

Mahalla oqsoqoli o’z hissiyotlari bilan bo’lishdi: «Bugun mahallamiz va men uchun katta bayram! Ucellning ushbu tadbirda ishtirok etishi juda quvonarli. Chunki Ucell jamoasi o’z ishtiroki bilan bayram tadbiriga ko’tarinki ruh bag’ishladi. Navro’z bayrami qanchalik katta va to’kin o’tsa, tabiat ham o’z ne’matlarini bizdan shunchalik ayamaydi. Shuning uchun Navro’zda insonlar hushchaqchaq bo’lib, ginalarni unutadilar va qo’shiq aytib, raqsga tushadilar, yetim va bolalar uylariga borib sovg'a ulashadilar. Ushbu kun uchun Ucellga o’z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman!”.

Ucell Kompaniyasi Navro’z bayramida har bir oilaga baxt va omad, xonadonlariga esa tinchlik va osoyishtalik tilaydi!

 
Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.