Abonentlarga
Yangiliklar
2014
09
08
TATU talabalari o’rtasida "Mobil dasturlar" tanlovi

TATU talabalari o’rtasida "Mobil dasturlar" tanlovi

Ucell mobil operatori Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti bilan hamkorlikda 2010-2013 yillarda o‘qishga kirgan TATU talabalari o‘rtasida “Mobil dasturlar” tanlovini o‘tkazishi haqida e‘lon qiladi.

Tanlov ishtirokchilari quyida keltirilgan mobil operatsion tizimlaridan biri uchun mobil dastur ishlab chiqishlari kerak bo‘ladi: Android, iOS, Windows Phone, Java2ME.

Dastur ishlab chiqish uchun mavzular:

  • Aloqa tarmog‘ining sifatini sinovdan o‘tkazish (Internet tezligi, abonent joylashgan manzil, telefon modeli, abonent raqami va boshqa ma‘lumotlar);
  • Ucell ofislari hamda dilerlik punktlari joylashgan manzillarni topish;
  • Aloqa uchun sarflanadigan harajatlarni hisobga olgan holda, Sizga qulay tarif va xizmatlarni taklif etish;
  • Mobil Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Ucell sahifasidan qulay foydalanish;
  • Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Ucell sahifasidagi "Like"lar sonini ko‘paytirish;
  • Erkin mavzu (Avvalroq Ucell bilan kelishilgan tarzda).

Mobil dasturni ishlab chiqish uchun berilgan muddat davri - 18.09.2014 dan 18.12.2014 gacha.
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 17.09.2014 gacha qabul qilinadi.
Tanlov g’oliblari 2015 yilning yanvar oyida taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok etish uchun kerakli shaklni to‘ldiring va tanlov e‘lon qilinganidan so‘ng 10 kun ichida developer@ucell.uz manziliga yuboring.

G‘oliblarni quyida keltirilgan sovg‘alar kutmoqda:

  • 1-chi o‘rin – Ucell mobil dasturni 10 million so‘mga xarid qiladi;
  • 2-chi o‘rin – Ucell mobil dasturni 5 million so‘mga xarid qiladi;
  • 3-chidan 10-chi o‘ringacha – ZTE Skate Acqua smartfonlari.

Tanlovda ishtirok etish qoidalarining to‘liq ro‘yxati

Muhim! Ishtirokchilar tanlovning to‘liq shartlari bilan tanishib chiqishlari zarur.

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.