Abonentlarga
Yangiliklar
2015
07
27
Ehtiyot bo‘ling, firibgarlar!

Ehtiyot bo‘ling, firibgarlar!

Hurmatli abonentlar!

Butun dunyoda bo‘lgani kabi, O‘zbekiston hududida ham qonunchilikda o‘rnatilgan tartibni chetlab o‘tib, noqonuniy tarzda xalqaro aloqa xizmatlaridan foydalanish oxirgi paytlarda juda ko‘p tarqalgan firibgarlik turlaridan biriga aylandi.

Mazkur firibgarlikning mohiyati shundan iboratki, xalqaro aloqa ulanishlarini uzatish uchun firibgarlar noqonuniy yo‘nalishlardan foydalanishadi, boshqacharoq qiliba ytganda, qo‘ng‘iroq operator kanallari orqali emas, balki maxsus bog‘langan uskunalar orqali amalga oshiriladi. Shu sababli operatorga katta zarar yetkaziladi, abonent esa muloqot uchun pul to‘lagani holda yetarlicha sifatli xizmat ololmaydi.
Ushbu turdagi firibgarlikning yana bir xavfli jihati shundaki, mazkur noqonuniy faoliyatga oddiy fuqarolar ham jalb qilinadi. Firibgarlar jismoniy yoki yuridik shaxslardan uyali aloqa operatorlarining SIM-kartasini sotib olib, xalqaro aloqa xizmatlaridan noqonuniy tarzda foydalanish uchun uni ishlatadilar.

Bunday til biriktirishlarning xavfliligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

Birinchidan, foydalanuvchi uyali aloqa operatori bilan xizmat ko‘rsatish borasida tuzilgan shartnoma shartlarini qasddan buzadi, bu esa shartnomaning bekor qilinishiga olib keladi.

Ikkinchidan, abonent nomiga rasmiylashtirilgan va firibgarlar tomonidan ishlatilgan telefon raqamlarining hisobidagi qarzlarini o‘z vaqtida to‘lash majburiyatini oladi. Bunday hollarda, qarz miqdori firibgar foydalanish uchun tovon sifatida abonentga taklif qilgan miqdordan sezilarli darajada oshib ketishi mumkin.

Uchinchidan, SIM-kartani sotgan shaxs, buning evaziga olgan mablag‘i hajmiga yoki firibgarlarning g‘ayriqonuniy faoliyati sababli yetkazilgan zarar miqdoriga qarab, noqonuniy tadbirkorlik faoliyati va firibgarlikdagi  ishtiroki uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Bunday holatlarning oldini olish uchun, o‘z nomingizga rasmiylashtirilgan SIM-kartani har qanday holatda ham uchinchi shaxslarga bermasligingiz kerak va vaqti-vaqti bilan nomingizga ulangan raqamlar sonini Kompaniya bosh ofislarida tekshirib turishingiz tavsiya etiladi.

Agar o‘zingizga bo‘lgan qo‘ng‘iroq xorijdan ekanligini bilsangiz, lekin telefoningiz O‘zbekiston operatorlaridan birining telefon raqamini ko‘rsatsa, demak, bu xalqaro aloqa xizmatlaridan noqonuniy foydalanilganligining aniq belgisidir. Bunday hollarda 8123 raqami orqali Ucell abonentlarini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib yoki Kompaniyaning bosh ofislariga murojaat etib, telefoningizda ko‘rsatilgan raqam haqida ma’lumot berishingizni so‘raymiz.
Shu tariqa, siz sifatli aloqa xizmatlariga bo‘lgan o‘z huquqingizni himoya qilasiz va firibgarlar harakatlarini kamaytirishda operatorga yordam berasiz.

Hushyor va ehtiyotkor bo‘ling!
 

 

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.