Abonentlarga
Yangiliklar
2019
07
11
Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirib

Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirib

Joriy yil 22 may kuni “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PP-4329 sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu hujjat telekommunikatsiya xizmatlarining sifatini yaxshilash va ularning turlarini oshirish, shu jumladan mobil aloqa qamrovini kengaytirishga yo‘naltirilgan.


Quyida ushbu Qaror “COSCOM” MChJ (“UCELL” savdo belgisi) uchun tarmoqni rivojlantirish va Kompaniya abonentlariga taqdim etilayotgan mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilash uchun qanday imkoniyatlar taqdim etilishi haqida so‘z boradi.

- Joriy yilning 1 iyul kunidan boshlab muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ob’yektlari, shu jumladan kabel kanalizatsiyasi, past tokli kabel shaxtalari, telekommunikatsiya qurilmalarini o‘rnatish uchun maydonlar va infratuzilmalar bilan ta’minlanmagan jamoat, sanoat, turar-joy, ma’muriy binolar va inshootlarni qurish hamda foydalanishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;

- Telekommunikatsiya ob’yektlarini ko‘chirish, qayta o‘rnatish, shuningdek, ularning faoliyatiga uchinchi shaxslar tomonidan har qanday aralashish yuzaga kelgan muammolarni hal etishning boshqa imkoniyatlari mavjud bo‘lmagan hollardagina hamda faqat mazkur ob’yektlarning egasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Bunda telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining telekommunikatsiya ob’yektlarini ko‘chirish yoki qayta o‘rnatish, ularni sozlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha harajatlar mazkur o‘zgarishlarning tashabbuskori tomonidan to‘liq hajmda qoplanadi;

- 2019 yil 1 avgustdan boshlab telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining foyda solig‘i hamda yagona soliq to‘lovini hisoblashda tartib joriy etiladi. Soliq solinadigan baza olis va qishloq aholi punktlaridagi byudjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalari uchun muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ob’yektlarini yaratishga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga kamaytiriladi.

- Davlat ko‘chmas mulkidan telekommunikatsiya ob’yektlarini o‘rnatish uchun foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari, oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llamagan holda, “simli elektr aloqasi”dan foydalanish maqsadi bo‘yicha stavkaga teng miqdorda qo‘llaniladi;

- Istisno tariqasida telekommunikatsiya operatorlariga 2022 yil 1 yanvarga qadar telekommunikatsiya ob’yektlarini qurish-montaj ishlarini, radioelektron vositalarni o‘rnatish maydonchalarini (joylarini) o‘rnatilgan tartibda kelishgandan so‘ng, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan parallel ravishda amalga oshirishga ruxsat etiladi.

Bundan tashqari, telekommunikatsiya ob’yektlarini o‘rnatish va ularga ruxsat etuvchi hujjatlarni berish tartibini soddalashtirish bo‘yicha tegishli davlat idoralariga va xokimiyatlarga bir qator vazifalar yuklatildi.

Yaqinda “COSCOM” MChJ Bosh direktori V.V. Kravchenko ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligida bo‘lib o‘tgan majlisida quyidagilar ta’kidlandi: “Prezident Qarori bilan belgilangan vazifalarni bajarish bilan biz mamlakatimiz barcha hududlarini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni bab-baravar yo‘naltira olamiz hamda yalpi ichki mahsulotdagi xizmatlar ulushini yanada ko‘tarishimiz mumkin. Muhim muammolar yechimini topishda birgalikda faoliyat yuritamiz deb umid qillamiz”.

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.