Abonentlarga
Qurilmalar to'plami
3G Modemlar
"Modem Turbo+" to‘plami

"Modem Turbo+" to‘plami

"Modem Turbo+" to‘plami HSPA+ tehnologiyasida 21 Mbit/s gacha tezlikda ishlovchi 4 hil rangdagi modemlardan iborat.

"Modem Turbo+" to‘plamini harid qilib, quyidagilarga ega bo‘lasiz:

  • 21 Mbit/s tezlikkacha ishlovchi MF 667 USB-modemi;
  • Haqi oldindan to‘lanuvchi tizimda mavjud istalgan tarifni o‘z ichiga olgan SIM-karta;
  • 30 kun davomida cheksiz internet*.

To‘plam narxi – $35.

 Sarflangan internet-trafikni tekshirish uchun abonent *601# terishi lozim.


Modem
 
Model:
ZTE MF667
 
O‘lchamlari:
88.5 x 27.2 x 10.5/22gr
 
Tezlik:
21.6 Mbit/s-gacha
 
Micro SD slot:
 32 GB gacha

Ucell. Hayotni yaxshilik sari o‘zgartirib!

To‘plam shartlari

To‘plam shartlari:

  • Mazkur narx Kompaniyaning sotuv markazlari va abonentlarga xizmat ko‘rsatish shahobchalarida amal qiladi;
  • To‘plamga Kompaniyaning sotuvlar va abonentlarga xizmat ko‘rsatish markazlarida hamda rasmiy dilerlik shahobchalarida ulanish mumkin;
  • Ulanish uchun abonent o’z fuqarolik pasportini taqdim etishi shart;
  • Cheksiz Internet bonusi ulanish kunidan boshlab 30 kun muddat bilan belgilanadi;
  • *1000 MB trafik sarflangandan so‘ng, internet tezligi bonusning muddati tugagunga qadar 32 Kbit/s gacha cheklanadi;
  • Bonusni *601*1# raqami yordamida o’chirish mumkin, ammo o‘chirilgan bonusni qayta faollashtirib bo‘lmaydi;
  • Bonus faol bo‘lgan holda quyidagi xizmatlarni yoqish mumkin emas: Cheksiz Internet, Oylik internet-to‘plamlar, Kunlik internet-to‘plamlar, Internet Mega-BOOM, Maksimal Internet;
  • Bonus faqat abonent raqami “Faol” (Aktiv) bo‘lgan holatidagina sarflanadi;
  • "Modem Turbo+" to‘plamiga kiritilgan modem qurilmasidan faqat Ucell tarmog‘idagina foydalanish mumkin.

Narx QQS bilan ko‘rsatilgan. To‘lov O‘zR MBning to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Kafolat shartlari

Kafolat shartlari:

  • To‘plamga kiritilgan qurilmaning kafolat muddati ulanish kunidan boshlab 3 oy;
  • Ulanish vaqtida kafolat muddati ko‘rsatilgan kafolat taloni beriladi;
  • Kafolat xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ZTE rasmiy servis markazlarida ko‘rsatildi. Servis markazlari bo‘yicha murojaat uchun telefon: +99871 227 05 95. Qo‘ng‘iroq abonent tarif rejasiga binoan narxlanadi.

Murojaat qoldirish

Taklif, murojaat yoki shikoyatingizni qoldiring

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!