Abonentlarga
Qurilmalar to'plami
3G Modemlar
Yangi modem dasturi

Yangi modem dasturi

Modemlarimiz orqali Internetdan osongina foydalanish uchun faqatgina Ucell abonentlari uchun mo’ljallab ZTE bilan hamkorilkda ishlab chiqarilgan dasturni o‘rnatib modemingizni mukammallashtiring.

Yangi dasturni o‘rnatib quyidagilarga ega bo‘lasiz:

  • Barcha zarur xizmatlarni bir joyda jamlagan, yangi, soddalashtirilgan dizayn;
  • Bir tugmani bosish bilan dastur tilini o‘zgartirib undan o‘zbek, rus va ingliz tillarida foydalanishingiz mumkin;
  • Qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirib, qabul qilish, kontaktlarni saqlab, ko‘rib chiqish imkoniyati;
  • Avvaldan o‘rnatilgan ko‘p ishlatiladigan USSD buyruqlar;
  • O‘zingiz hohlagan USSD buyruqlar tugmalarini qo‘shib qo‘yish imkoniyati;
  • SMS xabarlarni jo‘natish uchun yangi qulay interfeys;
  • Ishlatgan trafik statistikasini ko‘rish imkoniyati;
  • Yangi xizmatlar va Ucell aksiyalaridan boxabar bo‘lish.

Qo'llanma

Yangi dastur "Modem Turbo+" to‘plamiga kiritilgan MF 667 modemlari uchun mo‘ljallangan bo’lib, MF* seriyasidagi ZTE modemlari uchun ham ishlatilishi mumkin, ya’ni MF 190V/S, MF 631/V, MF 180 va hokazo.

Dasturni qulay yangilash uchun quyidagi bosqichlarni bajaring:

  • Dastur o‘rnatish faylini Windows yoki Mac uchun yuklab oling
  • Boshqaruv paneli -> Dasturlar va Xususiyatlarda kompyuteringizdan eski dasturni o‘chirib tashlang (O‘chirishdan oldin USB portdan modemni chiqarib oling);
  • WindowsUI.zip faylini oching va setup.exe yoqing;
  • Kerakli joyni tanlang va dastur o‘rnatish jarayonini boshlang;
  • Muvaffaqiyat bilan o‘rnatganingizdan so‘ng kompyuterni o‘chirib qayta yoqing;
  • Modemni yoqing va tizimingiz kerakli modem drayverlarini topib o‘rnatilishini kuting;
  • PUSK menyusida o‘rnatilgan dasturni oching.
Izoh

Izoh:

*modem turi tizim va kompyuter turiga qarab, drayver va boshqa shartlarga qarab o‘zgarishi mumkin. Ucell ZTE MF667 modemidan tashqari boshqa modemlar orqali dasturdan foydalanish mumkinligini kafolatini bermaydi. Agar dastur ishlamasa foydalanuvchi yangi dasturni o‘chirib oldingi dasturga qaytishi mumkin.

Windows XP, Vista, 7, 8, yoki Mac OS 10.4.11 va yuqori versiyalarida ishlatish mumkin.


Murojaat qoldirish

Taklif, murojaat yoki shikoyatingizni qoldiring

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.