Abonentlarga
Qurilmalar to'plami
Telefonlar
"$1 evaziga telefon" hamkorlikdagi aksiyasi

"$1 evaziga telefon" hamkorlikdagi aksiyasi

Atigi $1 evaziga Ucell rasmiy dileri (OOO “Mobile Innovation”)dan Prime P149, Prime K908, Prime K919i, Prime K7 yoki Prime K21 mobil qurilmasini xarid qiling va “Barchasi 15 evaziga”, “Barchasi 35 evaziga”, “Barchasi 50 evaziga”, “ Barchasi 60 evaziga” yoki “Barchasi 70 evaziga” to‘plamlaridan biriga ulanish imkoniyatini qo‘lga kiriting.

Faollashtirish:


Narx
To‘plam Barchasi $15 evaziga Barchasi $35 evaziga Barchasi $50 evaziga Barchasi $60 evaziga Barchasi $70 evaziga
Birinchi oy *
Abonent to‘lovi $30 $70 $100 $120 $140
Tarmoq ichi daqiqalari 3000 6000 10000 14000 17000
Tarmoqdan tashqari daqiqalar 1000 3000 5000 6000 8000
O‘zbekiston bo‘yicha SMS 1000 3000 5000 6000 8000
MB 0 1000 2000 3000 4000
Amal qilish muddati 60 kun
Uchinchi kalendar oyidan o‘n ikkinchisigacha
Abonent to‘lovi $15 $35 $50 $60 $70
Tarmoq ichi daqiqalari 1500 3000 5000 7000 8500
Tarmoqdan tashqari daqiqalar 500 1500 2500 3000 4000
O‘zbekiston bo‘yicha SMS 500 1500 2500 3000 4000
MB 0 500 1000 1500 2000
Amal qilish muddati Har oyda
Aksiya shartlari
To‘plamga ulanish huquqini qo‘lga kiritish uchun quyidagilarni bajarish lozim:
  • V. Vohidov kochasi, 118uyda joylashgan Ucell Toshkent ofisida amal qiluvchi Diler sotuv nuqtasi orqali Prepaid (iste’molchilar segmenti TR) tizimiga ulanib, Kompaniya abonentiga aylanish;
  • Diler va abonent o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq dilerdan tegishli mobil qurilma (Prime P149, Prime K908, Prime K919i, Prime K7, Prime K21)ni xarid qiish;
  • Mumkin bo‘lgan to‘lov usullaridan biridan foydalangan holda o‘z abonent raqamiga birinchi abonent to‘lovi qiymatini to‘lash;
  • Ucell abonent raqamini faqat mazkur dilerda ulatganidan keyingi 7 kun ichida to‘plamni faollashtirish mumkin;
  • *595# raqamiga USSD-so‘rov yuborib, to‘plamni faollashtirish.
*595# raqamiga USSD-so‘rov yuborib, abonent Kompaniyaning www.ucell.uz saytida joylashtirilgan Aksiyaning barcha shartlari bilan tanishganligini tasdiqlaydi, ularga so‘zsiz roziligini beradi, hamda bu uning Aksiyada ishtirok etishga va tegishli to‘plamga ulanishga roziligining amalga oshirilishi bo‘ladi.

Qo‘shimcha shartlar:
  • Abonent dilerning sotuv nuqtasida telefonni aksiyadan tashqari narxda xarid qilishga haqli;
  • Diler o‘zi sotgan mobil qurilma uchun to‘liq mulkiy mas’uliyatni mustaqil tarzda o‘z zimmasiga oladi hamda Aksiya shartlariga va O‘zR qonunchiligiga asosan abonentlar oldida mobil qurilma bo‘yicha kafolat majburiyatlarini qabul qiladi;
  • Ucell diler sotgan mahsulot uchun (mobil qurilmaning sifati, xavfsizligi, butunligi, ishlashi, tashqi ko‘rinishi va h.k. bo‘yicha) hech qanday mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi va abonentlarning bu sabablar bo‘yicha e’tirozlarini ko‘rib chiqmaydi. Kompaniya dilerning majburiyatlari uchun mas’ul bo‘lmaydi;
  • Xarid qilingan to‘plam uchun mablag‘lar faqatgina Ucell hisobidan to‘lanadi. To‘plam uchun o‘zaro hisob-kitob abonent va Ucell o‘rtasida amalga oshiriladi;
  • Dilerdan xarid qilingan mobil qurilma uchun o‘zaro hisob-kitob abonent va diler o‘rtasida amalga oshiriladi.
Batafsil technoboom.uz saytida
To‘plamlar shartlari
  • To‘plamlardan biriga ulanish quyidagi shartlarga ko‘ra Dilerdan $1 evaziga telefon xarid qilinishi sharti bilan amalga oshiriladi:
     
To‘plam Barchasi $15 evaziga Barchasi $35 evaziga Barchasi $50 evaziga Barchasi $60 evaziga Barchasi $70 evaziga
Birinchi oy *
Abonent to‘lovi $30 $70 $100 $120 $140
Tarmoq ichi daqiqalari 3000 6000 10000 14000 17000
Tarmoqdan tashqari daqiqalar 1000 3000 5000 6000 8000
O‘zbekiston bo‘yicha SMS 1000 3000 5000 6000 8000
MB 0 1000 2000 3000 4000
Amal qilish muddati 60 kun
Uchinchi kalendar oyidan o‘n ikkinchisigacha
Abonent to‘lovi $15 $35 $50 $60 $70
Tarmoq ichi daqiqalari 1500 3000 5000 7000 8500
Tarmoqdan tashqari daqiqalar 500 1500 2500 3000 4000
O‘zbekiston bo‘yicha SMS 500 1500 2500 3000 4000
MB 0 500 1000 1500 2000
Amal qilish muddati Har oyda

*Birinchi va ikkinchi oylar abonent to‘loviga hamda ajratilgan trafikka kiritilgan.
  • Abonent to‘lovi abonent hisobida mablag‘ yetarli bo‘lgan hollarda kalendar oyining birinchi kunidan boshlab yechiladi, mablag‘ yetarli bo‘lmasa tizim kalendar oyining oxirigacha har kuni pul mablag‘larini yechishga harakat qiladi;
  • Abonent to‘lovini yechish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmagan hollarda narxlash abonentning ayni paytda amalda bo‘lgan tarif rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
  • To‘plam doirasida ajratilgan limit faqat mablag‘ muvaffaqiyatli yechilgan holatdagina belgilanadi, bonus ham abonent hisobidan mablag‘ yechilishi sanasidan qat’i nazar, to‘liq hajmda taqdim etiladi;
  • Xizmatning amal qilish davri davomida to‘plamni o‘chirib bo‘lmaydi;
  • Birinchi oy deb ulanish paytidan boshlab to kalendar oyining oxirigacha amalda bo‘lgan oy hisoblanadi;
  • Keyingi bonuslar kalendar oyining birinchi kunida faqat abonentning asosiy hisobidan Aksiya uchun muvaffaqiyatli narxlash amalga oshirilganidan keyingina belgilanadi;
  • Abonent oy davomida pulini to‘lab, bonuslarni olishi mumkin;
  • Abonent faqat birinchi oy uchun muvaffaqiyatli narxlash amalga oshirilgan holatdagina Aksiya ishtirokchisiga aylanadi;
  • Xizmat uchun narxlash yaxlit oy uchun amalga oshiriladi. Agarda abonent to‘lovi amalga oshirilgan oy tugamasidan avval Aksiyada ishtirok etishdan chiqish istagini bildirsa, u holda xizmat uchun qayta hisob-kitob qilinmaydi va hisobdagi mablag‘ qoldig‘i qaytarib berilmaydi.
  • To‘lov O‘zR MB to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi;
  • Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.
Kafolat

Dilerning mobil qurilmalarga kafolat majburiyatlari

  • Mazkur Aksiya bo‘yicha diler tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotga kafolat muddati mahsulotni topshirish kunidan boshlab 12 oyni tashkil etadi.
  • Mahsulotning butunligi, ichki/tashqi nuqsonlariga oid barcha e’tirozlar diler tomonidan mahsulotni abonentga topshirish paytidan boshlab bir sutka davomida qabul qilinadi. Buzuq mahsulot taqdim etilgan hollarda diler tezkor tarzda mahsulotning kafolat bo‘yicha ta’mirlanishini ta’minlashga yoki mahsulotni xuddi shu markadagi tuzuk mahsulotga almashtirib berishga majbur.
  • Abonent mahsulotni qabul qilib olganidan keyin mahsulotning tasodifan yo‘qolib qolishi, yo‘q qilinishi yoki shikastlanishi bilan bog‘liq xatarlar uning o‘ziga yuklanadi.
  • Mahsulotning abonentga topshirilishi, shuningdek mahsulotga diagnostika, servis xizmatlari bo‘yicha ishlarning bajarilishi faqatgina dilerning vakolatli shaxslari tomonidan maxsus servis-markazlarda amalga oshiriladi.
  • Mahsulotga nisbatan dilerning maxsus servis-markazlaridan boshqa joylarda ruxsat etilmagan amallarning bajarilishi – himoya qurilmalarining buzilishi, diagnostika, qayta dasturlash, xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va shu kabilar abonent tomonidan kafolat shartlarining buzilishi hisoblanadi va dilerni mahsulotga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat majburiyatlaridan ozod qiladi.
  • Abonentlar tomonidan alohida shartnoma bo‘yicha sotilgan mobil qurilmalarning sifati, xavfsizligi, butunligi va ularga kafolat xizmati ko‘rsatilishi uchun abonentlar oldidagi barcha mas’uliyatni diler mustaqil tarzda o‘z zimmasiga oladi; Ucell Aksiya doirasida abonentlarning ehtimoliy zararlari o‘rnini qoplash va kompensatsiyalash bo‘yicha majburiyat olmaydi. 

Murojaat qoldirish

Taklif, murojaat yoki shikoyatingizni qoldiring

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.