Abonentlarga
Internet
Ma'lumot
Ko‘p so‘raladigan savollar

Ko‘p so‘raladigan savollar

3G
FAQ

3G nima?

3G atamasi yuqori tovush sifati, hamda Internetdan va multimedia xizmatlaridan yuqori tezlikda foydalanish imkoniyatini beruvchi keyingi (uchinchi) avlod standartidagi mobil aloqa xizmatlarini tavsiflash uchun ishlatiladi. Uchinchi avlod (3G) mobil tarmoqlari ikkinchi avlod (2G) tarmoqlaridan ma’lumot uzatishning kattaroq tezligi hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning keng tanlov imkoniyati va yuqori sifati bilan farqlanadi.

  • 3G amalga kiritilgandan so‘ng qanday yangi xizmatlar paydo bo‘ldi?

    Uchinchi avlod tarmoqlari amalga kiritilgandan so‘ng, quyidagi xizmatlar mavjud bo‘ldi:

    • "Video-qo‘ng‘iroq" – videotasvirlarni uzatish tufayli suhbatdoshni telefon suhbati mobaynida ko‘rish imkoniyatidir. Mobil muloqot ko‘rish imkoniyatini bermoqda!
    • "3G Internet" – Internetga GPRS ⁄ EDGE ga nisbatan yuqoriroq tezlikda kirishni ta‘minlaydi.
  • 3G Internet qanday tariflanadi?

    1Mb uzatilgan ⁄ qabul qilingan ma’lumot narxi, "3G Internet" xizmatidan foydalanilganda – abonent tarif rejasiga bog’liq.
    Prepaid abonentlari uchun Ucell Internet xizmatidan foydalanishda narxlanadigan ma’lumotning dastlabki kvotasi – 128 Kb. Keyingi kvota xajmi esa – 64 Kb.

  • 3G tarmoqlarida ma’lumotlar qanday tezlikda yetkaziladi?

    Uchinchi avlod tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish tezligini bosqichma-bosqich 7Mbit ⁄ s gacha oshirish ko‘zda tutilgan.

  • 3G Internetni qanday ulash mumkin?

    Xizmat ulashni talab qilmaydi, va Ucellning barcha abonentlariga ulangan. Faqat "Ucell Internet" xizmati bilan ishlash uchun mobil telefoningizni sozlashingiz kerak.

  • 3D dagi qo‘ng‘iroq oddiy GSM tarmog‘idagi qon‘g‘iroqdan qanday farqlanadi?

    Muhim farqlari yo‘q. Shuni aytish mumkinki, 3G da ovoz uzatish sifati yaxshiroq, hamda 3G da video-qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud.

  • Xizmat bilan ishlash uchun telefonni avtomatik sozlash mumkinmi?

    Telefoningiz uchun avtomatik sozlamalarni so‘rov orqali qabul qilish uchun 5555 raqamiga 2 soni bilan SMS yo‘llang. 5555 raqamiga SMS yo‘llashning narxi – $ 0. Agar sizning telefon modelingiz uchun sozlamalar qandaydir sabablarga ko‘ra kelmasa, ulanishni quyidagi sozlamalardan foydalanib, mustaqil sozlashingiz mumkin:

    • Sozlamalarning nomi: Ucell Internet
    • Access Point Name ⁄ Kirish nuqtasi: internet
    • Login ⁄ Foydalanuvchi ismi: (bo‘sh)
    • Password ⁄ Kalitso‘z: (bo‘sh)
    • Home page ⁄ Bosh sahifa: www.ucell.uz
  • Agar telefonni yoki cho‘ntak kompyuterini mustaqil sozlay olmasam, nima qilishim kerak?

    Agar telefoningiz MMS, WAP, GPRS-Internet avtomatik sozlamasini qo‘llamasa yoki telefonni yoki cho‘ntak kompyuterini mustaqil sozlashda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, sizga yaqin bo‘lgan Ucell xizmat ko‘rsatish shaxobchasiga yoki ofisiga yordam uchun murojjat eting va u yerda kerakli sozlamalarni amalga oshirib berishadi.

  • Xizmatga qanday ulanish mumkin?

    Xizmat yoqishni talab qilmaydi. Agar mobil telefoningiz 3G ni qo‘llamasa, telefonda 3G ⁄ GSM dan bir vaqtda foydalanish rejimini tanlashingiz yetarli va u xizmat ko‘rsatish doirasida bo‘lganda avtomatik tarzda 3G tarmog‘ini tanlab boradi. Agar qandaydir sababga ko‘ra bu narsa sodir bo‘lmasa, mobil telefoningiz menyusida 3G ⁄ GSM rejimini tanlashni qo‘lda amalga oshirishingiz lozim. 2G tarmog‘iga qo‘lda amalga oshiriladigan sozlamalar yordamida qaytishingiz mumkin. Batafsil ma’lumot uchun mobil telefoningizdan foydalanish yo‘riqnomalarini ko‘ring.

  • Telefonim 3G ni qo‘llashini qanday bilishim mumkin?

    Uyali telefoningiz texnik tavsifnomasida bu haqida oqishingiz yoki yaqin atrofdagi Ucell xizmat ko‘rsatish shaxobchasi yoki ofisiga maslahat uchun murojaat qilishingiz mumkin.

  • 3G ni qo‘llovchi telefonim hozirgi vaqtda 3G tarmog‘ini ishlatayotganini qanday bilishim mumkin?

    Telefonlarning ko‘pgina rusumlarida, 3G tarmog‘ida bo‘lganingizda, signal darajasi ko‘rsatkichi ("antenna") yonida "3G" belgisi paydo bo‘ladi. Bu hozirgi paytda telefoningiz 3G tarmog‘ini ishlatayotganini bildiradi. Telefon rusumingiz 3G tarmog‘idan foydalanishini qanday ko‘rsatishini bilish uchun telefoningizning qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga murojaat qiling.


Murojaat qoldirish

Taklif, murojaat yoki shikoyatingizni qoldiring

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!