Abonentlarga
Internet
Ma'lumot
Video-qo‘ng‘iroq

Video-qo‘ng‘iroq

"Video-qo‘ng‘iroq " – bu nutqni va tasvirni bir paytda uzatish xizmatidir. Xizmatdan foydalanib, suhbat davomida muloqot qilayotgan odamingizni nafaqat eshitishingiz, bundan tashqari bir vaqtda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

"Video-qo‘ng‘iroq" xizmati doirasida chiquvchi qo‘ng‘iroqning narxi tarif rejangizdagi chiquvchi ovozli qo‘ng‘iroq daqiqasiga teng. "Video-qo‘ng‘iroq" xizmati doirasida kiruvchi qo‘ng‘iroqlar – bepul.


Suhbatdoshlar bir vaqtda suhbat qurishlari va bir-birini mobil telefon ekranida ko‘rishlari uchun apparat menyusida "Video-qo‘ng‘iroq" chiquvchi aloqa turini tanlash va telefonni baland aloqa rejimini yoki quloq uchun moslamani ulash lozim. Telefon apparatining videokamerasi video-qo‘ng‘iroq mobaynida sizga qaratilgan bo‘lishi kerak.

Istagan paytda tasvirni uzatishni bekor qilish va yana qaytadan boshlash mumkin. Video-qo‘ng‘iroqda "qo‘ng‘iroqni kutish" xizmati qo‘llaniladi, shunday qilib, yoki ikkinchi qo‘ng‘iroqqa javob berishingiz (bu paytda Video-qo‘ng‘iroq to‘xtatiladi), yoki uni rad etishingiz mumkin.

"Video-qo‘ng‘iroq" xizmati sizda va siz qong‘iroq qilayotgan abonentda UMTS standartini qo‘llovchi mobil telefon mavjud bo‘lganda, 3G xizmat ko‘rsatish doirasida ishlaydi.

3G tarmog‘ini qo‘llamaydigan mobil telefonga ega abonent raqamiga video-qo‘ng‘iroq qilganingizda ulanish amalga oshmaydi.

"Video-qo‘ng‘iroq" vazifasi bilan ishlash xususiyatlarini mobil moslamangizdan foydalanish yo‘riqnomalarida aniqlash mumkin.

MTS va Beeline abonentlariga Video-qo‘ng‘iroqni amalga oshirish, hamda ushbu abonentlardan kiruvchi Video-qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish mumkin!

Murojaat qoldirish

Taklif, murojaat yoki shikoyatingizni qoldiring

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!