Abonentlarga
Internet
Internet xizmatlar
Internet-o‘tkazma

Internet-o‘tkazma

Internet-trafikni do‘stingiz bilan baham ko‘ring!

"Internet-o‘tkazma" xizmati yordamida o‘z Internet-trafigingizning bir qismini do‘st va yaqinlaringizga jo‘natish orqali ularni qo‘llab-quvvatlang, yoki hisobingizda Internet-to‘plam xarid qilishga yetarli mablag‘ bo‘lmagan holatlarda do‘stingizdan o‘z Internet-trafigini siz bilan baham ko‘rishini so‘rang.

Xizmatdan foydalanish uchun uni faollashtirish shart emas.
Xizmatni boshqarish . USSD-menyusi orqali amalga oshiriladi.

Internet-trafik o‘tkazish uchun so‘rov narxi - 0 so‘m.
Bitta muvaffaqiyatli o‘tkazma narxi 168.4 so‘m (mablag‘ Internet-trafik jo‘natuvchi-abonent hisobidan ushlab qolinadi).
3344 va 4433 raqamlariga chiqish SMS narxi - 0 so‘m.


Foydalanish

Do‘stidan Internet-trafik jo‘natishini so‘rash uchun, *525# USSD-menyusi ko‘rsatmalariga rioya etib, jo‘natuvchi-abonent raqamini 998YYXXXXXXX formatida, va so‘ralayotgan Internet-trafik hajmini (1 dan 100 MBgacha) kiritish kerak.

Internet-trafik jo‘natishni tasdiqlash uchun jo‘natuvchi-abonent "3344" raqamidan kelgan SMS-bildirishnomaga "1" javobini yuborishi, jo‘natishni rad etish uchun esa "0" javobini yuborishi yoki javob bermasligi lozim.

Jo‘natuvchi-abonentdan Internet-trafikni kutish vaqti – 30 daqiqa.
Agar Internet-trafik o‘tkazmasi amalga oshmasa, u holda Internet-trafik so‘ragan abonent va jo‘natuvchi-abonent o‘tkazma muvaffaqiyatsiz bo‘lganligi haqida SMS-bildirishnoma oladilar.

Do‘stiga Internet-trafik jo‘natish uchun, *525# USSD-menyusi ko‘rsatmalariga rioya etib, qabul qiluvchi-abonent raqamini 998YYXXXXXXX formatida, va jo‘natiladigan Internet-trafik hajmini (1 dan 100 MBgacha) kiritish kerak.

Internet-trafik qabul qilishni tasdiqlash uchun qabul qiluvchi-abonent "4433" raqamidan kelgan SMS-bildirishnomaga "1" javobini yuborishi, qabul qilishni rad etish uchun esa "0" javobini yuborishi yoki javob bermasligi lozim.

Internet-trafikni qabul qiluvchi-abonentdan javob kutish vaqti – 30 daqiqa.
Agar Internet-trafik o‘tkazmasi amalga oshmasa, u holda Internet-trafik so‘ragan abonent va jo‘natuvchi-abonent o‘tkazma muvaffaqiyatsiz bo‘lganligi haqida SMS-bildirishnoma oladilar.

Xizmatni boshqarish
Xizmatni boshqarish *525# USSD-menyusi orqali amalga oshiriladi:
*525#
1
MB so‘rash
2
MB jo‘natish
3
Jo‘natilgan/qabul qilingan MBlar miqdori
4
Xizmatni o‘chirish
5
Xizmatni qayta ulash
6
Holatini tekshirish
7
Holatini tekshirish
Qabul qilingan Internet-trafik qoldig‘ini tekshirish *108#.
Сheklovlar
Internet-trafikni jo‘natuvchi va/yoki qabul qiluvchilar uchun cheklovlar
  • Faqat Oylik Internet-to‘plamlar va "Buyurtma to‘plam" Internet-xizmati doirasida xarid qilingan Internet-trafiknigina jo‘natish/qabul qilish mumkin; bunda, "Internet-o‘tkazma" xizmati doirasida o‘tkazilgan trafikni jo‘natish/qabul qilish mumkin emas;
  • “Qulay Internet” va “ONLINE” tarif rejalari doirasida taqdim etiladigan tungi Internet-trafik o‘tkazish/qabul qilish uchun mavjud emas;
  • bir martalik Internet-trafik o‘tkazmasining minimal hajmi: 1 MB;
  • bir martalik Internet-trafik o‘tkazmasining maksimal hajmi: 100 MB;
  • qabul qiluvchi-abonent uchun bir kunlik Internet-trafik o‘tkazmalarining maksimal hajmi: 500 MB;
  • jo‘natuvchi-abonent uchun bir kunlik Internet-trafik o‘tkazmalarining maksimal hajmi: 500 MB;
  • qabul qiluvchi-abonent uchun bir sutkada muvaffaqiyatli o‘tkazmalarning maksimal soni: 5 ta;
  • jo‘natuvchi-abonent uchun bir sutkada muvaffaqiyatli o‘tkazmalarning maksimal soni: 5 ta;
  • agar o‘tkaziladigan trafikning amal qilish muddati 24 soatdan kam bo‘lsa, trafikni o‘tkazib bo‘lmaydi;
  • jo‘natiladigan/so‘raladigan Internet-trafik hajmi 1 dan 100 gacha bo‘lgan butun sonda, yoki, butun va kasr qismi orasida ajratuvchi sifatida nuqtadan foydalangan holda kasrli sonda ko‘rsatilishi lozim;
  • abonentning javobini kutish vaqti: 30 daqiqa.
Foydalanish shartlari
  • Faqat faol holatdagi abonentlargina Internet-trafik jo‘nata oladilar.
  • Faqat faol holatdagi abonentlargina Internet-trafik qabul qila oladilar.
  • Qabul qilingan Internet-trafikdan abonent faqat faol holatda bo‘lganidagina foydalana oladi.
  • Qabul qilingan Internet-trafik avvalgi olinganining qoldig‘iga qo‘shiladi, ammo uning amal qilish muddatini uzaytirmaydi.
  • *108# raqamiga USSD-so‘rov vositasida bonusni tekshirishda o‘tkazilgan barcha Internet-trafikning umumiy miqdori aks ettiriladi, ularning amal qilish muddati esa oxirgi o‘tkazmaga muvofiq ko‘rsatiladi.
  • Qabul qilingan Internet-trafik tarif doirasida belgilangan Internet-trafikdan, shuningdek, soat 01:00 dan 09:00 gacha bo‘lgan muddatda foydalanganlik uchun bonus tarzida belgilangan Internet-trafikdan keyin sarflanadi.
  • "Internet-o‘tkazma" xizmati doirasida o‘tkazilgan, amal qilish muddati ertaroq tugaydigan Internet-trafik birinchi bo‘lib sarflanadi.
  • O‘tkazilgan Internet-trafikning amal qilish muddati: 7 kun.
  • Mazkur xizmatdan (MB so‘rash va o‘tkazish) sukut bo‘yicha Ucellning barcha Prepaid abonentlari foydalana oladilar.
Tavsiya etilgan xizmatlar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.