Abonentlarga
Internet
Internet xizmatlar
Yangi "Oylik 4G Interet-to‘plamlar"

Yangi "Oylik 4G Interet-to‘plamlar"

Endi Ucelldan 4G Internet har bir abonent uchun amal qiladi!

Ucell yangi Oylik Internet to‘plamlarini taqdim qilmoqda. To‘plamlardan biriga bir marta ulaning va har 30 kunda yangi to‘plamga ega bo‘ling. To‘plamlar avtomatik tarzda belgilanadi.

To‘plamlarni faollashtirish/boshqarish:

Xizmatni bekor qilish: *555*5*10*2#

*Xizmat bekor qilingan holda sarflanmagan Internet-trafik qoldig'i bekor qilinadi.


To'plamlar
To‘plamlar
Narxi
Bonus (faqat 4G tarmog‘ida)
Amal qilish muddati
"Uy uchun Ucell Wi-Fi"
105 250 s‘om
TAS-IX hududida cheksiz trafik va 10 Mbit/soniyagacha tezlikdagi Internet uchun 10 000 MB
Har 30 kunda
"Uy uchun Ucell Modem"
63 150 s‘om
TAS-IX hududida cheksiz trafik va 10 Mbit/soniyagacha tezlikdagi Internet uchun 5 000 MB
Har 30 kunda
Faollashtirish shartlari
  • Xizmatni faollashtirish Ucell Kompaniyasining haqi oldindan to‘lanuvchi tizim abonentlari uchun amal qiladi;
  • Xizmatni faollashtirish uchun so‘rov yuborilgach, xizmatning muvaffaqiyatli belgilanganligini tasdiqlovchi SMS-xabarning kelishini kutish lozim. Agar Siz bunday SMS-xabar olmagan bo‘lsangiz, xizmat faollashganligini tekshirish uchun *555*5*10*1# USSD-so‘rovidan foydalanishni tavsiya etamiz;
  • Internet-to‘plam uchun abonent to‘lovi har 30 kunda yechiladi;
  • To‘plamga kiritilgan yuqori tezlikdagi trafik hajmi abonent to‘lovi yechilganidan keyin 30 kunlik muddatga belgilanadi;
  • Agar abonent to‘lovi yechilish paytida abonent hisobida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, to‘plam belgilanmaydi va toki abonent to‘lovi yechilguniga qadar amal qilmaydi. Xizmat oyning istalgan kunida bekor qilinishi, shuningdek yangidan faollashtirilishi mumkin;
  • Internet-to‘plamni qaytadan ulash uchun amaldagi Internet-to‘plamni bekor qilish va yangisini ulash lozim, bunda joriy Internet-to‘plamdagi sarflanmagan trafik bekor qilinadi;
  • To‘plamning amal qilish muddati oxirgi faollashtirilgan to‘plamning amal qilish muddatiga teng qilib o‘rnatiladi.
Agar abonent quyidagi xizmatlardan biriga ulangan bo‘lsa, u "Oylik 4G Interet-to‘plamlar"ni faollashtira olmaydi:
  • "Cheksiz Ineternet-to‘plam"
  • "Ota-onalar nazorati"
  • "Cheksiz Odnoklassniki"
  • "Cheksiz Mail.Ru Agent"
  • "Ucell Portal".
  • "Cheksiz tun"

Yoki quyidagi ulanish to‘plamlaridan birini faollashtirgan bo‘lsa ham, u "Oylik 4G Interet-to‘plamlar"ni faollashtira olmaydi:
  • "Huawei P7"
  • "Galaxy Ace"
  • "Modem", "Modem+"
  • "Modem Turbo+"
  • "Cheksiz tun".

Shuningdek, aksincha tartibda – agar abonent "Oylik 4G Interet-to‘plamlar"ni faollashtirgan bo‘lsa, yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlarga ulana olmaydi va ulanish to‘plamlaridan birini faollashtira olmaydi.
Xizmat shartlari
  • Xizmatdan raqami Faol holatda bo‘lgan Ucell abonentlari foydalanishlari mumkin;
  • Belgilangan limit tugagach, xizmatning amal qilish muddati tugaguniga qadar barcha tarmoqlarda (4G, 3G, 2G) Internet tezligi 64 Kbit/soniyagacha qilib o‘rnatiladi;
  • Internet-to‘plamlarning avtomatik belgilanish funksiyasi yoqilgan bo‘lsa, to‘plam faollashtirilgan kundan 30 kun o‘tganidan so‘ng, hisobda yetarli miqdorda mablag‘ bol‘sa, tizim avval xarid qilingan to‘plamga teng bo‘lgan yangi to‘plamni belgilaydi. Ushbu holatda yuqori tezlik uchun ajratilgan trafik nolga tenglashtiriladi. Yangi Internet-to‘plamning trafigi, to‘plam faollashtirilganidan/avtomatik belgilanganidan keyingi 31-kunga o‘tar tunda, soat 00:00 da, narxi hisobdan yechilgach belgilanadi;
  • Internetdan foydalana boshlashdan avval, qo‘shimcha xarajatlarning oldini olish uchun, yangi to‘plamning belgilanganligini tekshirish lozim;
  • Avtomatik tarzda belgilash funksiyasi so‘nggi belgilangan to‘plam shartlariga muvofiq amalga oshiriladi;
  • To‘plamni *555*5*10*2# USSD-so‘rovi yordamida o‘chirish mumkin;
  • Agar abonent hisobida to‘plamning avtomatik belgilanishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, u holda xizmat bloklanadi va trafik uchun abonent asosiy hisobdan to‘lay boshlaydi; bunda cheksiz tezlikdagi limitlar to‘plamlar shartlariga mos bo‘ladi;
  • Amaldagi to‘plamning amal qilish muddati oxirgi faollashtirilgan Internet-to‘plamning amal qilish muddatiga teng qilib o‘rnatiladi;
  • Agar xizmatni faollashtirish paytida internetdan foydalanayotgan bo‘lsangiz, xizmatning to‘g‘ri taqdim etilishi uchun internet-sessiyani to‘xtatib, xizmatni faollashtirishingiz tavsiya etiladi va shundan keyin Internetda ishlashni davom ettirishingiz mumkin.
Bilish muhim!
Xizmatni faollashtirish faqatgina xizmat belgilanganligi haqidagi SMS-xabar kelgan paytda amalga oshiriladi. Agar Siz bunday SMS-xabar olmagan bo‘lsangiz, xizmat faollashganligini tekshirish uchun *555*5*10*1# USSD-so‘rovidan foydalanishni tavsiya etamiz. Agar to‘plam faol bo‘lmasa, Internet xizmatlari Sizning tarif rejangizga muvofiq narxlanadi. Bunday hollarda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun Kompaniya qayta hisob-kitobni amalga oshirmaydi.
"Oylik 4G Interet-to‘plamlar"ni sotib olishdan oldin 4G qamrov xaritasi bilan bu yerda tanishib chiqishingizni tavsiya etamiz.

Muhim!
To‘plamga kiritilgan bonusdan faqatgina 4G tarmog‘ida foydalanish mumkin; agar SIM-karta 3G yoki 2G tarmoqlariga ulansa, Internet xizmatlari abonentning tarif rejasiga muvofiq narxlanadi. Internet uchun qo‘shimcha xarajatlarning oldini olish maqsadida, qurilma sozlamalarida parametrlarni "Faqat 4G" tarzida o‘rnatishni qattiq tavsiya qilamiz.
Yuklangan (TAS-IX hududidagi ham) torrent fayllar (yuklangan fayllar, torrent protokollari, bittorrent) uchun, to'plam doirasida belgilangan trafik sarf etiladi.

TAS-IX hududiga kiruvchi IP-manzillar ro‘yxatini bu yerdan ko‘chirib olish mumkin. To'plamlar doirasidagi chegirma Web (HTTP va HTTPS) saytlardan faydalanishda amal qiladi. 
Agar TAS-IX hududida, deb hisoblangan sayt yuqorida ko‘rsatilgan IP-manzillar doirasiga kirmasa, unga sarflangan trafik uchun mas’uliyatni Kompaniya o‘z zimmasiga olmaydi.

Hurmatli sayt egasi!
Agar Siz bizning ro‘yxatimizda o‘z IP-manzilingizni topmagan bo‘lsangiz, 4G@ucell.uz manzili orqali bizga yozib yuboring va biz albatta Siz bilan bog‘lanamiz.

Barchasi oson, tez, qulay! Ucelldan 4G bilan!

Murojaat qoldirish

Taklif, murojaat yoki shikoyatingizni qoldiring

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.