Abonentlarga
Internet
Internet xizmatlar
Ucelldan "Tungi Internet"!

Ucelldan "Tungi Internet"!

Ucelldan "Tungi Internet" aksiyasi – bu atigi $2 evaziga tungi soat 1:00 dan 9:00 gacha Internetdan foydalanish Imkoniyatidir.

Ulanish narxi– $2

Faollashtirish: *616#

Bekor qilish: *616*3*1#


Faollashtirish tartibi
Faollashtirish uchun *616# raqamiga USSD-so‘rov jo‘natib, menyu ko‘rsatmalariga rioya qiling.

*616# raqamiga USSD-so‘rov jo‘natgandan so‘ng 2 xil opsiyadan birini tanlash imkoniyati bo‘ladi:
  • Barcha tarmoqlarda (2G/3G/4G) Sizga maksimal tezlikdagi 5000 MB taqdim etiladi. Berilgan trafik limiti tugaganidan so‘ng, Internet tezligi 64 Kb/soniyaga teng bo‘ladi;
  • Faqat 4G tarmog‘i uchun Sizga maksimal tezlikdagi 10000 MB taqdim etiladi. Berilgan trafik limiti tugaganidan so‘ng, Internet tezligi 64 Kb/soniyaga teng bo‘ladi.
Muhim!
"Faqat 4G tarmog‘i uchun" kiritilgan opsiyadan faqatgina 4G tarmog‘ida foydalanish mumkin; agar SIM-karta 3G yoki 2G tarmoqlariga ulansa, Internet xizmatlari abonentning tarif rejasiga muvofiq narxlanadi. Internet uchun qo‘shimcha xarajatlarning oldini olish maqsadida, qurilma sozlamalarida parametrlarni "Faqat 4G" tarzida o‘rnatishni qattiq tavsiya qilamiz.
Xizmat shartlari
  • Xizmat doirasida Internet-trafikni faollashtirish va undan foydalanish imkoni faqat faol holatda bo‘lgan haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish tizimi (Prepaid) abonentlari uchungina mavjud;
  • $2 lik to‘lov bir marta, xizmat amal qilishining bitta muddati (tungi soat 01:00 dan 09:00 gacha) uchun yechiladi. Xizmatning amal qilish muddatini yana bir tungi muddatga uzaytirish uchun abonent xizmatni takroriy faollashtirishi kerak. Xizmatning amal qilish muddati faollashtirilganidan boshlab 24 soatni tashkil etadi;
  • Soat 9:00 dan 1:00 gacha sarflangan Internet-trafik tarif rejasiga asosan narxlanadi;
  • "Maksimal Internet" xizmati, Internet Mega BOOM, Cheksiz Internet-to‘plamlari, 4G Internet-to‘plamlari faollashtirilgan, TP "OK", "Smartfon" va "Modem", "Modem+", "Modem Turbo+" to‘plamlari bo‘yicha bonuslar mavjud bo‘lgan paytda xizmatni ulash imkoni yo‘q.
  • Xizmatni faollashtirish uchun USSD-so‘rov yuborgach, xizmat muvaffaqiyatli faollashtirilganligini tasdiqlovchi SMS-xabarni kutish kerak. Aksiyadagi ishtirokingiz tasdiqlanmagan holda Kompaniya e’tirozlarni qabul qilmaydi va qayta hisob-kitobni amalga oshirmaydi;
  • Xizmatni o‘chirish – *616*3*1#.
  • Agar xizmatni faollashtirish paytida Internetdan foydalanayotgan bo‘lsangiz, Internet-sessiyani uzib, USSD-so‘rov orqali ulanishingiz va Internet-sessiyani qaytadan ulashingiz lozim. Xizmat faollashtirilganidan keyingi 24 soat davomida xizmatni faollashtirish uchun boshqa so‘rov qabul qilinmaydi;
  • 5000/10000 MB trafik sarflanganidan so‘ng, Internet tezligi 64 Kbit/soniyagacha cheklanadi;
  • Xizmatning to‘g‘ri ishlashi uchun soat 01:00 va 09:00 da Internet-sessiyani uzib, keyin qaytadan ulash lozim.
"Tezlikni oshirish" funksiyasi

"Tezlikni oshirish" funksiyasi

  • Funksiyani faqat Ucellning "Tungi Internet" xizmatiga ulangan holatdagina faollashtirish mumkin;
  • Funksiya 00:00 dan 09:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida faollashtirilsa, Sizga maksimal tezlikdagi 5000 MB trafik limiti taqdim etiladi, Ucellning "Tungi Internet" xizmatidagi limit esa nolga tenglashtiriladi;
  • Funksiya 09:00 dan 00:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida faollashtirilsa, Sizga maksimal tezlikdagi 10000 MB trafik limiti taqdim etiladi;
  • Yuqoridagilarga ko‘ra, "Tezlikni oshirish" funksiyasini faqatgina belgilangan vaqtda va "Tungi Internet" xizmati faol bo‘lganida faollashtirish mumkin;
  • "Tezlikni oshirish" funksiyasining amal qilish muddati Ucellning "Tungi Internet" xizmati amal qilish muddatiga teng.

4G tarmog‘i uchun "Tezlikni oshirish" funksiyasi:
  • Funksiyani faqat Ucellning "Tungi Internet" xizmatiga ulangan holatdagina faollashtirish mumkin;
  • Funksiya 00:00 dan 09:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida faollashtirilsa, Sizga maksimal tezlikdagi 10000 MB trafik limiti taqdim etiladi, Ucellning "Tungi Internet" xizmatidagi limit esa nolga tenglashtiriladi;
  • Funksiya 09:00 dan 00:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida faollashtirilsa, Sizga maksimal tezlikdagi 20000 MB trafik limiti taqdim etiladi.
  • Yuqoridagilarga ko‘ra, "Tezlikni oshirish" funksiyasini faqatgina belgilangan vaqtda va "Tungi Internet" xizmati faol bo‘lganida faollashtirish mumkin;
  • "Tezlikni oshirish" funksiyasining amal qilish muddati Ucellning "Tungi Internet" xizmati amal qilish muddatiga teng.

Murojaat qoldirish

Taklif, murojaat yoki shikoyatingizni qoldiring

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!