Abonentlarga
Internet
Internet xizmatlar
"Buyurtma to'plam" Internet-xizmati

"Buyurtma to‘plam" Internet-xizmati

Sizga 1.5 GB yetarli emas, 2 GB esa ortiqchalik qiladimi?

Endi kerakli Internet-trafik hajmini o‘zingiz tanlaysiz. 1 dan 50 000 MBgacha bo‘lgan o‘z to‘plamingizga buyurtma bering va uni darhol faollashtiring.

Faollashtirish: *444#

Trafik qoldig‘ini tekshirish: *107#

To‘plam doirasidagi MBlarning amal qilish muddati: faollashtirilgan kundan boshlab 30 kun.


Trafik miqdori va narxlar

Sizga ma’lum qilamizki, "Buyurtma to‘plam" Internet-xizmatini taqdim etish shartlariga 12.04.2017 sanasidan quyidagi o‘zgarishlar kiritiladi: 

Guruh Guruhdagi
MBlarning
minimal miqdori
Guruhdagi
MBlarning
maksimal
miqdori
To‘plamdagi
maksimal
qiymat, $
Guruhdagi
har bir MB
narxi, $
MBlarning
amal qilish
muddati
1 1 50 1.25 0.025 30 dney
2 51 150 3.25 0.02 30 dney
3 151 300 4.75 0.01 30 dney
4 301 1000 9.65 0.007 30 dney
5 1001 2000 15.65 0.006 30 dney
6 2001 10000 38.05 0.0028 30 dney
7 10001 16000 47.05 0.0015 30 dney
8 16001 50000 70.85 0.0007 30 dney

Tanlangan MBlar miqdorining qiymati quyidagi formulaga muvofiq tarzda hisoblanadi: ("Tanlangan limit" – "Oldingi guruh uchun guruhdagi MBlarning maksimal miqdori") * "Guruhdagi har bir MB narxi" + "Oldingi guruh uchun to‘plamdagi maksimal qiymat".

Misol: 550 MB tanlanganida – (550-300)*$0.007+$4.75=$6.5
Shartlar
  • Xizmat 27.03.2017 yildan 27.03.2018 yilga qadar amal qiladi
  • To‘plam doirasidagi trafikning amal qilish muddati 30 kun;
  • Mazkur Internet-xizmat doirasida qayta trafik xarid qilinganida, agarda amaldagi Internet-to‘plamning muddati tugamagan bo‘lsa, yangi to‘plamga kiritilgan trafik avvalgisining qoldig‘iga qo‘shiladi.
  • Trafikning amal qilish muddati oxirgi faollashtirilgan to‘plamning amal qilish muddatiga ko‘ra o‘rnatiladi.
  • "Buyurtma to‘plam" xizmatiga kiruvchi trafikdan faqat raqam Faol holatda bo‘lganidagina foydalanish mumkin.
  • Internetdan foydalanayotgan bo‘lsangiz, xizmatning to‘g‘ri taqdim etilishi uchun internet-sessiyani to‘xtatib, xizmatga ulanishingiz tavsiya etiladi va shundan keyin Internetda ishlashni yana davom ettirishingiz mumkin.
  • Xizmat doirasida 1 MB dan 50 000 MBgacha xarid qilish mumkin. Faqat to‘liq hajmdagi MB sotib olish imkoni mavjud. Misol uchun: 10.5 MB faollashtirish imkoni mavjud emas.
  • Abonent noto‘g‘ri belgi kiritgani uchun o‘zi mas’ul bo‘ladi.
  • "Buyurtma to‘plam" Internet-xizmatini faollashtirish abonentdagi oylik Internet-to‘plamlarning bekor qilinishiga olib keladi. Bunda foydalanilmagan megabaytlar kuyib ketmaydi, balki ularning amal qilish muddati "Buyurtma to‘plam" Internet-xizmatining amal qilish muddatiga ko‘ra o‘rnatiladi;
  • Oylik Internet-to‘plamlarni faollashtirish holatida, "Buyurtma to‘plam" Internet-xizmati doirasida belgilangan megabaytlarning amal qilish muddati oylik Internet-to‘plamlarning amal qilish muddatiga ko‘ra o‘rnatiladi.
Kim faollashtira oladi?
Xizmatni faqat haqi oldindan to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimi (Prepaid) abonentlari faollashtira oladilar;

Xizmat quyidagi tarif rejalari abonentlari uchun amal qiladi:
  • Omadli
  • Omadli+
  • Aniq
  • Online
  • Erkin suhbat
  • Aniq+
  • FRESH
  • OK
  • Oddiy
  • VIP
  • Do‘stlar orasida
  • Qulay Internet
  • Ko‘proq
  • Best
  • Ijobiy
  • Minnatdormiz!
  • Oson hisob
  • Diyorim
  • Easy
  • Special
  • Baxtli 25

Murojaat qoldirish

Taklif, murojaat yoki shikoyatingizni qoldiring

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!