Abonentlarga
Internet
Cheksiz xizmatlar
0.Facebook xizmati

0.Facebook xizmati

"0.Facebook" xizmati Facebook tarmogʻida doʻstlaringiz bilan mobil telefoningiz orqali sarf boʻlayotgan trafik haqida oʻylamasdan, bepul muloqot qilish imkonini beradi.

Shunchaki mobil telefoningizda quyidagi internet manzillardan birini tering va sizga Facebook tarmogʻining bepul versiyasi taqdim etiladi:

Xizmatga ulanish shart emas!


Nol-versiyasi

Facebook tarmog’ining nol-versiyasi orqali saytning barcha standart xizmatlaridan foydalana olishingiz mumkin:

  • Statusni yangilash;
  • Yangiliklarini oʻqish;
  • Maqolalar, doʻstlar statusi va guruh mulohazalarida qatnashish;
  • Doʻstlaringiz va guruhlar devorida oʻz mulohazangizni qoldirish;
  • Xatlar qabul qilish va yuborish.

Tarmoqning nol-versiyasi faqatgina matnli ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. Multimedia servislariga (rasmlar, videolar va boshqa saytlar havolalariga) murojaat etilgan holatda abonent "0.Facebook" xizmati hududini tark etadi va keyingi foydalanilgan trafik amaldagi tarif rejasiga binoan narxlanadi. Bunday holatlarda tizim sizni bepul xizmat hududini tark etayotganingiz haqida ogohlantiradi.

Xizmat shartlari
  • Xizmat faqatgina mobil telefon ishlab chiqaruvchisi tomonidan oʻrnatilgan brauzer orqali ishlaydi. E’tibor bering! Abonent boshqa  brauzerlarni oʻrnatib (masalan, Opera Mini), yoki Facebook dasturlari orqali, yo boʻlmasa shaxsiy kompyuter orqali xizmatdan foydalangan holda, Ucell xizmat bepul ishlashiga kafolat bermaydi;
  • Xizmatdan faqat Prepaid tizimi abonentlari foydalanishlari mumkin;
  • Xizmat xorijiy davlatlar hududida xalqaro rouming xizmatidan foydalanayotgan abonentlar uchun taqdim etilmaydi 

Ucell. Hayotni yaxshilik sari o‘zgartirib!


Murojaat qoldirish

Taklif, murojaat yoki shikoyatingizni qoldiring

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!