Abonentlarga
Internet
Cheksiz xizmatlar
Twitter Zero

Twitter Zero

Twitter Zero xizmati Sizga hech qanday toʻlovlarsiz mobil telefoningiz orqali Tvitlar joʻnatish va oʻqish imkonini beradi, Siz oʻzingiz uchun muhim boʻlgan barcha muhim voqealardan boxabar bo’lasiz.

Xizmatga ulanish shart emas - mobil telefoningizdan http://mobile.twitter.com sahifasini ochsangiz kifoya, Siz shu zahoti saytning mobil versiyasiga oʻtasiz.


Nol-versiyasi

Saytning mobil versiyasidan foydalanarkansiz, Siz:

  • Tvitlar joʻnatishingiz va oʻqishingiz
  • Boshqalarning sahifalaridagi yangiliklarga obuna boʻlishingiz va oʻz obunachilaringizni koʻrishingiz
  • Shaxsiy xabarlar va h.k.lar  joʻnatishingiz va bunday xabarlarga javob berishingiz mumkin boʻladi.

Saytning mobil versiyasi faqat matnlardan iborat boʻladi. Multimedia mahsulotlari va qoʻshimcha manbalarni yuklar ekansiz, Siz "Twitter Zero" xizmati doirasidan chiqqan hisoblanasiz va ushbu harakatingiz tariflanishi mumkinligi haqida ogohlantirilasiz.

Xizmat shartlari

Xizmatni taqdim qilish shartlari:

  • Xizmat abonent foydalanayotgan telefon ishlab chiqaruvchisining brauzeri bilan ishlaydi. Diqqat! "Tashqi" mobil brauzerlar (masalan, Opera Mini), Twitter ilovalari ishlatilganda, shuningdek, xizmatdan kompyuter yordamida foydalanilganda, Ucell trafik bepul boʻlishi va tariflanmasligiga kafolat bermaydi.
  • Xizmat faqat Prepaid tizimi abonentlari uchun amal qiladi.
  • Xizmat  xorijda, xalqaro roumingda bo’lgan abonentlar uchun amal qilmaydi.

Ucell. Hayotni yaxshilik sari o‘zgartirib!


Murojaat qoldirish

Taklif, murojaat yoki shikoyatingizni qoldiring

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!