Horijga safar qilayotgan abonentlar uchun

XALQARO AVTOMATIK ROUMING (XАR) – Bu xizmat orqali Ucell abonentlari O‘zbekiston raqamini horijiy uyali aloqa kompaniyalarining taqmog‘ida bo‘lganlarida ishlatishlari mumkin faqat bu kompaniya bizning rouming-hamkorimiz bo‘lishi shart.

Bugungi kunda Ucell dunyoning 160 dan ziyod mamlakatida va 330 dan ziyod mobil operatorlar tarmoqida avtomatik rouming xizmatini taqdim eatadi.

Rouming-hamkor operatorlarining tarmoqlarida qilingan barcha qo‘ng‘iroqlar uchun to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining valyutasi – SO‘M da amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lmagan shaxslar, kompaniyamizning belgilangan tariflari bo‘yicha AQSH dollarida to‘lovni amalga oshiradilar.

Hisobingizdagi mablag‘ $ 50 dan kam bo‘lgan holda Ucell XAR xizmatini to‘htatib qo‘yish huquqini saqlab qoladi. Hisobingidagi mablag‘ QQSni hisobga olgan holda $ 100 yoki undan ko‘p bo‘lgan holda XAR xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

XAR (Xalqaro Avtomatik Rouming) xizmatini faollashtirish usuli.

Sizning tashrif buyuradigan manzilingizda XAR xizmati taqdim etilishi haqida ma‘lumot olishni unutmang. Ortiqcha vaqtni sarf qilmaslik va tushunmovchiliklarni oldini olish uchun, kompaniyamizning Bosh Ofisiga murojaat qilishingizni tafsiya etamiz.

Nomlanish Narxi
XAR xizmatiga ulanish $ 0
Oylik abonent to‘lovi $ 0
Tavsiya etiladigan to‘lovoldi $ 100 va undan oshiq

O‘zbekistondan tashqarida bolganlarida chiqish qo‘ng‘iroqlarini terish qoidalar:

Rouming-operatorlari tarmog‘idan O‘zbekistonga: +998 (shahar ⁄ operator kodi) (abonent raqami)
Ucell abonenti raqamiga: +998 93 (abonent raqami) yoki +998 94 (abonent raqami)
Xalqaro raqamga: + (mamlakat kodi) (shahar ⁄ operator kodi) (abonent raqami)

Aloqa bo‘yicha muammolar mavjud bo‘lsa, nimalar qilish kerak.

Eng avvalo, telefoningiz Ucell rouming xamkori tarmog‘iga to‘g‘ri sozlanganliga e‘tibor bering. Telefoningiz Ucell rouming xamkori tarmog‘iga sozlana olmasa, uni o‘zingiz sozlashingiz lozim bo‘ladi. Sozlash qoidalari mobil telefoningizning ko‘rsatmalar kitobchasida yoki apparatingizning menyusida ko‘rsatilgan.

Telefoningizni mustaqil ravishda sozlay olmasangiz, unda O‘zbekistondagi abonent xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, muammoingiz haqida xabar qilishingiz lozim.

Ucell ning 24 soatlik abonentlarga xizmat ko‘rsatish xizmati raqamlariga murojaat qiling: +998 93 1800000, +998 93 1810000 va biz savollaringizga javob beramiz.

Rouming tariflari haqida batafsil.



0
Like