Abonentlarga
Xizmatlar
Hisobni to'ldirish
Ucelldan "U-to‘lov" to‘lov vositasi

Ucelldan "U-to‘lov" to‘lov vositasi

"U-to‘lov" bor – pul bor!

"U-to‘lov" – bu Ucell abonentlari uchun maxsus ishlab chiqilgan, UZCARD Online-karta yordamida elektron to‘lovlarni amalga oshirish uchun qulay yangi to‘lov vositasidir!

Xizmat bepul taqdim etiladi.


Xizmatdan foydalanish 

Siz bir nechta oddiy qadamni amalga oshirib, xizmatga ulanishingiz mumkin:

  1.   Eng yaqin bankda yoki bankomatda "SMS-xabarnoma" xizmatini yoqtiring.
  2.   Bank to‘lov kartasini "U-to‘lov"ga bog‘lang:
  • *888*bank kartasi raqami*bank kartasining amal qilish muddati# (*888*8600XXXXXXXXXXXX*MMYY#) USSD-buyrug‘ini tering;
  •  Faollashtirilayotgan bank plastik UZCARD kartasida mazkur xizmat ulanishi rejalashtirilgan abonent raqamiga "SMS-xabarnoma" xizmati yoqilgan bo‘lishi lozim.
  •  *888# tering va "USSD-buyruqlar" menyusida "Sozlamalar -> PIN-kod sozlamalari"ga kiring;
  1.    5 raqamdan iborat betakror PIN-kod o‘rnating. O‘z PIN-kodingizni begona shaxslarga bermang va ko‘rsatmang.


Endi "U-to‘lov" to‘lov vositasi foydalanishga tayyor!

To‘lov vositasining o‘ziga xosliklari:

  • Xizmatni *888# USSD-so‘rovi yordamida boshqarish mumkin;
  • Xizmatdan foydalanish hamma abonentlari uchun ochiq;
  • Bank to‘lov kartasini "U-to‘lov"ga bog‘lashdan avval "SMS-xabarnoma" xizmati yoqilishi shart;
  • Jismoniy shaxs bo‘lgan Prepaid va Postpaid tizimlari abonentlari o‘zlarining hisoblarini, shuningdek, Prepaid va Postpaid tizimlaridagi boshqa abonentlarning hisoblarini 500 dan 500000 so‘mgacha miqdorda to‘ldira oladilar;
  • Yuridik shaxs bo‘lgan Postpaid tizimi abonentlari esa, Prepaid va Postpaid tizimlaridagi jismoniy shaxs bo‘lgan abonentlarning hisoblarini 500 dan 500000 so‘mgacha miqdorda to‘ldira oladilar;
  • Prepaid va Postpaid tizimlarining barcha abonentlari boshqa operatorlarning to‘lov ruxsat etilgan abonentlari hisoblarini, shuningdek, Internet-provayderlar foydalanuvchilarining shaxsiy hisoblarini to‘ldira oladilar.
Savollar va javoblar

1-savol: Men U-to‘lov xizmatidan qanday shartlar bilan foydalanishim mumkin?
1-javob: U-to‘lov xizmatidan foydalanish uchun siz Ucell kompaniyasining haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish tizimi (Prepaid) abonenti bo‘lishingiz kerak. Faollashtirilayotgan bank plastik UZCARD kartasida mazkur xizmat ulanishi rejalashtirilgan abonent raqamiga "SMS-xabarnoma" xizmati yoqilgan bo‘lishi lozim.

2-savol: Nechta bank plastik kartasini faollashtirish mumkin?
2-javob: Siz o‘z profilingizda 6 tagacha bank plastik kartasini faollashtirishingiz mumkin.

3-savol: Mazkur servisda qanday xizmatlar mavjud?
3-javob: Siz jismoniy shaxs bo‘lgan istalgan Ucell abonentining hisobini 500 dan 500 000 so‘mgacha miqdorda to‘ldirishingiz mumkin.

4-savol: Nega men PIN-kod o‘rnatishim lozim va u qanday bo‘lishi kerak?
4-javob: PIN-kodni to‘lovlar o‘tkazishni himoyalash uchun o‘rnatish lozim. Siz o‘z xohishingizga ko‘ra istalgan beshta raqamli PIN-kod o‘rnatishingiz mumkin. PIN-kod o‘rnatilganidan keyin to‘lov vositasining barcha funksiyalaridan foydalana olasiz.
Eslatma: O‘z PIN-kodingizni begona shaxslarga bermang.

5-savol: Ushbu xizmatdan foydalanishni to‘xtatish uchun nima qilish kerak?
5-javob: Buning uchun "Sozlamalar" menyusida "Kartani o‘chirish" bandiga kirish va profilga bog‘langan barcha faol kartalarni o‘chirish kerak. Amalni tasdiqlash uchun avval o‘rnatilgan PIN-kodni kiritish lozim. Bog‘langan barcha kartalar o‘chirilganidan keyin profil bekor qilinadi va avval o‘rnatilgan PIN-kod ham yo‘q qilinadi.

6-savol: Agar men "U-to‘lov" to‘lov vositasidagi o‘z PIN-kodimni unutib qo‘ysam nima bo‘ladi?
6-javob: PIN-kod ketma-ket 3 marta noto‘g‘ri kiritilganida, abonentning "U-to‘lov" to‘lov vositasidagi profili sozlamalarini o‘chirish opsiyasi taklif etiladi; undan so‘ng bank plastik kartasini "U-to‘lov"ga bog‘lab, qaytadan profil ochish va PIN-kod o‘rnatish kerak bo‘ladi.

Ommaviy oferta
Abonent hisobini to‘ldirish imkoniyatini taqdim etish uchun " U-to‘lov " To‘lov vositasidan foydalanish bo‘yicha Ommaviy oferta

1. Atamalar va tavsiflar.


1.1. Operator – "COSCOM" MCHJ XK, Ucell savdo belgisi.
1.2. Bank plastik kartasi (BPK) – O‘zR tijorat banki tomonidan chiqarilgan, BPK sohibi (egasi)ning tegishli bankda hisobi mavjudligini tasdiqlovchi hamda naqd pul to‘lamasdan, on-line rejimda to‘lovni amalga oshirish huquqini beruvchi UZCARD EMV to‘lov vositasi.
1.3. Foydalanuvchi – Operator abonenti, muomalaga layoqatli jismoniy shaxs, " U-to‘lov " To‘lov vositasidan foydalanuvchi BPK sohibi (egasi).
1.4. "U-to‘lov" To‘lov vositasi – mazkur mahsulot Foydalanuvchiga o‘z BPKsidan Operator xizmatlari uchun to‘lov qilish imkoniyatini taqdim etadi. To‘lov Foydalanuvchining so‘rovi bo‘yicha yoki "Avtoto‘lov/akseptsiz" rejimida amalga oshiriladi.
1.5. Abonent shartnomasi – "COSCOM" MChJ XK tarmog‘ida PREPAID tizimidagi uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish haqidagi Shartnoma.
1.6. Abonent qurilmasi – Operator tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan mobil qurilma (mobil telefon, planshet, smartfon va h.k.).
1.7. Abonent raqami – Operator abonentining mobil raqami.
1.8. USSD – (Unstructured Supplementary Service Data) GSM tarmoqlarida abonet va servis ilovasi orasida qisqa xabarlar uzatish rejimida interfaol o‘zaro aloqani tashkil etish imkonini beruvchi standart servis.
1.9. Operator Sayti – http://www.ucell.uz/.

2. Umumiy qoidalar

2.1. Mazkur bitim ommaviy oferta (quyida matnda – Oferta) hisoblanadi, uning shartlari Operator tomonidan O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq tarzda o‘rnatiladi va Foydalanuvchi tomonidan mazkur ofertaga butunligicha qo‘shilish yo‘li bilan (qo‘shilish shartnomasi) qabul qilinadi.
2.2. Mazkur Ofertaga muvofiq, Operator bilan Abonent shartnomasi tuzgan Foydalanuvchilarga Operator abonent hisobini to‘ldirish xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha ushbu Oferta shartlari bilan tanishib chiqish va ularni qabul qilishni taklif etadi. Agar Foydalanuvchi o‘z Abonent raqamidan *888# qisqa raqamini tersa, u Oferta bilan tanishganligini va mazkur xizmatdan foydalanish shartlarini so‘zsiz qabul qilganligini tasdiqlaydi.
2.3. To‘lov vositasi xizmatini ulaganidan keyin, Foydalanuvchi ofertaga yo‘naltiruvchi havolali SMS oladi. Keyinchalik, har gal Operatorning to‘lov xizmatidan foydalanayotib, Foydalanuvchi oferta bilan tanishganligi faktini tasdiqlaydi, shuningdek mazkur Oferta qoidalari va shartlariga o‘zining roziligini ifodalaydi va ularga to‘liq hajmda amal qilish majburiyatini oladi.
2.4. Foydalanuvchi mazkur Oferta shartlaridagi o‘zgarishlarga rozi bo‘lmagan yoki To‘lov vositasi funksionalidagi o‘zgarishlarga rozi bo‘lmagan holatlarda, Foydalanuvchi mazkur xizmatdan foydalanishni to‘xtatish huquqiga ega. To‘lov vositasidan qaytadan foydalana boshlashi Foydalanuvchining amalga oshirilgan o‘zgarishlarga roziligini tasdiqlaganligini bildiradi.
2.5. To‘lov vositasi Foydalanuvchiga pulli asosda taqdim etilishi mumkin bo‘lgan ayrim opsiyalarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bunday opsiyalardan foydalanish Foydalanuvchi tomonidan mustaqil tarzda, o‘z xohishiga ko‘ra, To‘lov vositasi doirasida taqdim etiluvchi xizmatlar tavsifi, ularning taqdim etilish shartlari, foydalanish qiymati va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan ommaviy oferta bilan tanishganidan so‘ng amalga oshiriladi.

3. Taqdim etish va foydalanish tartibi

3.1. *888# USSD-buyrug‘ining birinchi marta terilishida, Foydalanuvchi profilini yaratish amalga oshiriladi.
3.2. To‘lov vositasining USSD-menyusida xizmatdan foydalanish menyusi aks etadi, lekin ular to Foydalanuvchi tizimda ro‘yxatdan o‘tmagunicha faol bo‘lmaydi.
3.3. Foydalanuvchi tizimda ro‘yxatdan o‘tishi uchun *888*BPK raqami*BPK amal qilish muddati# kodini terish, keyin esa "Sozlamalar" menyusida betakror beshta raqamli PIN-kod o‘rnatish lozim.
Mazkur xizmat Foydalanuvchisiga aylanish uchun, quyidagi mezonlarga amal qilingan bo‘lishi lozim:
Foydalanuvchi avvaldan o‘ziga "SMS-xabarnoma" xizmatini ulagan bo‘lishi;
Foydalanuvchi BPK rekvizitlarini USSD orqali kiritadi;
XXXXXX Foydalanuvchini tizimda ro‘yxatdan o‘tkazadi (akkaunt yaratadi).
Foydalanuvchi keyinchalik o‘zi to‘lovni tasdiqlashda foydalanadigan maxfiy kod (PIN-kod) o‘rnatadi.
To‘lov vositasining USSD interfeyslari to‘lov sozlamalarining quyidagi imkoniyatlarini taqdim etishi lozim:
1) To‘lov vositasida birinchi ro‘yxatdan o‘tganda o‘rnatilgan maxfiy kod (PIN-kod)ni almashtirish;
2) servisni bloklash, To‘lov vositasini harakatdan to‘xtatish;
3) akkauntni boshqarish (yangi BPKni ro‘yxatdan o‘tkazish, faolini tanlash, o‘chirish);
4) to‘lov miqdoridagi cheklovlar haqida ma’lumot berish.
3.4. Hisob to‘ldirish miqdori akseptsiz yechiladigan Abonent raqamlari ro‘yxatini boshqarish (qo‘shish va o‘chirish).
3.5. Ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng, Foydalanuvchi To‘lov vositasining barcha xizmatlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
3.6. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng amalga oshirilgan barcha harakatlar (tranzaksiyalar), shu Foydalanuvchi tomonidan shaxsan qilingan, deb hisoblanadi.
3.7. Birinchi marta Ro‘yxatdan o‘tish faqat Operatorning ma’lumot uzatish mobil tarmog‘i vositasida amalga oshirilishi mumkin.

4. Tomonlarning majburiyatlari

4.1. Operatorning majburiyatlari:
4.1.1. O‘zR qonunchiligiga va Operator Maxfiylik siyosatiga muvofiq Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligini ta’minlash.
4.1.2. To‘lov vositasidagi o‘zgarishlar va Foydalanuvchi To‘lov vositasi orqali amalga oshirishi mumkin bo‘lgan to‘lov uchun taqdim etiluvchi xizmatlar ro‘yxati bilan bog‘liq Operator yangiliklari haqida Foydalanuvchini o‘z vaqtida o‘zining Saytida xabardor qilib borish.
4.2. Foydalanuvchining majburiyatlari:
4.2.1. Mazkur Ofertaning barcha shart va talablarini o‘rganib chiqish hamda ularni bajarish.
4.2.2. To‘lov vositasiga kirish amalga oshirilayotgan Abonent qurilmasining ma’lumot xavfsizligini mustaqil tarzda ta’minlash, shuningdek, PIN-kodning va o‘z tranzaksiyalari haqidagi barcha ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlash.
4.3. Operator, tegishli o‘zgarishlarni Operator Saytida e’lon qilish yo‘li bilan Foydalanuvchini ulardan xabardor qilgan holda, mazkur Ofertaga bir tomonlama tartibda o‘zgarishlar kiritishga haqli, Foydalanuvchi esa ular bilan mustaqil tarzda tanishishni o‘z zimmasiga oladi.

5. Cheklovlar va mas’uliyat

5.1. Mazkur xizmatdan Operator tarmog‘ida foydalanish mumkin.
5.2. Foydalanuvchi o‘z Abonent qurilmasida Operator xizmatlarining uchinchi shaxslar tomonidan g‘arazli maqsadlarda foydalanilishiga sabab bo‘luvchi sozlamalar bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishni, shuningdek, shu turdagi foydalanish holatlari aniqlangan holatlarda zudlik bilan Operator ofislariga murojaat etishni o‘z zimmasiga oladi.
5.3. Foydalanuvchi PIN-kodning va To‘lov vositasiga kirishda Foydalanuvchi shaxsini aniqlashga imkon beruvchi barcha ma’lumotlarning saqlanishi uchun, shuningdek, buning natijasida kelib chiquvchi barcha oqibatlar uchun to‘liq mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.
5.4. Xizmatdan foydalanish Foydalanuvchi tomonidan faqatgina amaldagi qonunchilikka muvofiq tarzda amalga oshirilishi mumkin.
5.5. To‘lov vositasidan Foydalanuvchi tomonidan g‘ayrihuquqiy foydalanish holatlarida, Operator zudlik bilan Foydalanuvchining xizmatga kirishini ogohlantirishsiz yopib qo‘yish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
5.6. Operator To‘lov vositasidan uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy foydalanish sababli kelib chiqqan ziyon uchun mas’uliyatni va ularni qoplashni o‘z zimmasiga olmaydi.
5.7. Foydalanuvchi o‘zining Abonent raqamini ishlatgan uchinchi shaxslarning harakatlari uchun va Abonent qurilmasidagi Abonent raqami bilan To‘lov vositasidan foydalanilishi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.
5.8. Hech qanday holatda Operator, To‘lov vositasidan foydalanganlik yoki foydalana olmaganlik natijasida Foydalanuvchiga yetgan bevosita yoki bilvosita ziyon, ma’naviy zarar uchun hamda Operator aybisiz sodir bo‘lgan firibgarliklar, ishdagi xatolik, ishlamay qolish va uzilishlar, funksiyalarning o‘zgarishi, kamchilik, ishdagi kechikish va boshqa holatlar natijasida yetkazilgan ziyon uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi.
5.9. Foydalanuvchi va uning operatsiyalari haqidagi To‘lov vositasida mavjud ma’lumotlar shifrlangan ko‘rinishda saqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilganidan tashqari holatlarda uchinchi shaxslarga berilmaydi.
5.10. To‘lov vositasiga kirish va foydalanish uchun olingan PIN-kodni o‘zgartirish mumkin bo‘lgan Abonent qurilmasidan foydalanish imkoniyatining Foydalanuvchi tomonidan uchinchi shaxslarga taqdim etilishi –  To‘lov vositasidan uchinchi shaxslarning noqonuniy foydalanishi oqibatlari uchun mas’uliyatdan Operatorni ozod etishga to‘liq asos hisoblanadi.
5.11. Foydalanuvchi, o‘z Abonent qurilmasiga boshqa shaxsning kirishi va uni boshqarishiga o‘z roziligini ifodalar ekan, bunday shaxsning Abonent shartnomasi doirasida xizmatlarni boshqarish bo‘yicha harakatlari uchun, shuningdek, bunday shaxs tomonidan To‘lov vositasi orqali kirish mumkin bo‘lgan barcha maxfiy axborotlarning va shaxsiy ma’lumotlarning saqlanishi uchun barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.

6. Oferta shartlaridan voz kechish

6.1. Foydalanuvchi istalgan vaqtda o‘z akkauntini yo‘q qilib, Ofertani bajarishdan voz kechish huquqiga ega.
6.2. Akkauntni yo‘q qilish uchun To‘lov vositasidagi Foydalanuvchi akkauntiga bog‘langan, ishlatilayotgan barcha BPKlarni uzish lozim. Barcha BPKlar uzilgach, To‘lov vositasi xizmatidan foydalanish to‘xtatiladi.

7. Kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish tartibi

7.1. Mazkur Ofertadan yuzaga keluvchi har qanday nizo tinch yo‘l bilan, yoki Foydalanuvchining yozma murojaati asosida da’vo tartibida hal etiladi. Murojaatning va uning mazmuniga ko‘ra talabning ko‘rib chiqilish muddati 30 kun hisoblanadi.
7.2. Agarda, yuzaga kelgan nizo da’vo tartibida hal etilmasa, u O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligida ko‘zda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.

8. Boshqa shartlar

8.1. Foydalanuvchi tomonidan xizmatdan foydalanishni boshlash uchun mazkur Ofertada ko‘zda tutilgan harakatlarning amalga oshirilishi Foydalanuvchining mazkur Ofertaga va undagi cheklovlarga to‘liq va so‘zsiz roziligi hisoblanadi.
8.2. Operator istalgan vaqtda mazkur Ofertaga bir tomonlama tartibda o‘zgarish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Ofertadagi o‘zgarishlar bilan Operator Saytidagi tegishli bo‘lim orqali tanishish mumkin bo‘ladi. Foydalanuvchi barcha o‘zgarishlar va qo‘shimchalar bilan mustaqil tarzda tanishishi lozim. Shu kabi har qanday o‘zgarish kiritilganidan keyin Foydalanuvchi tomonidan xizmatdan foydalanilishi Foydalanuvchining shunday o‘zgarish va (yoki) qo‘shimchalarga roziligini bildiradi.
8.3. Operator mazkur To‘lov vositasining xizmatlari tarkibini, uning tuzilishi va ko‘rinishini aniqlashtirish, shuningdek, To‘lov vositasining ishiga o‘zgarishlar kiritish, yangi xizmatlarni joriy etish, oldindan Foydalanuvchini xabardor qilmasdan yangi xizmatlarga kirish imkoniyatini taqdim etish huquqiga ega.
8.4. Foydalanuvchi va Operator mazkur Ofertada to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarzda ko‘zda tutilmagan boshqa barcha masalalarda Abonent shartnomasiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi me’yorlariga tayanadilar.
8.5. Mazkur Ofertaning oxirgi versiyasi www.ucell.uz manzilidagi Saytda joylashgan.

9. Operatorning rekvizitlari

COSCOM MChJ XK, Ucell SB
Manzil: 100031, Toshkent sh., Vohidov ko‘chasi, 118
Tel: +998712339801; Faks: +998712339803
E-mail: info@ucell.uz
Bank: "Hamkorbank" ATB Yakkasaroy filiali
FAA: 01013
h/r: 20208000600457913001
STIR: 201788904                       
XTUT: 52300

KTUT: 16216162 

Xizmatlar to‘lovi
Tavsiya etilgan xizmatlar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.