Konferens aloqa
Ucell taklif etayotgan "Konferents aloqa" xizmati real vaqtda bir nechta abonentlar bilan bir paytning o‘zida suhbatlashish imkonini beradi. Agar aynan siz ushbu xizmat turini yoqtirgan bo‘lsangiz, unda suhbat davomida sizdan tashqari yana 5 ta abonent ishtirok etishi mumkin. Ushbu xizmatni faollashtirish uchun telefoningizda "Chaqiruvni saqlab turish ⁄ kutish" xizmatini yoqtirgan bo‘lishingiz kerak.
Konferents aloqani tashkil etish uchun:
- o‘zingiz qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin yoki suhbatdoshingiz qo‘ng‘irog‘iga javob qaytaring!
- bu qo‘ng‘iroqni chaqiruvni kutish holatiga o‘tkazing. Telefoningiz menyusi yordamida yoki telefoningiz klaviaturasidan "2" raqamini terib, so‘ng “ok” ni bosing;
- endi suhbatga ulamoqchi bo‘lgan ikkinchi suhbatdoshingizni raqamini tering. Abonent javob berganidan so‘ng, telefoningizda "3" raqamini va "ok"ni bosing. Shuningdek, telefoningiz menyusidan ham Konferents aloqani (Conference Call) tanlashingiz mumkin;
- yangi suhbatdoshlarni uhbu suhbatga ulash uchun 2 va 3 punktlarda ko‘rsatilgan harakatlarni qaytaring.
Shuningdek, hohlagan vaqtingizda konferents aloqa ishtirokchilarini suhbatdat chetlashingiz mumkin. Buning uchun telefoningiz klaviaturasidan quyidagi buyruqlarni tering: 1 Х ok (chaqiruv), bu yerda Х – konferentsiya ishtirokchisining tartib raqami.
Ayrim telefonlarda konferents aloqa ishtirokchilarining tartib raqami ko‘rinib turadi. Aks holda, suhbatdoshlaringizning tartib raqamini eslab qolishingizga to‘g‘ri keladi.
Usbu xizmat telefoningiz boshqa uyali aloqa operatorlari tarmog‘ida yoki xalqaro avtomatik rouming xizmatidan foydalanayotganingizda ham ishlaydi. Konferents aloqada qo‘ng‘iroqlar har bir ulanish uchun alohida ravishda siz tanlagan Ucell tarif rejasi va amaldagi xalqaro va shaharlararo qo‘ng‘iroqlar tariflarga binoan narxlanadi.