Xalqaro avtomatik rouming

XAR (Xalqaro Avtomatik Rouming) xizmati yordamida xorijda bo‘lsangiz ham, siz doimo O‘zbekiston bilan aloqada bo‘lasiz. Boshqa mamlakatga kelishingiz bilan telefoningiz avtomatik ravishda mahalliy operator tarmog‘ida ro‘yhatdan o‘tadi*. Agar o‘tmasa, telefoningiz menyusi orqali tarmoqni o‘rnatish mumkin.

*Ushbu mamlakat operatori bilan Ucell o‘rtasida rouming kelishuvi bo‘lishi sharti bilan.

Ulanish :

Xalqaro Avtomatik Rouming xizmatini yoqtirishingiz uchun Ucell abonent xizmatiga murojaat qilib to‘lovoldi kiritishingiz kerak. Shuningdek, borar manzilingizda aloqa xizmatlari taqdim etilishi haqida bilib olishingiz lozim. Aloqa xizmatiga tariflar “Mehmon” mamlakat operatori tarafidan o‘rnaniladi. Prays-varaqlarini siz "Rouming" bo‘limida ko‘rishingiz mumkin yoki Ucell abonent xizmatiga murojaat qiling.

Ucell abonentlarga xalqaro tunu-kun xizmat ko‘rsatish raqamlari: +998 93 1800000, +998 93 1810000

Xizmatdan foydalanish shartlari:

Chiqish qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirishda raqamni to‘g‘ri terish qoidalariga rioya qilish:

Rouming-operatorlaridan O‘zbekistonga qo‘ng‘iroq qilish: +998 (shahar ⁄ operator kodi) (abonent raqami)
Ucell abonenti raqamiga: +998 93 (abonent raqami) yoki +998 94 (abonent raqami)
Xalqaro raqamga: +(mamlakat kodi) (shahar ⁄ operator kodi) (abonent raqami)

Xalqaro tariflar haqidagi batafsil ma‘lumotni Rouming bo‘limidan bilib olishingiz mumkin.

Xizmatni yoqtirish – BEPUL.



0
Like