"SMS-tafsilot" xizmati
Prepaid tizimi abonentlari uchun yangi “SMS-tafsilot” xizmati
Endi siz qo’ng’iroqlar, SMS, MMS, Internet uchun hisobot oyining boshidan boshlab sarflangan mablag’lar va to’lovlar bo’yicha batafsil ma’lumot olish imkoniga ega bo’ldingiz. *111*1*3# yoki *400# raqamiga bepul so’rov yuborsangiz, sizga javob tariqasida quyidagi tafsilotlarni o’z ichiga olgan SMS xabar keladi:
hh:mm dd.mm.yyyy dan hh:mm dd.mm.yyyy gacha: - avvalgi kun soat 23:59:59gacha.
Qo’ng’iroq - $XXX(YYYYYdaq)- O’zbekiston bo’yicha chiqish qo’ng’iroqlari;
SMS - $XXX(YYYY)- O’zbekiston bo’yicha chiqish SMS; (pullik kontent-ximatlariga yuborilgan SMSdan tashqari);
Internet - $XXXX - Internet trafik;
MMS - $XXX(YYY)- O’zbekiston bo’yicha chiqish MMS (pullik kontent-xizmatlariga yuborilgan MMSdan tashqari);
Xalqaro qo’ng’iroqlar - $XXXX(YYYYdaq)- Xalqaro chiqish qo’ng’iroqlari;
Xalqaro SMS - $XXX(YYY)- Xalqaro chiqish SMS;
Xalqaro MMS - $XXX(YYY)- Xalqaro chiqish MMS;
Boshqalar - $XXXX – Boshqa harajatlar bo’yicha ma’lumot.
To’lovlar - $XXXX- o’z ichiga Elektron to’lov tizimlari, kompaniya o’z ofislari va umumiy to’lov kartalari orqali hisobga tushirilgan mablag’larni oladi.
Boshqa xarajatlarga quyidagilar kiradi:
- Kontent/VMS/VAS xizmatlariga chiquvchi qo’ng’iroqlar;
- Kontent/DJ/VAS xizmatlariga chiquvchi SMS;
- Kontent/VAS xizmatlariga chiquvchi MMS;
- Tarif rejasi va xizmatlar bo’yicha abonent to’lovi;
- Bir martalik xizmatlar;
- Roumingdagi kirish/chiqish qo’ng’iroqlari;
- Roumingdagi chiqish SMS va MMS;
- “Mobil yordam” xizmati.
Izoh: $XXX – sarf etilgan mablag’lar. YYY – foydalanilgan xizmatlar miqdori.
Sarf etilgan umumiy mablag’lar miqdori joriy oy boshidan avvalgi 2 kun soat 23:59:59gacha bo’lgan xarajatlarni ko’rsatadi.
Diqqat! Xozirgi vaqtda Prepaid abonentlarining qo'ng'iroqlar tafsilotida Prepaid abonentlaridan kelgan tarmoq ichidagi qo'ng'iroqlar tizimda ko'rsatilmaydi.
Xizmat bo’yicha bir kunda faqat ikki marta so’rov yuborish mumkin.
Xizmat faqat Prepaid tizimidagi abonentlar uchun taqdim etiladi.