Chaqiruvni saqlab turish/kutish

Chaqiruvni saqlab turish xizmati sizga suhbatingiz davomida boshqa insonning qo‘ng‘irog‘ga javob berish imkonini beradi.

Ushbu xizmatni yoqib ⁄ o‘chirishda telefoningiz menyusi yoki telefoningiz klaviaturasidan foydalanib quyidagi mahsus harakatlarni bajarishingiz kerak:

  • – Chaqiruvni saqlab turishni yoqish;
  • – Chaqiruvni saqlab turishni o‘chirish.

Xizmatni ishlatish usullari:

Agar siz "Chaqiruvni saqlab turish ⁄ kutish" xizmatini yoqtirgan bo‘lsangiz va suhbat davomida telefoningiz qo‘ng‘roq ovoziga o‘hshamagan qisqa tovushni eshitsangiz, demak sizda yana bir qo‘ng‘iroq bor.

Ikkinchi qo‘ng‘iroqni qanday qabul qilish kerak:

  • suhbatni yakunlash tugmachasini bosib, Birinchi suhbatni nihoyasiga yetkazib, so‘ng ikkinchi qo‘ng‘iroqqa javob berishingiz mumkin;
  • ikkinchi suhbatdosh bilan so'zlashuv davomida birinchi suhbatni uzmasdan uni chaqiruvni saqlab turish holatiga o‘tkazishingiz mumkin. Buning uchun telefoningizda "" tugmasini bosing. Ikkinchi yo‘nalish ulanib, birinchi suhbatdoshingiz qo‘ng‘iroqni saqlab turish ⁄ kutish holatiga o‘tadi. Ikkinchi suhbatdoshingiz bilan so‘zlashuvni yakunlab, birinchi suhbatingizga qaytishingiz mumkin;

Ikkinchi abonent bilan so‘zlashuvingiz davomida uni uzmasdan birinchi suhbatdoshingizga qaytmoqchi bo‘lsangiz, unda telefoningizda "" tugmasini bosing, ikkinchi yo‘nalishdan qo‘ng‘iroq qilayotgan abonent kutish holatiga o‘tkaziladi:

  • "" tugmasini bosib, ikkinchi suhbatdoshingizni kutish holatiga o‘tkazib, bunda birinchi yo‘nalish yana faol holatiga o‘tadi;
  • birinchi suhbatdoshingiz bilan so‘zlashuvingiz davomida ikkinchi yo‘nalishga javob berishni hohlamasangiz, unda "0" tugmasini bosing va ikkinchi abonent "band " degan tovushni eshitadi.

Shuningdek Ucell sizga taklif etayotgan “Chaqiruvni saqlab turish ⁄ kutish” xizmati yordamida birinchi yo‘nalishni uzmasdan, mobil telefoningizdan boshqa uyali aloqa operatorlari raqamlariga, shahar yoki xalqaro tarmoq raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Buning uchun:

  • telefoningiz menyusidan "saqlab turish" buyrug‘ini yoki "" tugmasini bosing. Shundan keyin, birinchi suhbatdoshingiz "kutish" holatiga o‘tadi;
  • so‘ng qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lgan telefon raqamini terib, "chaqiruv" tugmasini bosing;
  • qong‘irog‘ingizga javob olganingizdan so‘ng, siz "" tugmasini bosib boshqa suhbatga qaytishingiz mumkin;
  • aktiv ulanishni to‘htatish uchun "" raqamini tering, bunda "kutish" holatida turgan suhbatdoshingiz yana ulanadi.

Qo‘ng‘iroqni saqlab turish va kutib turish holatidagi har ikkala yo‘nalish uchun to‘lov alohida ravishda siz tanlagan Ucell tarif rejasi va amaldagi xalqaro va shaharlararo qo‘ng‘iroqlar tariflariga binoan narxlanadi.



0
Like