Abonentlarga
Xizmatlar
Muloqot
MMS

MMS

"MMS" bu multimedia xabarlari xizmati bo`lib, telefondan telefonga rasmlar va fotosuratlarni, video va audio kliplarni uzata oladigan texnologiyadir. Multimediya xabarlarini yo`llash huddi SMS yo`llash kabi oson.

1 ta chiqish MMS narxi – 210.5 so‘m.

1 ta kirish MMS narxi – 0 so‘m.

Maksimal hajm: 1 MMS – 200 КБ. MMS xabar bir necha manzillarga yuborilgan holda har bir manzil bo`yicha yuborilgan MMS alohida narxlanadi.

 Diqqat! Barcha yo‘nalishlarga yubrilayotgan MMS-xabarlar barcha abonentlar uchun yuborilish vaqtidan boshlab narxlanadi va xabar uchun sarflangan mablag‘ qaytarilmaydi.


Ucelldan MMS xizmati quyidagi imkoniyatlarni beradi:

 telefoningizdan sevimli do‘straingiz va yaqinlaringizning fotosuratlarini, chiroyli rasmlarni, video tasmalarni va ularga o`zingizning ta'riflarlaringizni qo`shib yo`llashingiz mumkin;

 MMS-xabarlarga sevimli qo`shiq va o`zingizning ovozli xabarlaringizni, masalan bayramona video tabrigingizni qo`shib yo`llashingiz mumkin;

 oddiy SMS xabarlardan 10 karra ko`roq hajmdagi matnli xabarlarni yuborishingiz mumkin.


MMS-Albom xizmati

"MMS-Albom" xizmati quyidagi hollarda sizga MMS- xabarlarini kompyuterda yoki internetga ulangan boshqa qurilmada ko‘rish imkoniyatini beradi:

  • Telefoningizda "MMS" xizmati sozlanmagan bo‘lsa;
  • Telefoningizda "MMS" xizmati ishlamasa;
  • MMS- xabar olganda abonent xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida bo‘lsa. Agarda abonent 8 soat ichida xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida bo‘lsa, yuborilgan MMS- xabar "MMS-Albomga" yuboriladi va abonent Albom manzili ko‘rsatilgan SMS-xabar oladi.

"MMS-Albom" manzili ko‘rsatilgan SMS-xabar +3360 raqamidan keladi. Xabar matnida "MMS- Albom" manzili ko‘rsatiladi. Manzilga kirish uchun sizdan o‘z raqamingizni +99893(4)XXXXXXX formatida ko‘rsatish, suratda tasvirlangan  harf va raqamni kiritish va "Parolni olish" tugmasini bosish talab etiladi. So‘ng yana bir bor raqamingizni +99893(4)XXXXXXX formatida kiritishingiz, SMS-xabar orqali kelgan parolni kiritishingiz va "Kirish" tugmasini bosishingiz lozim.

Xizmatga ulanish kerak emas.

Xizmat haqi

Abonent to‘lovi - 0 so‘m.
Mablag‘ faqat yuklangan tasvirni ko‘rish uchun sarflangan internet trafik uchun yechib olinishi mumkin.

Qo‘shimcha ma‘lumot

  • Ushbu xizmat faqatgina MMS- xabar abonentga yetkazilmagan holda ishlaydi.
  • +3360 raqamidan kelgan SMS-xabarda ko‘rsatilgan manzilga 15 kun ichida kirish mumkin.
  • https://mls.ucell.uz/mmss/ manziliga kompyuter yoki boshqa internetga ulangan qurilmadan kirish mumkin.
MMS-Email

MMS-Email xizmati sizga Internetdagi Email qutisiga multimedia xabarlarini yuborish imkoniyatini beradi.

E-mailga MMS yuborish uchun telefonda MMS xabar tuzish va "Yuborish manzili" qatorida qabul qiluvchining elektron pochta manzilini name@address.хх ko`rinishda yozish zarur.

E-mailga 1 ta chiqish MMS narxi – 210.5 so‘m;

Xizmat uchun abonent to`lovi- 0 so‘m;

Email-MMS

Email-MMS xizmati sizga Internetdan tarkibida surat, video va ovoz bo`lgan Email xabarlarini MMS xabari sifatida qabul qilish imkoniyatini beradi.

Abonentga Emaildan MMS yuborish uchun xatning "Kimga:" bandida abonent raqamini ushbu formatda kiritish kerak: < Abonent raqami >@mms.ucell.uz. Abonent raqami xalqaro formatda kiritilishi kerak.

Xizmat barcha abonentlar uchun yoqilgan va ulanish talab etilmaydi.

Xizmat abonentlar uchun bepul taqdim etiladi.

MMS sozlashlari

Bu xizmatdan foydalanish juda ham oson – 5555 raqamiga 4 sonini SMS orqali yo‘llab telefoningizga mos keladigan avtomatik sozlashlarni qabul qiling. Avtomatik sozlashlarni o‘rnatganingizdan keyin, telefoningizni qayta yuklab, so‘ng xizmatdan foydalanishingiz mumkin. 5555 raqamiga SMS yo`liash – 0 so‘m.

Ayrim sabablarga ko‘ra telefoningiz modeliga mos sozlashlar sizga kelmasa, o`zingiz mustaqil ravishda quyidagi sozlashlardan foydalanib,ulanishni o‘rnatishingiz mumkin.

  • Sozlashning nomi: Ucell MMS
  • Access Point Name ⁄ Kirish nuqtasi: mms
  • Proxy server address (gateway) ⁄ Proksi manzili (shlyuz): 10.64.164.10
  • Port number ⁄ Port raqami: 8080
  • Home page (Server address) ⁄ Uy sahifasi (Server manzili): http:⁄⁄mmsc:8002⁄

Android operatsion tizimida ishlaydigan telefonlar uchun Internet/MMS sozlanmalari.

Tavsiya etilgan xizmatlar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.