Abonentlarga
Xizmatlar
Muloqot
Ovozli SMS

Ovozli SMS

Ko‘proq gapiring!

Matn terishga vaqt yo‘qmi? Hissiyot va yangiliklarni yaqinlaringizga yetkazmoqchimisiz?

"Ovozli SMS" – bu aynan sizga kerakli xizmat! Siz ovozli xabar yozishingiz va uni O'zbekistondagi istalgan uyali aloqa operatori raqamiga yuborishingiz mumkin.

 Bitta xabar yuborish narxi – $0.03.

 3516 raqamidan kiruvchi SMS-xabar narxi – $0.00.


Ovozli SMSni jo'natish

"Ovozli SMS" xizmatidan foydalanish uchun xabar yo‘llamoqchi bo‘lgan abonentning telefon raqami oldiga (nol-yulduzcha) belgisini qo‘yib, so‘ng chaqiruv tugmasini bosib avto-informator ko‘rsatmalariga rioya qiling. abonent raqami xalqaro formatda terilishi kerak (0*998XXyyyyyyy, bu yerda XX – operator prefiksi, yyyyyyy – abonentning telefon raqami).

"Ovozli SMS" ni O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha aloqa operatorlariga yuborish mumkin.

Xabar qoldirganingizdan so‘ng (panjara) belgisini yoki chaqiruvni tugatish tugmasini bosing. Shunda ovozli xabar ko‘rsatilgan abonentga yetkaziladi. Sizga 3516 raqamidan sizning ovozli xabaringiz yetkazilganligi haqidagi SMS-xabar keladi.

  • yoziladigan xabarning maksimal davomiyligi – 60 soniya;
  • Bitta xabar yuborish narxi  – $0.03;
  • 3516 raqamidan kiruvchi SMS-xabar (xabar yetqazilganligi haqida) narxi – $0.00.
Ovozli SMSni qanday eshitiladi?

Ovozli SMSni eshitib ko‘rish uchun:

  • Ucell abonentlariga telefonda *0* raqamini terib, chaqiruv tugmasini bosish lozim.
  • Boshqa aloqa operatorlar abonentlari +99893 1710000 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari lozim.

Bunda abonent IVR menyusiga tushib, u yerda ovozli xabar avtomatik ravishda eshittiriladi.

Qabul qilingan barcha xabarlarni eshitib ko‘rishingiz, shuningdek, ularni telefoningiz yoki kompyuteringizga xizmatning maxsus saytidan vsms.ucell.uz ko‘chirib olishingiz mumkin. Saytda xabarning saqlanish muddati – 7 kun.

  • *0* raqamiga qo‘ng‘iroqning narxi (faqat Ucell abonentlariga) – $0.
  • +99893 1710000 raqamiga qo‘ng‘iroqning narxi abonent tarif planiga ko‘ra baholanadi.

"Ovozli SMS" xizmatidan kompaniyaning barcha abonentlari foydalanishlari mumkin.

Boshqa aloqa operatorlari abonentlari qabul qilingan Ovozli SMSga javob bera olmaydilar.


Murojaat qoldirish

Taklif, murojaat yoki shikoyatingizni qoldiring

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!